• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev baxshichilik san’ati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev baxshichilik san’ati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilishi munosabati bilan san’at namoyandalari va muxlislariga tabrik yo‘lladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Qadrli baxshichilik san’ati namoyandalari va muxlislari!

    Barchangizni xalqaro miqyosdagi katta xushxabar – shu yil 16-dekabr kuni YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash hukumatlararo qo‘mitasi tomonidan Baxshichilik san’ati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu muhim va quvonchli yangilik madaniyat arboblari, ustoz baxshilar va iqtidorli yoshlarimiz, folklor san’atining barcha ixlosmandlari, ko‘pmillatli xalqimiz uchun albatta g‘urur va iftixor baxsh etadi.

    Bu yuksak e’tirof dunyo hamjamiyatining O‘zbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniyatiga, rang-barang ijodiy maktablar va izchil rivojlanish silsilasiga ega bo‘lgan noyob baxshichilik san’atiga ulkan hurmat-e’tiborining yorqin ifodasidir.

    Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodining ushbu go‘zal va betakror namunasi mamlakatimizda ming yillar davomida rivojlanib, baland cho‘qqilarga ko‘tarildi. Baxshichilik san’ati yurtimizdagi turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash yo‘lida beminnat xizmat qilib keldi va bugungi kunda ham bu sharafli vazifani to‘la ado etmoqda. Yoshlarni ona yurtga, milliy-madaniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni adolat va insoniylikka chorlash, barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida ezgulik elchilari bo‘lgan baxshi, oqin va jirovlarning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

    Baxshichilik san’ati ijrochidan bir vaqtning o‘zida ham mohir shoir, ham iste’dodli xonanda, ham usta sozanda va aktyorlik mahoratiga ega bo‘lishni talab etishini, buning uchun nafaqat tug‘ma qobiliyat, ayni vaqtda yuksak ijodiy salohiyat, tinimsiz izlanish zarurligini yaxshi bilamiz.

    O‘zbekiston zamini Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil baxshi, Islom shoir, Po‘lkan shoir, Bola baxshi Abdullayev, Shoberdi Boltayev, Boborayim Mamatmurodov, Abdunazar Poyonov, Qora baxshi Umirov, Shomurod Tog‘ayev, Qodir baxshi Rahimov, Ziyodulla Islomov, Norbek baxshi Abdullayev, Qalandar baxshi Normetov, Abduqahhor va Abdumurod Rahimovlar kabi o‘nlab betakror iste’dod sohiblarini yetishtirdi va bu an’ana izchil davom etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda samarali faoliyat olib borayotgan 250 nafardan ortiq soha vakillari orasida 25 nafarga yaqini “O‘zbekiston xalq baxshisi” va “Qoraqalpog‘iston xalq baxshisi” unvonlari, 1 nafari “Do‘stlik ordeni”, 11 nafari “Shuhrat” medali, 7 nafari “Nihol” mukofoti, 2 nafari “Kelajak bunyodkori” esdalik nishoni bilan taqdirlanganini qayd etish lozim.

    Mamlakatimizda ushbu qadimiy san’at turini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida so‘nggi paytda qabul qilingan Prezident farmonlari va Hukumat qarorlari soha rivojiga yangi hayot bag‘ishlaganini ta’kidlash o‘rinlidir. Jumladan, yurtimizda YuNESKO shafeligida har ikki yilda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish yaxshi an’ana tusiga kirdi. 2019-yil aprel oyida Termiz shahrida o‘tkazilgan birinchi va joriy yil sentyabr oyida Nukus shahrida tashkil etilgan ikkinchi festival mintaqa va xalqaro hamjamiyat madaniy doiralarida katta qiziqish uyg‘otdi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda baxshi-shoir va oqinlar o‘rtasida xalqaro ko‘rik-tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda, ta’lim muassasalarida baxshichilik san’ati sirlarini o‘qitish, kelajak avlodlarga yetkazish borasida ham katta ishlar qilinmoqda. Eng muhimi, bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, hozirgi vaqtda respublika bo‘yicha baxshilar sinfi 115 taga yetib, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 1500 dan, o‘qituvchilar soni esa 245 nafardan ortiqni tashkil etayotgani bu yo‘nalishdagi ishlarimiz ko‘lamidan dalolat beradi.

    Hurmatli vatandoshlar!

    Baxshichilik san’atini rivojlantirish yo‘lida erishgan natijalarimiz va ularning xalqaro e’tirofi bizni ruhlantirib, ulkan marralarga chorlaydi. Biz bu noyob madaniy merosni asrash, rivojlantirish va ommalashtirish, jumladan, baxshilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlarni safarbar etamiz. Bu borada endi bizga YuNESKO boshchiligida xalqaro hamjamiyat ham madadkor bo‘ladi.

    Fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni, butun xalqimizni ushbu tarixiy voqea munosabati bilan chin dildan qutlayman.

    Yurtimizda baxshichilik san’ati yanada ravnaq topsin, baxshi, oqin va jirovlarimizga esa jonajon O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda yangi yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    Mavzuga doir: “Baxshichilik san’ati” YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniyati merosi ro‘yxatiga kiritildi

    16.12.2021, 19:09   Izoh (0)   9799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Baxshichilik san’ati” YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniyati merosi ro‘yxatiga kiritildi

    16.12.2021, 18:54

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Seulga yetib bordi

    16.12.2021, 18:47

    O‘zbekistonda so‘nggi ikki oy ichida issiqlik tizimida 27 ta avariya sodir bo‘lgan. Aksariyat avariyalar sababi — elektr ta’minotidagi uzilishlar

    16.12.2021, 18:23

    “Jiddiy qaramas ekanmiz, Orol muammosini Toshkent yaqiniga olib kelgan bo‘lamiz”. Senat va mas’ullar Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi haqida

    16.12.2021, 17:53

    Qibrayda bir oilaning 4 a’zosi va uydagi yollanma ishchini pichoqlab o‘ldirgan yigit umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

    16.12.2021, 17:22

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda korrupsion jinoyatlar sabab javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni ma’lum qilindi

    16.12.2021, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.