Belgiyalik ona tomonidan o‘g‘liga tayyorlangan san’at asari darajasidagi nonushtalar (foto)
53 yoshli Iolanda Stokkermans deyarli dunyo miqyosida shuhrat qozondi. Belgiyada yashovchi ayol har doim ishtahasi yaxshi bo‘lmagan o‘g‘lining nonushtasini tayyorlashga ijodiy yondashadi. Buning uchun Iolanda likopchada oddiy mahsulotlardan hayvon va multfilm qahramonlarni tasvirlaydi.
Ayol yaratgan tasvirlar shunchalar mukammalki, ular xuddi tirikka o‘xshaydi. Hozirda Iolanda o‘z blogini yuritadi va u yerda tayyorlagan nonushta suratlarini joylashtiradi. Kasbi bo‘yicha grafik dizayner bo‘lgan ayol (aftidan, bu uning g‘oyalarini amalga oshirishda katta yordam bergan), hatto g‘ayrioddiy uslubda pishirish bo‘yicha pazandalik biznesini ham ochgan.
Iolanda tayyorlagan nonushtani ko‘rgan ba’zi kuzatuvchilar bunday san’at asarini tanovul qilishga ko‘z qiymasligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)