Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga obodonlashtirish sohasidagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi tashkil etilgan tuman va shaharlarda obodonlashtirish xizmati qamrovini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.
Qaror bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilarga kiritiladi:- Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom;
- Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxati.
- oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama o‘rnatiladi;
- ovqatlanish uchun BHMning bir baravari miqdorida kompensatsiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot to‘lanadi:
Ikkinchidan, Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etiladigan shahar va tumanlar ro‘yxatining yangi tahriri qabul qilingan. Xususan, to‘ldirilishicha, bunday bo‘limlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlari va hokazolarda tashkil etiladi.
Shuningdek, qaror bilan boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprel oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrifi davomida hududdagi “Parvoz” MFYda ham bo‘lib, mahalla faollari va nuroniylar bilan muloqotda poytaxtdagi har bir mahallaga obodonlashtirish uchun o‘rtacha 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)