Turizm va sport vazirligi, Janubiy Koreya hukumati hamda Koreya Madaniy meros boshqarmasi bilan birgalikda 2020-yildan boshlab O‘zbekiston madaniy merosini asrash bo‘yicha ODA (Offissial Development Assistance) loyihasini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 700 ming AQSh dollari miqdoridagi grant asosida O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha zamonaviy laboratoriya tashkil etildi.
Soha mutaxassislari uchun mahorat darslari o‘tkazildi hamda 95 ta eksponat qayta tiklandi, Afrosiyob muzeyidagi devorga bitilgan rasmlar namoyish etilayotgan xona ta’mirlandi.
Bundan avval Shahrisabz, Marg‘ilon va Xivada Madaniy meros texnikumlari tashkil etilishi, O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilishi hamda O‘zbekistondan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan madaniy boyliklar Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)