• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Denovda “Daryo” muxbirining portlashda jabrlanganlar bilan suhbatlashishiga to‘sqinlik qilgan IIB xodimiga chora ko‘rilishi ma’lum qilindi

    Surxondaryo viloyatining Denov shahridagi savdo markazida ro‘y bergan portlash voqealarini o‘rgangan “Daryo” muxbirining voqea jabrlanuvchilari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilgan IIB xodimi xatti-harakati uchun javobgarlikka tortiladi. Bu haqda ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Qarshi shahrida jurnalist va blogerlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, viloyat IIB boshlig‘i muxbir faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan xodimiga portlash asoratlari bartaraf etilganidan so‘ng chora ko‘rilishini bildirgan.

    “Bu haqda rahbari bilan gaplashdim. Haqiqatan ham bizning xodim u yerda xatoga yo‘l qo‘ygan. Aslida bemor oldiga kirib-chiqishga ruxsat berish yoki bermaslik shifokor vakolatiga kiradi. Ammo o‘sha payt bizning xodim tashabbus ko‘rsatib, kirish mumkin emas degan. Xodim bu harakati bilan haqiqatan ham noto‘g‘ri qilgan. Shuning uchun bu haqda rahbari bilan gaplashdik. Rahbar qaytganidan so‘ng, xodimi bilan gaplashib, unga chora ko‘rilishini aytdi”, — dedi Shohrux G‘iyosov.

    Uning taxmin qilishicha, muxbir faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning axborot olishiga to‘sqinlik qilgan xodimga tanbeh chorasi qo‘llaniladi.

    “Bu xodimimizga tanbeh beriladi. Ya’ni noto‘g‘ri harakat qilgani uchun”, — dedi Shohrux G‘iyosov.

    Eslatib o‘tamiz, Denovdagi portlash voqealarini o‘rgangan “Daryo” muxbiri portlashdan jabrlangan bemorlarning 4 nafari bilan ko‘rishib, ularning voqea haqidagi fikrlarini o‘rgangach, tuman tibbiyot birlashmaning boshqa bo‘limida davolanayotgan uch nafar bemor bilan ham suhbatlashishni maqsad qilgan. Biroq o‘zini Sherzod deya tanishtirgan IIB xodimi muxbir faoliyatiga to‘sqinlik qilib, uning bemorlar bilan ko‘rishishini taqiqlagan.

    Mavzuga doir: “Gaz hidi chiqsa, sezardik”. Denovdagi kuchli portlash jabrlanuvchilari bilan suhbat

    IIB xodimlari tomonidan “Daryo” muxbirining ish faoliyatiga to‘sqinlik qilish avvalroq Qarshi shahrida ham ro‘y bergandi. O‘shanda jurnalist faoliyatiga qarshilik qilgan Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Shaymardanov muxbirning xizmat guvohnomasi bilan tanishgan bo‘lishiga qaramasdan uning ish qurolini tortib olib, asabiga o‘ynamaslikni maslahat bergandi.

    Viloyat IIB mas’ullari esa jurnalist faoliyat qarshilik qilgan o‘zboshimcha xodimga shunchaki “qattiq hayfsan” berish bilan cheklangandi.

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi “Indenim” savdo majmuasida kuchli portlash 7-dekabr tongida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.

    Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikki nafar marhumning yaqinlariga moddiy yordam puli to‘lab berilayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, tadbirkorlarga yetkazilgan zarar, 65 ta xonadon ta’miri va ijtimoiy soha obyektlarining zararlanishi oqibatida kelib chiqqan chiqimlar ham sud qaroriga ko‘ra ikki xil usulda qoplanishini bildirgan.

    Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuz bergan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mavzuga doir: 

    • “Qonga belangan bir ayol va erkak baqirib yordam so‘rardi”. Denovdagi dahshatli portlash joyidan reportaj
    • O‘zbekiston markaziy telekanallaridagi “Axborot”dan boshqa informatsion dasturlar kunning asosiy voqeasi — Denovdagi portlashni qanday yoritdi?
    • “Qo‘l panjalari bilagidan uzilib tushgan 36 yoshli ayol hayoti saqlab qolindi”. Vazir o‘rinbosari Denovdagi portlashdan jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi

    12.12.2021, 17:43   Izoh (0)   28794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda masjidlar soni 2101 taga yetdi

    12.12.2021, 17:12

    “Qo‘yliq” bozori buzilishidan norozi bo‘lib yo‘l to‘sgan shaxslar qamoqqa olindi

    12.12.2021, 14:32

    Video: Kalashnikov avtomatini 6 soniyada qismlarga ajratayotgan namanganlik o‘quvchi qiz

    12.12.2021, 14:09

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13-dekabr kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

    12.12.2021, 13:08

    O‘zbekistonda xotin-qizlarga gap otganlarni javobgarlikka tortish taklif qilindi

    12.12.2021, 11:06

    O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek–xitoy vaksinasi bepul olib kelindi

    12.12.2021, 10:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.