Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand tumanida bir-biriga tutash bo‘lgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6-dekabr kuni soat 07:30 da Samarqand tumani “Qoziqo‘rg‘on” MFYda joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:42 da yetib borib,  yong‘in 08:08 da qurshab olingan va soat 08:58 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 kvadrat metr maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani, Namanganda bir-biriga qo‘shni ikki uyda yong‘in chiqqani, Namanganda ikki kun ichida oltita xonadonda yong‘in yuz bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di