• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ayshvariyaning singlisi Toshkentda, Munisaning opasi esa Rossiyada”: O‘zbek shou-biznesi vakillarining qiyofadoshlari (foto)

    Odam odamga o‘xshaydi, deyishadi. Biroq ba’zida shunday vaziyatlarga duch kelamizki, kim aslida kim ekanini ajratish mushkul bo‘lib qoladi. Quyida xorijiy va o‘zbekistonlik mashhurlarga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan insonlar haqida so‘z yuritamiz.

    Qaysi biri Aishvariya Ray?

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Mashhur hind aktrisasi, “Dunyo go‘zali” Aishvariya Bachchanning O‘zbekistondagi qiyofadoshi Nargiza Azizova “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvining boshlovchisi hisoblanadi. U aka Sharif nomi bilan tanilgan aktyor Tolib Xojiyevning qizi. Ikki farzandning onasi bo‘lgan teleboshlovchi hind aktrisasiga havas qilishini yashirmaydi.

    — Hind aktrisasiga o‘xshashimni bilganimga ko‘p bo‘lmadi. Akademik litseyda o‘qishga borganimda kursdoshlarim “Devdas”dagi Paroga o‘xshashimni aytishgandi. Bu filmni ko‘rmaganim va hind kinosiga unchalik qiziqmaganim uchun gaplariga e’tibor bermadim. Oradan ancha vaqt o‘tib tasodifan televizorda namoyish etilayotgan “Devdas” filmiga ko‘zim tushib qolgan. Haqiqatan hind aktrisasiga o‘xshashimni o‘shanda bilganman. Atayin taqlid qilmayman, ammo unga havasim keladi. U idealimdagi ayol desam ham bo‘ladi, — deydi Nargiza Azizova.

    “Rayhonning egizagi bormidi?”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Muhabbat Oripova haqiqatan ham xonanda Rayhonga o‘xshaydi. Ba’zilar aytgandek, balki u ham xonandaning imijiga taqlid qilar. Ammo unga qarab, tabiiy o‘xshashliklarni ham payqashingiz aniq. Muhabbat asli farg‘onalik, bir necha yildan buyon Toshkent shahrida istiqomat qiladi.

    “Rayhonmisiz degan savolni ko‘p berishgan. Ba’zilar savol bermay zimdan kuzatish, paparatsi qilib suratga olish holatlari ham ko‘p bo‘ladi. Ilk marta Rayhonga o‘xshashligimni Rayhonning Qo‘qondagi konsertida bilganman. Havo sovuqligi uchun Rayhon muxlislari bilan ko‘risholmagan. Shunda bitta muxlis meni ko‘rsatib “Mana Rayhon” degan va hamma kelib men bilan rasmga tushgan. Bunday holatlar ko‘p marta bo‘lgan”, — deydi Muhabbat Oripova.

    “Mabodo, Uchqun Tillayevning ukasi emasmisiz?”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Uchqun Tillayevning o‘zi kabi ijodkor qiyofadoshi Samarqandda istiqomat qiladi. Hayot Hamidov bir necha yillardan buyon Samarqand viloyatidagi Hamid Olimjon teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritadi.

    “Mabodo, Uchqun Tillayevning qarindoshi emasmisiz, degan savollarni ko‘p berishgan. Bir kuni to‘yda bir odam kelib ‘Siz anuv aktyorga o‘xshar ekansiz?’ dedi. Asabiylashib turganim uchunmi qaysi aktyorga deb balandroq gapirib yuboribman. Nima deyishini bilmay ‘Bitta aktyor sizga o‘xshaydi!’ dedi. Ana endi to‘g‘ri aytdingiz, deb kulgandim”, — deydi Hayot Hamidov.

    Munisa Rizayevaning rossiyalik “opasi”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Munisa Rizayevani ko‘pchilik rus estrada vakili Zaraga o‘xshatishadi. Ochig‘ini aytish kerak, ilgari haqiqatan ham o‘xshashlik darajasi yuqori edi. Ammo keyingi paytlarda Munisa Rizayevaning lablari “biroz” kattalashgan. Ammo ikki ijodkorning tashqi qiyofasida qandaydir umumiylik bor.

    Shakiraning o‘zbekistonlik qiyofadoshi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Shubhasiz, aktrisa Maftuna Xolmurodova Shakiraga taqlid qiladi. Chunki uning avvagi qiyofasi butunlay boshqacha edi. Bilishimizcha, u bir necha yil Sevinch Mo‘minovaga taqlid qilib, uning qo‘shiqlarini kuylab yurgan. Ammo Shakira ijrosidagi chiqishlari omadliroq chiqqach, “O‘zbek Shakirasi” nomini olish uchun intilgan. Qiyofada natijalar omadsiz emas, ammo bunday imij va raqslar o‘zbek san’ati uchun kerakmi, degan jumboqli savol bor.

    Oz bo‘lsa-da o‘xshashlik bor-ov!

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Negadir ko‘pchilik xonanda Sherbek Shodiyevni mashhur futbol yulduzi Messiga o‘xshatishadi. Rasmlarni solishtirsa haqiqatan ham qandaydir o‘xshashlik bor.

    Qaysi biri Zarina Nizomiddinova?

    Foto: Kollaj

    Foto: Kollaj

    Rasmdagilarning qaysi biri aktrisa Zarina Nizomiddinova ekaniga ikkilanib qoldingizmi? Chunki ularning ikkisi ham bir-biriga o‘xshaydi. Ikkinchi rasmdagi qiz model Monika. Ammo ko‘pchilik Instagram foydalanuvchilari uni aktrisa Zarinaga o‘xshatishadi.

    Foto: Instagram / @monicaofficial98

    Foto: Instagram / @monicaofficial98

    Hojiboy Tojiboyevning qashqadaryolik qiyofadoshi...

    Foto: Instagram / @_zokirochildiyev_

    Foto: Instagram / @_zokirochildiyev_

    Qiziqchi Zokir Ochildiyev “Izoh sizdan” deya mazkur suratni Instagram profiliga joyladi. Muxlislarning aksariyati suratdagi insonni marhum ijodkor Hojiboy Tojiboyevga o‘xshatdi. Ayrimlar uning Qashqadaryo viloyatida iste’qomat qilishi, uni odamlar ko‘p yillardan buyon Hojiboy Tojiboyevga o‘xshatishlari haqida izoh qoldirdi.

    Ulug‘bek Ziyovuddinovni Sherali Jo‘rayevga o‘xshatishadi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Ulug‘bek Ziyovuddinov Ulug‘bek Mirzo taxallusi bilan ijod qiladi. Uning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki tor chalishi ham ustoz san’atkorni eslatadi.

    “Alloh bandani bir-biriga o‘xshatadi. Bir qiyofadas yuz minglab odamlarni yaratishi mumkin. Tashqi ko‘rinishidan tortib, fe’l-atvorigacha bir xil bo‘lishi mumkin. Ulug‘ ustoz tirik afsona, san’at koinotida suzib yurgan quyoshdek. Go‘dakligimdayoq ustozning o‘ziga ham, san’atiga ham havas qilganman. Chin dildan havas qilsangiz, Alloh beradi. Ustozning o‘zini, qo‘shiqlarini, avlod-ajdodlarini yaxshi ko‘ramiz, ular uchun doim duodamiz”, — deydi Ulug‘bek Ziyovuddinov.

    Mavzuga doir:
    • Megan Markl va boshqa mashhur yulduzlarning rus qiyofadoshlari (foto)
    • Gruziyada amerikalik model Kendall Jennerning qiyofadoshi topildi (foto)
    • Fotogalereya: Mashhur qiyofadoshlar
    • Nargiz Zokirova tadbirda qiyofadoshi sahnaga chiqib kuylaganidan g‘azablandi

    20.11.2021, 11:40   Izoh (0)   68722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Ulug‘bek Xolmedovga Volkswagen sovg‘a qilishdi, Luiza Rasulovaning eri bormi? Jahongir Otajonov mashinasini sotmoqda

    19.11.2021, 22:27

    Baxtli oila qurishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotlagan mashhur ayollar (foto)

    19.11.2021, 20:42

    Ota-onasi ularga ism tanlashga kuchli fantaziya bilan yondashgan mashhurlar (foto

    19.11.2021, 17:54

    Turk aktyori Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani uchun 4 yilga qamalishi mumkin

    19.11.2021, 15:20

    Xonanda Adel Opra Uinfriga bergan intervyusida qanday qilib 45 kiloga ozgani haqida so‘zlab berdi

    19.11.2021, 10:53

    Instagram: Erining uyini bo‘shatib bergan Ruxshona, Rossiyaga ko‘chib o‘tgan Maryam Tillayeva, uylanayotgan taniqli bloger

    18.11.2021, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.