• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Belgraddagi yana bir omadsiz kun, noma’lum muddatga safdan chiqqan Messi va ketma-ket 2-marta tengsiz deb topilgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 2-noyabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    O‘zbekiston U-21 terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashini g‘alaba bilan yakunladi

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston U-21 terma jamoasi U-23 Osiyo Kubogi—2022 saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida Kuvayt U-23 ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

    Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2022 musobaqasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Shu sabab Temur Kapadze jamoasining ushbu saralash bosqichidagi natijasi O‘zbekistonning Osiyo Kubogidagi ishtirokiga ta’sir qilmaydi.

    Jahon chempionati bilan xayrlashgan o‘zbekistonlik bokschilar soni 10 nafarga yetdi

    Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining 2-noyabr kungi bahslari o‘tkazilmoqda.

    Nodirjon Mirzahmedov qozog‘istonlik Temirtas Jussupovga yengilib, musobaqa bilan xayrlashdi. Saidjamshid esa Ja’farov tailandlik raqibiga imkoniyatni boy berib, JChni tark etdi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining musobaqadagi bayroqdori Lazizjon Mullajonov ham mundialdagi ishtirokini yakunladi, u armanistonlik raqibiga yengildi.

    Lazizbek Mullajonov armanistonlik David Chaloyanga mag‘lub bo‘ldi

    Lazizbek Mullajonov armanistonlik David Chaloyanga mag‘lub bo‘ldi
    Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

    Shu tariqa JCh—2021 ni tark etgan o‘zbekistonlik bokschilar soni 10 nafarga yetdi. Hozirda faqat yarim finalga yo‘l olgan Abdumalik Halokovda medalni qo‘l kiritish imkoniyati bor.

    2-noyabr kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.

    • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov — Endi Kruz (Kuba) – 22:55 dan keyin;
    • -92 kg: Madiyor Saidrahimov — Lyuis Uilyams (Angliya) – 00:40 dan so‘ng.

    Jahon

    Antonio Konte — “Tottenhem” bosh murabbiyi

    Foto: “Tottenhem”

    Antonio Konte rasman “Tottenhem”ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

    London klubi italiyalik mutaxassis bilan 2023-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Shuningdek, shartnomada kelishuvni uzaytirish sharti ham ko‘zda tutilgan.

    Konte ushbu lavozimda Nunu Eshpiritu Santuning o‘rnini egallaydi. Avvalroq Kontening “Tottenhem”dagi yillik maoshi yiliga 18,3 million yevroni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.

    Messi noma’lum muddatga safdan chiqdi

    Foto: Twitter

    “PSJ” hujumchisi Lionel Messi tizzasidan olgan jarohati tufayli noma’lum muddatga safdan chiqdi.

    Infobae xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi Parij klubining bo‘lajak bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. U ushbu jarohatini sentabr oyida, Argentina terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi o‘yinda (3:1) olgan.

    Messini o‘shandan keyin og‘riqlar bezovta qilib kelgan. Tiklanish biroz vaqt talab qilishi mumkin. 34 yoshli futbolchi Madriddagi klinikalardan birida reabilitatsiya kursini o‘tishni rejalashtirgan.

    Shuningdek, Messi 3-noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Leypsig”ga qarshi o‘yinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

    Aguero yuragidagi muammo sabab kamida 3 oy davomida maydonga tusha olmaydi

    Foto: Twitter

    “Barselona” hujumchi Serxio Agueroning sog‘lig‘i borasida bayonot berdi.

    Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi yuragi bilan bog‘liq muammolardan so‘ng kamida 3 oy davomida maydonga tusha olmaydi.

    Ta’kidlanishicha, Aguero tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, davolash metodikalari tiklanish tempiga qarab olib boriladi.

    33 yoshli hujumchi La Liga 12-turi doirasidagi “Alaves”ga qarshi o‘yinning (1:1) 41-daqiqasida ko‘krak qafasidagi og‘riq va yengil taxikardiya tufayli maydonni erta tark etgandi. Uning bir necha kun davomida shifoxonada shifokorlar nazoratida bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

    “Real” Vinisius Juniorning maoshini 10 million yevroga oshirmoqchi

    Foto: Getty Images

    “Real” yarim himoyachi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

    Marca nashriga ko‘ra, madridliklar braziliyalik futbolchi bilan 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish niyatida. O‘z navbatida yangi shartnomaga ko‘ra futbolchining maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi.

    Ayni damda Vinisius jamoaning eng kam maosh oladigan futbolchilaridan biri sanaladi. Uning maoshi soliqlargacha yiliga 3,5 mln yevroni tashkil qiladi. Yangi shartnomadan keyin esa hujumkor yarim himoyachining yillik maoshi 10 million yevroga ko‘tarilishi aytilmoqda.

    Ronaldu ketma-ket ikkinchi marta “Manchester Yunayted”da oy futbolchisi bo‘ldi

    Foto: Twitter

    “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

    36 yoshli hujumchi muxlislarning 57% ovozini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni darvozabon David De Xea, uchinchi o‘rinni esa hujumchi Markus Reshford egallagan.

    Ronaldu oktabr oyida “Manchester Yunayted” tarkibida beshta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish lozim, Krishtianu sentbar oyida ham mazkur sovrinni qo‘lga kiritgandi.

    Blatter va Platini 2 million dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

    Foto: Google Images

    Shveysariya Bosh prokuraturasi FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter va UEFA sobiq prezidenti Mishel Platinini firibgarlikda ayblamoqda.

    “Bosh prokuratura Yozef Blatterni firibgarlik, pul mablag‘larini o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblaydi.

    Mishel Platini firibgarlikda, shuningdek, mablag‘larni o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirishda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Xabar qilinishicha, sobiq futbol amaldorlari 2 million Shveysariya frankini (2,19 million dollar) o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    02.11.2021, 22:14   Izoh (0)   32645
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JCh—2021. Lazizbek Mullajonov chorak finalda armanistonlik bokschiga yutqazdi va musobaqani tark etdi

    02.11.2021, 20:33

    JCh—2021. Saidjamshid Ja’farov tailandlik bokschiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi

    02.11.2021, 19:38

    JCh—2021. Abdumalik Halokov rossiyalik bokschidan ustun keldi va kamida bronza medalini naqd qilib qo‘ydi

    02.11.2021, 18:15

    JCh—2021. Nodirjon Mirzahmedov qozog‘istonlik raqibiga yengilib, musobaqa bilan xayrlashdi

    02.11.2021, 17:29

    U-23 Osiyo Kubogi—2022 saralashi. O‘zbekiston 6 ta gol urilgan o‘yinda Kuvaytni tor-mor keltirdi

    02.11.2021, 17:18

    Otabek Umarov MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbarlari forumida qatnashdi (foto)

    02.11.2021, 16:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.