• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiya va Turkiyadan qaytgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi odatiy holga aylanmoqda. Qanday qilib?

    Yil davomida qancha mehnat muhojiri O‘zbekistonga qaytib keldi? Ular hozir nima bilan band? Shular haqida — quyida batafsil.

    Foto: “Izvestiya”

    Foto: “Izvestiya”

    2021-yilning yanvar—sentabr oylarida 221 709 nafar fuqaro mehnat migratsiyasidan O‘zbekistonga qaytib keldi. Ularning 70,8 foizi (157 ming kishi) erkaklar bo‘lsa, 29,2 foizi (64 mingdan ortig‘i) ayollar. Migrantlarning 121,7 ming nafari (49,3 foizi) Rossiyadan, 52,1 ming nafari (25,5 foizi) Qozog‘istondan, 17,5 ming nafari (11,2 foizi) Turkiyadan, 4,3 ming nafari (11,9 foizi) Janubiy Koreyadan va 25,8 ming nafari boshqa davlatlardan qaytgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, qaytgan migrantlarning 115 861 nafari (52,3 foizi) qurilish, 28 717 nafari (13,0 foizi) qishloq xo‘jaligi, 20 154 nafari (9,1 foizi) savdo va xizmatlar, 22 818 nafari (10,3 foizi) sanoat va ishlab chiqarish, 1 770 nafari (0,8 foizi) ta’lim, sog‘liqni saqlash, 536 nafari (0,2 foizi) davlat organlari, bank, moliya, sug‘urta, 31 853 nafari (14,4 foizi) xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida ishlagan.

    Qayd etishlaricha, xorijdan qaytgan ushbu fuqarolardan 133,9 ming nafarining bandligi ta’minlangan. Jumladan,

    • 104,9 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi;
    • 20,9 ming nafari kasb-xunarga o‘qitish va qayta tayyorlashga jalb qilindi;
    • 3,9 ming nafariga subsidiya mablag‘lari ajratish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashildi;
    • 4,2 ming nafariga tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyati uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish orqali bandligi ta’minlandi.
    2021-yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarning 418 nafariga 163,1 million so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratildi.

    Qaytgan migrantlar nima bilan band?

    Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Tadbirkor migrant” loyihasi doirasida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. Hisobot davrida xorijdan qaytgan 2 624 nafar (shundan Qoraqalpog‘istonda 281, Sirdaryoda 279, Farg‘onada 207, Namanganda 200, Surxondaryoda 173, Andijonda 165, Qashqadaryoda 145, Xorazmda 130, Buxoroda 133, Jizzaxda 105, Navoiyda 95, Samarqandda 57, Toshkentda 23 nafar) fuqaro Savdo-sanoat palatasi yordamida tadbirkorlik kurslarida o‘qitilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirkorlikka o‘qitilgan mehnat migrantlarining 237 nafari hozirda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, ularning 90 nafariga (umumiy 850,0 million so‘m miqdorida) bank kreditlari ajratilgan. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan “Mikrokreditbank”, “Agrobank” va Xalq banki o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik doirasida 2021-yilning birgina may oyida 15 nafar fuqaroga tadbirkorlik yo‘nalishida kredit mablag‘lari ajratilgan.

    Mavzuga doir: Chuvalchanglar qiroli. Milliarder bo‘lishni ko‘zlayotgan namanganlik sobiq migrant hikoyasi

    Andijon viloyati Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi, 2017—2020-yillarda Rossiyada ishlab qaytgan Y.Abduqodirovga “Agrobank”ning Shahrixon filiali tomonidan 30 million so‘m mablag‘ ajratildi — hozirda bu fuqaro chorvachilik faoliyati bilan shug‘ulanmoqda.

    Shu hududda istiqomat qiluvchi, Rossiyada ishlab qaytib kelgan fuqaro M.Mo‘minovga hunarmanchilik yo‘nalishida “Agrobank” Shahrixon filiali tomonidan 29 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirgi kunda ustoz-shogird an’anasi doirasida ikki nafar ishsiz yoshlarga hunarmanchilikni o‘rgatib kelmoqda.

    Shu tumanda yashovchi B.Yo‘ldoshevga “Agrobank” Shahrixon filiali tomonidan 30 million so‘m mablag‘ ajratilgan. U hozirda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, Andijon bozorlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buxoro shahrida yashovchi mehnat migranti Sh.Ibrohimovaga Xalq banki Buxoro shahri filiali tomonidan 25 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Fuqaro hozirda YaTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, xizmat ko‘rsatish (fitobar, reklama) faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

    Shu hududda yashovchi, Rossiyada ishlab qaytgan, YaTT ochib, parrandachilik bilan shug‘ullanayotgan O.Dehqonovga Xalq banki Buxoro shahar filiali tomonidan 30 million so‘m mablag‘ ajratilgan. U hozirda uch nafar ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlagan.

    B.Sunnatov (xizmat ko‘rsatish sohasi) va S.Ro‘ziyevga (chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha) “Mikrokreditbank” Buxoro shahar filiali tomonidan 75 million so‘mdan imtiyozli kredit ajratilgan.

    Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi mehnat migranti Sh.Saydiyevga Xalq banki Do‘stlik filiali tomonidan 33 million so‘m ajratilgan. Hozirdi tikuvchilik yo‘nalishida oilaviy korxona ochib, to‘rtta yangi ish o‘rni tashkil etgan.

    Nukusda yashovchi, 2018—2021-yilarda Turkiyaga borib ishlab kelgan mehnat migranti J.Juzikovaga “Agrobank” Nukus shahri filiali tomonidan 36 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. U hozirda shahar markazida “Bonjour” nomli go‘zallik saloni ochib, to‘rt nafar ishsiz qizni ishga olgan.

    Shu hududda istiqomat qiluvchi fuqaro G.Kazakbayevaga “Agrobank” Nukus filiali tomonidan 33 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirda fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida istiqomat qiluvchi mehnat migranti N.Kamolovaga Xalq banki Uchko‘prik tumani filiali tomonidan 30 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirgi kunda ayol o‘z xonadonida “Shirin dunyo shirinliklari” sexini ochgan, uch nafar ishsiz xotin-qizning bandligini ta’minlagan.

    Shu hududda istiqomat qiluvchi, Rossiyada ishlab qaytgan M.Kishivaliyeva, A.Qo‘shoqov va M.Abdullayevaga tikuvchilik sohasida faoliyat yuritishi uchun Xalq banki Uchko‘prik tumani filiali tomonidan 81 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.

    Urganch shahrida yashovchi mehnat migranti U.Satipovaga “Mikrokreditbank” Urganch filiali tomonidan 33 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Tadbirkorlik faoliyatini xizmat ko‘rsatish sohasida boshlagan. “Satipova Umida Hunarmand Usta” MChJni ochib, hozirda sakkiz nafar ishsiznining bandligini shartnoma asosida ta’minlagan.

    24.11.2021, 18:22   Izoh (0)   7050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi

    24.11.2021, 18:20

    Qashqadaryoda qurilishi 4 yil avval boshlangan tibbiyot maskani haligacha bitmagani ma’lum bo‘ldi. Mas’ullar bunga izoh berdi

    24.11.2021, 18:05

    Navoiyda koronavirusga qarshi emlanmagan 20 nafar o‘qituvchini ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan direktor javobgarlikka tortildi

    24.11.2021, 17:54

    “Og‘riqli nuqta”. Buxorodagi “ahvoli qo‘rqinchli”, bemorni battar kasal qiladigan tibbiyot muassasasi haqida

    24.11.2021, 17:43

    Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish 1-dekabrdan butunlay to‘xtatiladi

    24.11.2021, 17:24

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    24.11.2021, 16:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.