• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Baxshichilik san’ati” YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniyati merosi ro‘yxatiga kiritildi

    YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi (NMMMHQ) XVI sessiyasi doirasida “Baxshichilik san’ati” O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi elementi sifatida Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Ushbu element bo‘yicha nominatsion paket prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistonning YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib, 2020-yilda NMMMHQga taqdim etilgan. Ikki yil davomida YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya va O‘zbekistonning Parijdagi doimiy delegatsiyasi qo‘mitaga a’zo davlatlar, Baholash komissiyasi va YuNESKO Kotibiyati bilan hamkorlikda mazkur elementni targ‘ib qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

    Sessiya doirasida bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekistonning YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan “Baxshichilik san’ati” nominatsiyasining taqdimoti o‘tkazilgan. Tadbir ishtirokchilariga ushbu san’at turini asrab-avaylash hamda milliy va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan.

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    2019-yil aprel oyida Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik san’atining tutgan o‘rni” mavzusidagi anjumanning muhim xulosalari, baxshichilikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar, shuningdek, ushbu san’at turini kelajak avlodga munosib yetkazish maqsadida ixtisoslashtirilgan kollej va oliy o‘quv yurtlarida yosh baxshilarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlari ham muhokama markazida bo‘lgan.

    Qo‘mitaga nominatsiyani taqdim etgan Baholash komissiyasi raisi L.Volanskaning ta’kidlanishicha, “Baxshichilik san’ati” o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining noyob tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu san’at vatanparvarlik, mehr-muhabbat, do‘stlik va hamjihatlikka chaqiruvchi dostonlar,xalq ijodiyoti namunalari, rivoyat va afsonalar asosida yaratilgan. “Ko‘plab etnik guruhlarga tegishli bo‘lgan elementning ijodiy xususiyati ijodkorlik va madaniy xilma-xillikka bo‘lgan hurma-ehtiromni ta’minlaydi”, — deydi u. Qayd etilishicha, mazkur element bo‘yicha nominatsiyalar paketi elementni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun barcha mezon va talablarga javob beradi.

    Tadbirda O‘zbekiston hududida baxshichilikning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi maxsus videorolik namoyish etilgan. NMMMHQ ushbu elementni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritishni akklamatsiya (keng konsensus) yo‘li bilan hech qanday debatlar va ovozga qo‘yishlarsiz ma’qullagan.

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Baholash komissiyasi vakillarining fikricha, baxshichilik san’ati noyob tarixiy-madaniy meros bo‘lib, nominatsiyalar to‘plami ushbu milliy elementni Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun barcha mezonlarga javob beradi. Qabul qilingan qaror YuNESKO ko‘magida baxshichilik san’atini asrab-avaylash, ko‘paytirish va targ‘ib qilish chora-tadbirlarini milliy va xalqaro miqyosda yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Ma’lumot uchun, “Baxshichilik san’ati” O‘zbekiston tomonidan Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgan nomoddiy madaniy merosning oltinchi elementi bo‘ldi. Bunga qadar ushbu ro‘yxatdan “Boysun tumani madaniy makoni” (2008), “Katta ashula” (2009), “Askiya” (2014), “Palov madaniyati va an’analari” (2016) va “Lazgi” (2019) o‘rin olgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan hammualliflikda “Shashmaqom” (2008), “Navro‘z” (2016) va “Miniatyura san’ati” (2020) nominatsiyalarini ilgari surishda ishtirok etgan.

    Kelgusi yillarda “O‘zbekiston kulolchilik maktabi” milliy elementlari, shuningdek, boshqa davlatlar bilan “Hunarmandchilikning an’anaviy uslubi” va “Rubob chalish”, “Markaziy Osiyoda an’anaviy kashtachilik uslubi”, “Xo‘ja Nasriddin qissalarini aytish an’anasi” kabi ko‘p millatli nominatsiyalarni NMMMHQ muhokamasiga kiritish rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir:

    • YuNESKO O‘zbekistonga Shahrisabz tarixiy markazini tiklash uchun yana bir yil muddat berdi
    • Buxorodagi 7 ta tarixiy obida ICESCO’ning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi
    • O‘zbekistonda YuNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasi tashkil etildi
     

    16.12.2021, 18:54   Izoh (0)   14090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Seulga yetib bordi

    16.12.2021, 18:47

    O‘zbekistonda so‘nggi ikki oy ichida issiqlik tizimida 27 ta avariya sodir bo‘lgan. Aksariyat avariyalar sababi — elektr ta’minotidagi uzilishlar

    16.12.2021, 18:23

    “Jiddiy qaramas ekanmiz, Orol muammosini Toshkent yaqiniga olib kelgan bo‘lamiz”. Senat va mas’ullar Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi haqida

    16.12.2021, 17:53

    Qibrayda bir oilaning 4 a’zosi va uydagi yollanma ishchini pichoqlab o‘ldirgan yigit umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

    16.12.2021, 17:22

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda korrupsion jinoyatlar sabab javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni ma’lum qilindi

    16.12.2021, 17:07

    Sirdaryoda YPX xodimi alkotester o‘rniga bir martalik stakandan foydalanishga urindi (video)

    16.12.2021, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.