• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘g‘rini o‘margan kechirimga loyiq”. Diyego Maradonani inglizlar nafratiga duchor qilgan va ikki hakamning faoliyatiga chek qo‘ygan o‘sha mashhur gol haqida

    1986-yilgi Jahon Chempionatining nimchorak finalida Argentina va Angliya o‘zaro to‘qnash keldi. Keyinroq bu qarama-qarshilik turli epizodlar bilan boyidi (Ouenning goli, Simeonening provokatsiyasi va Bekhemning qizil kartochkasi), ungacha esa o‘yinlar birinchi navbatda siyosiy ko‘rinish olardi. Folklend orollari uchun bo‘lib o‘tgan qurolli to‘qnashuvdan bor-yo‘g‘i 4 yil o‘tib, ikki mamlakat terma jamoalari mundialda o‘zaro to‘qnash keldi. Argentinaliklar keyinchalik inglizlar ustidan qozonilgan g‘alaba finaldagidan ko‘ra hissiyotlarga boy bo‘lganini tan oladi. Bu o‘yin qisqa muddatli urushda qurbon bo‘lgan 649 argentinalik uchun olingan qasosdek edi, go‘yo.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Maradonaning dubli Angliyani musobaqadan chiqarib yuborishga yordam berdi. O‘sha o‘yinda Diyego mundiallar tarixidagi eng katta ayyorlikka qo‘l uribgina qolmay, XX asrdagi eng zo‘r individual golni ham urdi.

    Birinchi bo‘limda esda qolarli voqealar bo‘lmadi. Ikkala jamoa ham zerikarli o‘yin namoyish etdi. Unining ustiga quyosh hamma yoqni qizdirardi. 51-daqiqada Maradona maydon markazidan harakatni boshladi, Glenn Hoddlni aldab o‘tib, Xorxe Valdanoga to‘pni uzatdi. Valdanodan to‘pni qabul qilib olish uchun jarima maydoni ichiga yugurdi. Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Stiv Hodj to‘pni tepib yuborishga urindi, lekin to‘p o‘zlarining jarima maydoniga qarab ketdi. Bir soniyadan so‘ng Maradona 114 ming muxlis va 22 futbolchi anglagan, ammo bosh hakam Ali nin-Nosser va qanot hakami Bogdan Dochev sezmagan harakatni amalga oshirdi.

    Hakamlarning bu xatolari juda qimmatga tushdi — Dochev shunchaki faoliyatini tugatgan bo‘lsa, bin-Nossir FIFA tasarrufidagi barcha xalqaro musobaqalardan chetlatildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Maradona hayotimni ostin-ustin qilib yubordi. U juda yaxshi futbolchi, lekin yomon odam. U bo‘y jihatdan ham, odamiylik jihatdan ham juda past”, — degan edi Dochev 2017-yil o‘limidan sal oldin.

    Qanot hakami qanaqadir g‘ayritabiiylik sezgandi, lekin vaziyatga aralasha olmasdi: “O‘sha vaqtlarda FIFA qanot hakamlari bosh hakamning qarorlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymasdi. Uni ustiga juda muhim o‘yinda Maradonaning goli bekor bo‘lishi mumkin edi”, — dedi Dochev.

    Bin-Nossir esa Dochev vaziyatni kuzatish uchun yaxshi pozitsiyada turganini, hattoki gol bo‘lganidan so‘ng unga qaraganini aytadi. “Men qo‘l bilan o‘yin bo‘lgani haqidagi ishorani kutgandim. FIFAning qo‘llanmasida shunday band bor: agar hamkasbim mendan yaxshiroq pozitsiyada turgan bo‘lsa, men uni hurmat qilishim va fikrini eshitishim lozim”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Maradona gol hisobga olinganiga sheriklari ham ishonmagani, golni nishonlash uchun o‘zi ularni chaqirganini yodga oladi: “Ular hayratda edi. Meni bag‘ringizga bosing, bo‘lmasa hakam golni hisobga olmaydi, deb aytdim. Kimdir Angliyani to‘nayotganimizni gapirdi. Men esa: o‘g‘rini o‘margan kechirimga loyiq, deb javob qaytardim”.

    O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Maradona hazillashdi — ana shundan keyin “Xudoning qo‘li” iborasi paydo bo‘ldi. Afsonalarga ko‘ra, Diyego “Bu Xudoning qo‘li”, — deb aytmagan. U: “Gol Xudo qo‘lining bir qismi va Maradona boshining bir qismi bilan urildi”, — degandi.

    Argentinalik futbolchi oradan ko‘p yillar o‘tganidan so‘ng qo‘l bilan gol urganini tan oldi. Lekin bundan afsuslanmasligini bildirdi. Atayin qo‘lini ishlatgani, aks holda o‘zidan 19 santimetr uzun Shiltonni havoda yengib bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

    2015-yilda Maradona reklamada suratga tushish uchun Tunisga tashrif buyuradi. Vaziyatdan foydalanib Diyego Ali bin-Nossirning uyida mehmon bo‘ladi. Unga o‘sha paytdagi Argentina futbolkasini “Mening abadiy do‘stimga” degan yozuv bilan sovg‘a qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Xudo qo‘li”ning asosiy kuzatuvchisi Piter Shilton haligacha o‘sha gol uchun Maradonani kechira olmaydi. “Mening hayotim Diyego Maradona bilan bog‘lanib ketgan — albatta buni o‘zim xohlamasam ham. Uning vafoti haqidagi xabardan xafa bo‘ldim, u hali yosh edi. Maradona buyuk futbolchi bo‘lgan, oilasiga sabr tilayman.

    Yashirmayman, bu o‘ylar meni butun umr qiynab kelgan. Golni nishonlashga ketayotganda ham 2 marta hakamga qarab qo‘ydi. U nima qilganini bilardi. Hakamlardan boshqa hamma uning qo‘l bilan gol urganini ko‘rdi. Bu yolg‘on edi. U yolg‘iz meni emas butun jamoani aldadi. Biz yarim finalga chiqishimiz mumkin edi, balki finalga ham chiqa olardik. Bunday hol doim ham bo‘lavermaydi. Oradan 4 yil o‘tib mundialda qatnashish nasib etdi, ammo ko‘pchilik jamoadoshlarim faoliyatini tugatgandi.

    Bizni bir xonaga qo‘yishga juda ko‘p urinishlar bo‘lgan, lekin u kechirim so‘ramaguncha ko‘rishish niyatim yo‘q edi. Maradona esa qilgan ishidan afsuslanmasdi. Bu xato edi. O‘ylaymanki, Maradonaning izdoshi sifatida qo‘l bilan gol uradiganlar endi chiqmaydi. Diyego Pele darajasidagi buyuk futbolchi edi. Endigina 60 ga kirganida hayotni tark etganiga ishongim kelmayapti”, — degandi Shilton.

    Maradonaning chorak finaldagi ikkinchi goli ayyorlik bilan emas haqiqiy iqtidor bilan urildi. Tezkor dribling, harakat yo‘nalishining o‘zgarib turishi va bir, ikki… besh raqibning dog‘da qoldirilishi. Ispan tilida gaplashadigan mamlakatlar uchun o‘yinni sharhlagan urugvaylik jurnalist Viktor Morales o‘zini tutib turolmadi: “Men yig‘lashni istayman, o Xudoyim! Qanday gol!”.

    “Ikkinchi goli ajoyib chiqqanini tan olish kerak. Lekin biz bir necha daqiqa oldin bo‘lib o‘tgan voqea ta’sirida edik. O‘yin davomida birinchi marta dribling qilishiga qo‘yib berdik va u bundan foydalandi. Juda chiroyli gol urdi, ammo birinchi golisiz ikkinchi golni urolmasligi aniq edi”, — xotirlaydi Shilton.

    1986-yil 22-iyun Diyego Armando Maradonaning benefisiga aylandi. O‘sha gol brendga aylandi.

    Diyego o‘limidan bir oy avval, oktabr oyida o‘sha lahzani yana bir bor yodga olgandi: “Men Angliyaga yana gol urishni xohlayman. Bu safar o‘ng qo‘lim bilan”.

    Mavzuga doir:

    • Alvido, qirol! 2020-yilda hayotdan ko‘z yumgan futbol yulduzlari
    • Futbol afsonasi Diyego Maradona hayoti va faoliyatidagi eng yorqin lahzalar (fotogalereya)
    • “Sukut, ko‘z yosh, og‘riq”. Sport olamidagi mashhurlar Diyego Maradonaning o‘limi haqida

    30.10.2021, 23:42   Izoh (0)   27483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Manchester Yunayted” Londonda “Tottenhem” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi, Ronaldudan gol va assist

    30.10.2021, 23:38

    A Seriya. “Yuventus” safarda “Verona”ga yengildi, Jovanni Simeonedan dubl

    30.10.2021, 23:21

    UFC 267. Zubayra Tuxugov braziliyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, MMA’dagi 20-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

    30.10.2021, 22:47

    Mujibillo Tursunov yaponiyalik bokschini yengib, Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

    30.10.2021, 22:12

    APL. “Manchester Siti”da sensatsion mag‘lubiyat, “Chelsi” yirik g‘alabaga erishdi. “Liverpul” esa 2 to‘p farqi bilan oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    30.10.2021, 21:19

    Bundesliga. 7 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” yirik g‘alabaga erishdi, “Borussiya D” esa “Kyoln”ni mag‘lub etdi

    30.10.2021, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.