Samarqand shahri Sartepo massivida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Samarqand Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 7-dekabr kuni soat 15:08 da Samarqand shahri Sartepo massivida joylashgan “Tovuq mahsulotlari pishirib sotish” savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:15 da yetib borib, yong‘in soat 15:17 da qurshab olingan va 15:22 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida savdo do‘konining taxminan 15 kvadrat metr maydonda shifti, tom qismi hamda ichki qismidagi mahsulotlar yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)