• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Og‘riqli nuqta”. Buxorodagi “ahvoli qo‘rqinchli”, bemorni battar kasal qiladigan tibbiyot muassasasi haqida

    Buxoroning Vobkent tumanidagi “Paxtakor” oilaviy shifokor punkti “Qo‘qin”, “Rohkent” va “Guliston” mahallalarida joylashgan yetti qishloqning salkam 9 ming aholisiga xizmat ko‘rsatadi. “Daryo”ga murojaat qilgan aholi so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaning “ahvoli qo‘rqinchli” — zax, sovuq, devorlari nuragan, ta’mirtalab. “Daryo” muxbiri murojaatni o‘rganish uchun mazkur shifokor punktida bo‘ldi.

    “Bu qo‘rqinchli shifoxona bemorni battar kasal qiladi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murojaatda, jumladan, shunday deyilgandi: “Tibbiyot muassasasi uyimizdan ancha uzoq bo‘lgani bois muolajalarni to‘liq olish uchun kun bo‘yi shu yerda qolib ketamiz. Ammo zax va sovuq xonalar salomatligini tiklash maqsadida kelgan bemorlarga aksta’sir ko‘rsatadi”. Darhaqiqat, 1979-yili kolxoz mehmonxonasi sifatida salobatli qilib qurilgan, 2007-yilda tibbiyotga moslashtirilgan bino xonalari sovuq — tashqarida havo harorati pasayganiga qaramay, isitish tizimi ishga tushirilmagan, binoning har chekkasidan nam va zax hidi anqiydi; devorlarning suvoqlari ko‘chib, to‘kila boshlagan.

    “Yoriq va yamalgan pollar namlikni yanada ko‘p tortmoqda. Shu ahvolda ishlashga majburmiz”, — deydi peshtoqiga “Hamshiralar xonasi” deb yozilgan, lekin ichi punktning boshqa xonalari kabi sovuq xonada o‘tirgan 10 dan ortiq hamshiraning biri. Ko‘rib turganimiz so‘nggi bir-ikki yilda yuzaga kelgan holat emas — ushbu shifokor punktida 8-9 yildan beri ishlayotgan hamshiralarning ta’kidlashicha, “yillar davomida ahvol o‘zgarmagan”. “Biz oddiy hamshira bo‘lsak, nachora, ko‘nib ishlashga majburmiz-da”, — deya birinchi hamshiraning fikrini tasdiqlaydi boshqasi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bunday zax, nam va sovuq xonalar nafaqat bemorlarning ahvolini og‘irlashtirishi, balki tibbiyot xodimlarining o‘zini ham kasal qilishi mumkin. “Gohida bir kunda uch marta muolaja olishi lozim bo‘lgan bemorlar bilan kechki soat 21:00 gacha qolib, ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Bunday paytda o‘z sog‘ligimiz uchun ham qayg‘uramiz”, — deydi hamshiralardan biri. Shifoxonadagi holat birinchi galda xodimlar uchun noqulayligini bosh shifokor Nafisa Hamroyeva ham tasdiqlaydi: “To‘g‘ri, noqulay. Men asli tuman tug‘ruqxonasida ishlardim, bu yerga esa uyimga yaqinligi uchun kelganman”. Ilojsizlik.

    Shifoxona bir necha bor, jumladan, xodimlar puliga ta’mirlangan

    Hamshiralarning so‘zlariga ko‘ra, tuman mutasaddilari har yili ikki-uch marta kelib, ahvolni o‘rganadi, shifokor punktining ayanchli holatini suratlarga tushiradi va bino ta’mirlanishi bo‘yicha va’dalarni berib ketadi. Kamiga bosh shifokor Nafisa Hamroyeva mas’ul tashkilotlarga 10 yildan beri murojaat qilib keladi, “lekin natija yo‘q”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu yerda ishlaydigan hamshiralar bu joyni “ikkinchi uyimiz” deydi — mutasaddilarning va’adasiga ishonib o‘tiraversang, “uy” oxiri to‘kilib tushishi mumkin, shu bois xodimlar jamoasi bir necha bor oylik maoshdan pul yig‘ib (“shu pulni masjidga ham tashlaymiz-ku”, — deydi hamshiralar), binoning ichki qismlarini ta’mirlatgan.

    Darvoqe, shifoxona butkul e’tibordan chetda qolgan deyish ham to‘g‘ri emas. “Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ham mablag‘lar ajratilgan — shu mablag‘larga evaziga binoning tom qismi, eshik-derazalar, eski ‘rakovina’ va quvurlar almashtirildi, hojatxona ta’mirlandi”, — deydi bosh shifokor (ammo go‘yoki yangilangan “rakovina”ni ko‘rib, yig‘laging keladi, quvurlar nosoz, hojatxona va yuvinish xonalari ham achinarli ahvolda).

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uning bu so‘zlarini Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shuhrat Rajabov ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yili tomni yangilash uchun 70 million so‘m, 2020-yili esa bino ichkarisini kosmetik ta’mirlash uchun jami 40 million so‘m ajratilgan.

    Bunday bunday tibbiyot muassasalari bitta emas

    Vobkentda jami 18 ta davolash-profilaktika muassasasi bor. Tuman hokimi Farhod Umarov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda sharoiti “Paxtakor” oilaviy shifokor punktinikiga o‘xshash (qoniqarsiz) tibbiyot muassasalari tumanda bir emas, bir nechta ekanini yashirmadi. Masalan, xom g‘ishtdan qurilgan “Voshi”, “Yangikent” va “Cho‘rikalon” oilaviy shifokorlik punktlarini ham yangilash kerak, “O‘zbakon”, “Guliston”, “Pushmon” tibbiy xizmat uylarining binolari ham “og‘riqli nuqta” bo‘lib turibdi.

    “Barchasi joriy ta’mirlanishga kelib qolgan. Ularni bosqichma-bosqich to‘liq qayta tiklash va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, — dedi hokim. Uning ta’kidlashicha, hozirgacha tuman markaziy kasalxonasida 396 million so‘m evaziga hushyorxona binosi qurib, foydalanishga topshirilgan, qariyb 1,5 milliard so‘m evaziga markazlashgan kislorod stansiya ishga tushirilgan. “Shohnigor”, “Teraklik”, “Nayman” oilaviy shifoxona punktlari to‘liq qayta ta’mirlangan.

    Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shuhrat Rajabovning qo‘shimcha qilishcha, “Paxtakor” oilaviy shifokorlik punkti Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-apreldagi “2021—2023-yillarda Buxoro viloyatining Vobkent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2023-yilda respublika budjeti hisobidan 1,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

    24.11.2021, 17:43   Izoh (0)   29118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish 1-dekabrdan butunlay to‘xtatiladi

    24.11.2021, 17:24

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    24.11.2021, 16:53

    Samarqandda konteyner ichidan ikki nafar ishchining jasadi noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topildi

    24.11.2021, 16:28

    “Shifokorlar menga ‘O‘lmasvoy’ deb nom berishgandi”. Avtohalokatdan mo‘jiza tufayli omon qolgan namanganlik 25 yashar deputat hikoyasi

    24.11.2021, 15:58

    “Ayollarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik ildizini quritish yo‘lidagi kurashda sizning oldingizda bo‘laman” — Saida Mirziyoyeva

    24.11.2021, 15:47

    Farg‘onada mast er 29 yoshli xotinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi

    24.11.2021, 15:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.