• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevning Turkiy kengash sammitida so‘zlagan nutqi

    Shavkat Mirziyoyev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o‘tgan Turkiy kengash sammitida qatnashib, nutq so‘zladi. Nutq matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Muhtaram Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Janobi Oliylari!

    Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

    Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan go‘zal Turkiya zaminida, qadimiy tarixga ega Demokratiya va ozodlik orolida sizlar bilan diydor ko‘rishib turganimdan benihoya mamnunman.

    Avvalambor, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, hurmatli Ilhom Geydarovich Aliyevga Tashkilotimizga samarali raislik qilgani uchun minnatdorchilik izhor etaman.

    Ozarbayjon xalqini mamlakat hududiy yaxlitligi tiklanib, tarixiy adolat qaror topgan qutlug‘ sana – G‘alaba kuni munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

    Shu bilan birga, hurmatli Ilhom Geydarovich, Sizni “Turkiy dunyoning Oliy ordeni”ga sazovor bo‘lganingiz bilan ham samimiy tabriklayman.

    Uchrashuvimiz mezboni, qardoshim, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Janobi Oliylariga anjumanimizni yuqori darajada tashkil etgani uchun alohida tashakkur aytaman hamda Tashkilotimizga raislikni qabul qilib olgani bilan chin dildan qutlayman.

    Anjumanimizda qadrli do‘stimiz,Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovni ko‘rib turganimdan behad mamnunman.

    Turkmanistonga Tashkilotimizning kuzatuvchi maqomi berilishi to‘g‘risidagi tarixiy qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

    Bugun sammitimizda Tashkilotimiz asoschilaridan biri, faxriy raisimiz, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi prezidenti – elboshi muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyev videomurojaat bilan ishtirok etganini olqishlaymiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan Kengashimiz doirasida bugungi kunda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

    Og‘ir pandemiya davrida ham biz sherikligimizni kengaytirishga, bir-birimizga yordam berib, aloqalarimizni muntazam rivojlantirishga intilib kelmoqdamiz.

    Aminmanki, bugun qabul qilinayotgan qaror bilan Turkiy Kengash nomi “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb o‘zgartirilishi hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ushbu muhim qadam Tashkilotimiz faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, uning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzini keskin oshirishiga ishonaman. Uchrashuvimizda imzolanadigan “Turkiy dunyo nigohi – 2040” istiqbolli dasturiy hujjati ham ushbu ezgu maqsadga xizmat qiladi.

    Muhtaram anjuman ishtirokchilari!

    Hozirgi vaqtda dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlar, turli tahdid va xatarlar, pandemiya sinovlari, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va ekologiya bilan bog‘liq muammolar barchamizning oldimizga yangi, dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Bu esa davlatlarimizning hamkorlik borasida hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishni taqozo etmoqda.

    Shu munosabat bilan quyidagi takliflarni bildirmoqchiman:

    Birinchidan, Tashkilotimiz doirasida savdo aloqalarini kengaytirish uchun qulay va jozibador sharoitlarni yaratishimiz lozim.

    Oxirgi yillarda O‘zbekistonning qardosh mamlakatlar bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar oshganini alohida ta’kidlamoqchiman. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkichlar mavjud salohiyatlarimizga mos emas, desam, adashmagan bo‘laman.

    Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, faqat 2020-yilda davlatlarimizning umumiy importi 420 milliard dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro import hajmi esa 21 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bois, uchinchi davlatlardan kirib kelayotgan mahsulotlarni Tashkilotimizga a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar hisobidan qoplash eng dolzarb vazifamizga aylanishi lozim.

    Bu boradagi mavjud imkoniyatlarni atroflicha o‘rganish maqsadida Turkiy davlatlar savdo hamkorligi bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etishni taklif qilamiz. Ushbu Markaz savdo to‘siqlarini bartaraf etish, elektron tijoratni keng joriy qilish, eksport-import hajmini ko‘paytirishga qaratilgan aniq takliflar hamda qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug‘ullanishi darkor.

    Ikkinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun transport va tranzit masalalariga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

    Tarixdan ma’lumki, turkiy xalqlar yashab kelgan mintaqalar ming yillar davomida Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida transport va savdo ko‘prigi vazifasini bajargan.

    Bugungi vaziyat bizdan Xitoydan Yevropagacha bo‘lgan va mamlakatlarimiz hududidan o‘tadigan yangi transkontinental transport yo‘llarini yanada rivojlantirishni talab etmoqda. Bu boradagi hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun “Turkiy davlatlar tashkilotining transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik dasturi”ni ishlab chiqishni taklif etamiz.

    Ushbu dastur mintaqalararo multimodal koridorlarini rivojlantirish, chegaralardan o‘tish tartiblarini soddalashtirish, bojxona, sanitariya va boshqa turdagi nazorat jarayonlarini raqamlashtirish, transport va tranzit tariflarini optimallashtirish masalalariga samarali yechimlar topishga qaratilishi lozim.

    Uchinchidan, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish bugungi kun talabiga aylanmoqda.

    Davlatlarimizda mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar negizida “Injiniring va texnologiyalar markazlari”ni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.Ularning faoliyati qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish va raqobatbardoshlik tamoyillariga asoslangan qo‘shma loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

    Bunday loyihalarni kelgusida tuziladigan qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish mumkin bo‘ladi. Ushbu tashabbusni ro‘yobga chiqarish hamda bu borada yangi imkoniyatlar ochish uchun kelgusi yili O‘zbekistonda “Turkiy davlatlar sanoat haftaligi”ni o‘tkazish niyatidamiz.

    To‘rtinchidan, sammitimiz “Raqamli asrda yashil texnologiyalar va “aqlli shaharlar” mavzusida o‘tayotgani muhim ahamiyatga egadir.

    Davlatlarimizning har biri turli sohalarda raqamlashtirish jarayonlarini joriy etish tajribasiga ega. A’zo mamlakatlarda, birinchi navbatda Turkiyada bu sohada to‘plangan tajribani inobatga olib, “aqlli shahar”larni barpo etish bo‘yicha tajriba almashish va innovatsiyalarni transfer qilish maqsadida ekspertlar va IT mutaxassislar uchun doimiy platforma yaratish muhimdir.

    Bu boradagi ilk qadam sifatida 2022-yilda ekspertlar konferensiyasini o‘tkazishni taklif qilamiz.

    Beshinchidan, hozirgi paytda dunyoda iqlim o‘zgarishi va ekologiya muammolarini yechish hamda uglerod neytralligiga erishish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish tobora o‘tkir zaruratga aylanmoqda.

    Orol dengizining qurishi nafaqat mintaqamiz, balki uning tashqarisidagi ko‘plab mamlakatlarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Bu kabi ekologik fojialarning salbiy oqibatlarini yumshatish, ularning tarqalishining oldini olish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda Turkiy mamlakatlarning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha tuzilmasini tuzish tashabbusini ilgari suramiz.

    Mazkur tuzilma qarorgohini ushbu ekologik ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Orolbo‘yi hududlaridan birida joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Oltinchidan, qadimiy Xiva va Qo‘qon shaharlarida bo‘lib o‘tgan madaniyat va turizm vazirlarimizning samarali uchrashuvlari xalqlarimiz naqadar boy tarixiy va madaniy merosga ega ekani, sayyohlik sohasida katta imkoniyatlarimiz borligini yaqqol ko‘rsatdi.

    Biz “Turkiy dunyo turizmi” va “Tabarruk ziyorat” sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va etnosport musobaqalarini o‘tkazish, madaniy meros obyektlarini saqlash va restavratsiya qilish hamda boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan “yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

    Yettinchidan, bugungi sammitimizda Turkiy dunyo birligiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish haqidagi qaror qabul qilinishi munosabati bilan barchangizga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

    Turkiy dunyoning buyuk vakillari umumbashariy madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyotiga qanday ulkan hissa qo‘shgani hammamizga ma’lum.

    Mana, yaqinda Istanbul shahrida qayta ta’mirlangan muhtasham Otaturk madaniyat markazida Turkiy dunyoning ulug‘ allomalari siymolari yod etilgani ayniqsa e’tiborlidir.Tashkilotimizga a’zo barcha mamlakatlar fondlarida ana shu bebaho meros asrab-avaylab saqlanmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham mushtarak tariximiz va madaniyatimizga oid 200 mingga yaqin noyob qo‘lyozmalar mavjud.

    Ana shu nodir asarlarni birgalikda o‘rganish, ularni tarjima qilish, yagona elektron bazasini yaratish, bu sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida “Turkiy tilli davlatlarning tarixiy, ilmiy va madaniy merosini o‘rganish tadqiqot markazi”ni tashkil etishni taklif qilamiz.

    O‘ylaymanki, ushbu markaz qardosh xalqlarimizning bebaho merosini kelgusi avlodlar va dunyo ahliga yetkazishga muhim hissa qo‘shadi.

    Sakkizinchidan, kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlar mamlakatlarimiz aholisining katta qismini tashkil etmoqda.

    Bugun yosh avlodning xalqlarimiz hayoti va taqdiridagi, o‘zaro munosabatlarimiz rivojidagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kreativ g‘oya va loyihalarini rag‘batlantirish, milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan ta’sirlardan asrab-avaylash barchamizning asosiy vazifalarimizdan biridir.

    Bu boradagi sa’y-harakatlarimizni birlashtirish maqsadida 2022-yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilishni taklif etaman. Uning doirasida birgalikda aniq chora-tadbirlardan iborat qo‘shma dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish, mazkur masalani navbatdagi sammitimiz kun tartibining asosiy mavzusi etib belgilash o‘rinli bo‘lar edi.

    Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

    Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyat barchamizning e’tiborimiz markazida turibdi.Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir.

    Afg‘onistonning yangi Hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo‘lishi lozim.

    Qadrli do‘stlar!

    O‘zbekiston Respublikasi bugungi anjuman kun tartibiga kiritilgan Qo‘shma deklaratsiya, Tashkilotimiz tarkibida Kuzatuvchi hamda Sheriklik maqomlarini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarorlar va boshqa muhim hujjatlarning imzolanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

    Bosh kotib Bag‘dod Amreyevning vakolat muddatini uzaytirishni ham to‘la ma’qullaymiz.

    Ishonchim komilki, bugungi uchrashuvimiz va erishilgan kelishuvlarimizning amalga oshirilishi qardosh xalqlarimizning umumiy farovonligi va ravnaqiga xizmat qiladi.

    Katta mamnuniyat bilan yangi nom olgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitini o‘tkazish uchun siz, aziz hamkasblarimni kelgusi yil O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etaman.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    Mavzuga doir:

    • Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi
    • Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdi
    • Istanbulda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlari bayroq ko‘tarish marosimida ishtirok etdi

    13.11.2021, 08:21   Izoh (0)   18089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi xazonrezgilik, havodagi yoga, dengizdagi shaxmat o‘yini. 12-noyabr suratlari

    12.11.2021, 23:55

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashdi

    12.11.2021, 23:49

    Toshkentda Tracker’ni olib qochgan 13 yoshli bola uni to‘xtatgan YPX xodimlaridan qochib ketdi (video)

    12.11.2021, 23:33

    Zangiotada onasiga tazyiq o‘tkazib uyida janjal ko‘targan shaxs unga nisbatan IIB xodimlari kuch ishlatganini aytmoqda. IIV holatga izoh berdi

    12.11.2021, 23:00

    Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    12.11.2021, 22:13

    “Mufasa” nomi bilan tanilgan bloger unga turmushga chiqishga rozi bo‘lmagan jurnalist ayolga kislota sepib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda

    12.11.2021, 21:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    Sport | 20 iyun, 14:15

    Meksikadagi “Erik” to‘foni mamlakatda yilning eng kuchli bo‘roniga aylandi

    Dunyo | 20 iyun, 14:14

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    Layfstayl | 20 iyun, 13:49

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.