• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Hurmatli shifokorlar!

    Qadrli soha faxriylari!

    Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Jahon tibbiyot ilmining asoschilaridan biri, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bobomiz aytganlaridek, odamlar dardiga darmon bo‘lmoq – ezgulik va olijanoblikning yuksak namunasidir.

    Xalqimiz sizlarning timsolingizda o‘z hayotini ana shunday ulug‘ va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan, el-yurt salomatligini asrash yo‘lida bor bilim va tajribasi, iste’dod va mahoratini safarbar etib kelayotgan sharafli kasb egalarini ko‘radi hamda mashaqqatli mehnatingizni doimo munosib qadrlaydi.

    Chindan ham, inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, shifokorlar esa ana shu boylikning fidoyi posbonlaridir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Aziz do‘stlar!

    Mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qadr-qimmatini ulug‘lashda sog‘liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham yurtimizda tinchlik va sog‘liqni ta’minlashga erishsak, qolgan hamma narsaga erishamiz, degan fikrni yana takrorlashni o‘rinli, deb bilaman.

    Ayni shu maqsadda respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish va uning rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Bu haqda so‘z yuritganda, keyingi besh yilda sohaga oid 200 dan ortiq qonun hujjatlari, jumladan, 2019-2025-yillarda Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganini ta’kidlash lozim.

    Tibbiyot sohasini moliyalashtirish hajmi yil sayin ortib bormoqda. Buni joriy yilda sohaga 18 trillion so‘mdan ziyod yoki 2016-yilga nisbatan 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratilgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi.

    Mamlakatimizda tibbiyotning uch bosqichli milliy modeli – birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch tez tibbiy yordam va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat tarmog‘i yaratilib, samarali faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, tibbiyot muassasalari xalqqa yanada yaqinlashmoqda.

    Tibbiy xizmatlarning sifat darajasi oshib, yangi zamonaviy yo‘nalishlar, davolash va diagnostika usullari, noyob ilmiy-amaliy tajribalar shakllanmoqda. Buni birgina misol, ya’ni, qisqa davrda buyrak, jigar va o‘zak hujayralarda 700 dan ortiq murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganida ham ko‘rish mumkin.

    Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha ishlar ko‘lami ham kengaymoqda. Xususan, homilador ayollar salomatligini doimiy nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani onalar va go‘daklar o‘limini sezilarli kamaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

    O‘tgan davrda patronaj xizmati mutlaqo yangicha asosda tashkil etildi. Hamshiralarning uyma-uy yurib, har bir fuqaro salomatligini nazorat qilib borayotgani kasalliklarning oldini olish va aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishda katta rol o‘ynamoqda.

    Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga, xususiy klinikalar soni ko‘payib, ular 129 ta yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgani sohada sog‘lom raqobatni, aholi uchun tanlash imkoniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Koronavirus pandemiyasi butun dunyo qatori xalqimiz, ayniqsa, O‘zbekiston tibbiyoti uchun ham jiddiy sinov bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. El boshiga ish tushgan ana shunday og‘ir va murakkab paytda birinchi bo‘lib yordamga shoshilgan, virus o‘choqlarida o‘z hayotini xatarga qo‘yib, bu xavfli kasallikka qarshi mardona kurashgan sog‘liqni saqlash xodimlariga ushbu quvonchli ayyomda yana bir bor minnatdorlik bildiramiz.

    Aynan sizlarning sa’y-harakatingiz bilan pandemiyaga qarshi kurashning ilg‘or usul va vositalari ishlab chiqilib, amalda joriy etilmoqda. Hozirgi kunda aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonlari muvaffaqiyatli olib borilmoqda.

    El-yurt salomatligini asrash va mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini munosib rag‘batlantirish doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Buning tasdig‘ini ularning ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, moddiy manfaatdorligini oshirishga qaratilgan ishlarimiz misolida ko‘rish mumkin.

    Agar 2019-yildan buyon ushbu tizimda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizdan qariyb 550 nafari yuksak unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan bo‘lsa, kuni kecha imzolangan farmonga ko‘ra yana 82 nafar tibbiyot xodimi davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.

    Fursatdan foydalanib, ularning barchasini ushbu munosib e’tirof bilan chin dildan tabriklayman.

    Hurmatli soha xodimlari!

    Xalqimiz salomatligini saqlash va mustahkamlash biz uchun bundan buyon ham bosh vazifa bo‘lib qoladi. Kelgusida sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 2 barobar oshirish, jumladan, yaqin besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish belgilangani bu boradagi rejalarimiz ko‘lamidan dalolat beradi.

    Asosiy vazifamiz – tibbiyot sohasini yuqori samara bilan ishlaydigan, chinakam xalqchil tizimga aylantirishdan iborat.

    Bu borada sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini orqali tibbiy profilaktikaga, oilaviy shifokorlar rolini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, aholi orasida eng ko‘p tarqalgan va erta o‘lim holatlarining asosiy sababi bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini o‘tkazish, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha samarali choralar amalga oshiriladi.

    Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

    Biz o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsad – Yangi O‘zbekistonni barpo etishga faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina qodir bo‘lishini albatta barchamiz yaxshi tushunamiz.

    Ana shunday baland marralarga erishishda el-yurtimiz dardiga hamisha darmon bo‘lib kelayotgan siz, azizlar, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va malakangizni ayamasdan mehnat qilasiz, deb ishonaman.

    Sizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuq va omadlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

    Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev lavozimidan ozod etilgani va u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga o‘tgani, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani, O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarini jihozlash va kadrlar malakasini oshirish uchun 100 million dollar ajratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlariga tabrik yo‘lladi

    13.11.2021, 12:23   Izoh (0)   25809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiota tumanidagi mebel do‘konlarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

    13.11.2021, 11:10

    Samarqandda xotini va qaynonasini urib o‘ldirgan erkak 24,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    13.11.2021, 10:55

    “O‘zbekneftgaz”: Galina Saidova boshchiligidagi ishchi guruh GTL loyihasining ishga tushirilish oldi holatini o‘rgandi

    13.11.2021, 10:30

    Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

    13.11.2021, 09:18

    Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifini yakunladi. Sammit tafsilotlari

    13.11.2021, 09:05

    Shavkat Mirziyoyevning Turkiy kengash sammitida so‘zlagan nutqi

    13.11.2021, 08:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UFC on ABC 9. Bogdan Guskov Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

    Sport | 27 iyul, 12:30

    “Trampning sabr kosasi to‘lmoqda” — AQSH davlat kotibi

    Dunyo | 27 iyul, 11:53

    Mo‘ynoqdagi kondan ham gaz sizib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:38

    O‘zbekistonning ayrim joylarida hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:25

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.