• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ona tili onadek muqaddas

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ona tili onadek muqaddas

    Adabiyot gazetamiz davra suhbati uyushtirgani xayrli ish.

    O‘tgan asrda necha bora yozuv (alifbo) o‘zgargani ochiq ko‘rinib turgan “sodda holat” bo‘lsa, til o‘zgarib borgani manzarasi darhol ko‘zga tashlanavermaydigan “murakkab holat”dir.

    O‘z kasbini ozmi-ko‘pmi bilgan har qanday (professional) yozuvchi bu manzarani tasavvur qila oladi. Lekin til o‘zgarib borgani yozuvchi uchun — ikkinchi darajali hodisa, chunki u eng qadim zamonlardan bu kungacha to‘plangan butun “til boyligi”dan foydalanadi. O‘zgarishlarni o‘rganishni esa tilshunoslar va ma’lum darajada adabiyotshunoslarning ishi deb biladi. Yozuvchi bilimli, faqat adabiyot emas, turli fanlardan savodli bo‘lishga majbur. Deylik, men hakim emasman, lekin tibni mutlaqo bilmasam, bemorlar va hakimlar haqida yozganimni o‘qib, o‘quvchi kulishi mumkin. Birov ko‘ngliga olmasin, bizning yozuvchilar va adabiyotshunoslar doim ham savodli bo‘lavermagan. Men uzoq payt matbuotda ishlaganman, kelgan ko‘p qo‘lyozmalar xarob ekanligi azobini tortganman.

    Yozuvchi va adabiyotshunoslarning savodi qanday ekanligi o‘quvchilar, butun omma savodi masalasiga borib bog‘lanadi. Bizning o‘quvchilarimiz oldinlar, oshirib aytganda, ellik foiz kitobxon edi. Hozir bu yigirma foizga ham bormaydi. Taraqqiyot natijasimi, o‘zi-o‘zi bilan ovoralikmi, yozuvchilar, adabiyotshunoslar — o‘qishi shart bo‘lgan kishilar — hozir oyda-yilda kitob o‘qimay qo‘ygan. Men shu davrada yurgan kishiman, birodarlarimizdan ba’zan nimalarni o‘qiyotganini so‘rayman, ular aksari o‘qimayotganini “pardalash” uchun Abdulla Qodiriydan gap boshlaydi… Xullas, o‘quvchilarimiz savodi ko‘tarilishi — yozuvchi va adabiyotshunosning ham yuksalishiga olib keladi. Chunki, eng avval, ular shu omma orasidan chiqadi. Bundan tashqari, talab javobgarlik tuyg‘usini oshiradi.

    Til haqidagi gapga qaytaylik. Qodiriy asarlari tili jozibali, deyishadi. Bu — yarim haqiqat. Aslini olganda, Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va boshqa adiblar nasrida milliy ruh jozibalidir. Umuman, til — ruhga bog‘liq. Ruhning ko‘rkamligi, harakati tilni bezaydi.

    Davra suhbatida bunday satrlarni o‘qidim: “Bir gap: bizning romanlarimizning tili hali-haligacha (demak, bu kungacha — O.Muxtor) “O‘tgan kunlar” soyasidan chiqa olmadi. Bu fikrda mubolag‘a ham, hissiyotga berilish ham yo‘q”.

    Bunaqa emas-da, birodar. Siz Oybek, Qahhorlarni ham inkor etayapsiz. Nima, keyingi butun avlod yozgan asarlar tili “soya”da turibdimi? Qodiriyning davri, tili — ruhi bilan yangi-yangi davrlar tili — ruhi farqlanishi (qolaversa, har bir adibning o‘z uslubi, ifoda tarzi borligi) tabiiy ekanligini tushunishga to‘g‘ri keladi. Siz “O‘tgan kunlar”dan boshqa narsani o‘qimasangiz, adabiyot aybdor emas… Shu o‘rinda kuzatilgan voqea. Bir kuni “Minor” qabristonida Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasining kichikroq shakli yasalib qo‘yilganini ko‘rib, qotib qoldim. Buni yaxshi niyatda tiklashgandir? Lekin u mashhur yodgorlikning, butun dunyodan odamlar kelib, hayratlanadigan buyuk yodgorlikning obro‘sini to‘kishga yaraydi, xolos.

    Adabiyotda ham bunaqa ish tutmagan ma’qul!

    Suhbatning boyagi nuqtasida yana bunday deyilgan: “Demak, adiblarimiz har doimgidan ko‘proq ishlashi, so‘z izlashi, o‘zlarining millatparvarligini, tilparvarligini va eng muhimi, donoligini ko‘rsatishlari lozim”.

    Qaysidir arbob shunday nutq irod qilsa, tishni-tishga qo‘yib chidaysiz. Lekin kamtar bir adabiyotshunos, “adiblarimiz”ni deb barchamizga bu taxlit “aql o‘rgatishi” kishiga malol keladi. Umuman, ba’zan adabiyotshunoslarning maqolalari va suhbatlarda bildirgan fikrlari “kattalardan” — o‘tmish adiblar-u g‘arb yozuvchilaridan ibratli biron misol keltirib, go‘yoki bolaga dars bergandek ohangda bo‘lishi o‘rinsiz. Bu sharqona oddiy odobga ham kirmaydi.

    Men buni — yarim asrga yaqin ozmi-ko‘pmi faoliyatim davomida bunday “pand”larni ko‘p eshitganim uchun aytayapman. Ishoning, har qanday adib, hattoki havaskor ham “ko‘proq ishlashi, so‘z izlashi” kerakligi-u “millatparvarlik, tilparvarlik”ni tushunishga harakat qiladi. Lekin goh imkon, sharoit yo‘qligi, goh adabiy tarbiya, birinchi navbatda, shaxs tarbiyasi yetishmayotgani — boshqa masala. Nima qilganda ham, adabiyotshunosning vazifasi “nutq irod qilish” emas, muayyan davrda yaratilgan ma’lum asarni har tomonlama chuqur tahlil qilishdan iborat, deb o‘ylayman.

    Davra suhbatida ayrim adiblar-u ayrim asarlar maqtaladi. Tanqidga kelganda “Qaysidir yozuvchining qaysidir asari” qabilida noma’lum, noaniq (predmetsiz) fikr yuritiladi. Bahsga munosabat tarzida yozilgan Husan Karvonlining maqolasida — garchi “Muvozanat” romanining yaxshi tomonlariga kam e’tibor berilgan va sal ayovsizroq yozilgan bo‘lsa-da, — aniqlik (predmet) bor. Shu bahonada aytish kerak. Balki, Ulug‘bek Hamdam asar tilida ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ygandir? Tajribasizlik qilgandir? Lekin asarni nashr etganlar-chi? Nahotki “ni” bilan “ning”ni ajrata oladigan bironta muharrir topilmagan? Bu kun, yozuvchi savodli yozgan asarlar, hatto “Saylanma”lar ham, goho g‘ij-g‘ij xato bilan bosilayapti. (Ana, Shukur Xolmirzayevning “Saylanma”si bobida Adabiyot gazetamizda o‘kinch bilan fikr bildirilgan edi.) Bu holat umumiy “ob-havo”ni, faqat imlo emas, til masalasida “beparvo” bo‘lib borayotganimizni ko‘rsatadi! Shukur Sodiq iqtidorli shoir, so‘nggi paytlar maqolalar bilan matbuotda faol qatnashayapti. Ammo uning suhbatga munosabatida ham aniqlik (predmet) yo‘q. Bu kun bizdan oniy kayfiyatdagi “yengil” mulohazalar emas, yillar davomida o‘ylab yurib, og‘rib, qanoat hosil qilgan fikrlar bilan chiqishni talab qilayapti.

    Avvaldan “badiiy nasr” degan tushuncha menga sal g‘aliz tuyuladi. Biz “badiiy nazm” demaymiz-ku! “Adabiy asar tili” deyish to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Yillar bo‘yi iste’molda yurgan “badiiy adabiyot”, “ilmiy adabiyot” deganlari ham tarjimaga o‘xshaydi. Bizda ko‘pchilik “adabiyot” deganda ilmiy bir kitobni emas, adabiy asarni ko‘z oldiga keltiradi.

    Ona tili onadek muqaddas. Lekin onaning qadri-yu muqaddaslik tushunchasining mazmunini anglash uchun kishida savod bo‘lishi kerak. Savod egallagach, tafakkur shakllanadi. Tafakkur shakllana borgach, barchamizning jismi-jonimizda bo‘lgan “so‘nik ruh” uyg‘ona boshlaydi, jonlana boshlaydi. Tirik ruh ifoda shaklini izlab, buyuk vosita til ekanligiga iymon keltiradi, o‘zini tugal aks ettirish uchun ming yillik “unut” so‘zlarga ham, yangi so‘zlarga ham murojaat qiladi. Tilning butun boyligi va ranginligidan “foydalanadi”.

    Quruq “til ustida ishlash” hech narsa bermaydi. Savod ustida, tafakkur va ruh ustida ishlamasdan tilni “egarlab” ololmaysan. So‘z zargari bo‘lgan — Shukur Xolmirzayev ta’biri bilan aytganda, — “ba’zan so‘zning jonini sug‘urib olgan” ustoz Abdulla Qahhordek yozuvchi, qaysidir mavzudagi maqolada, to‘rt-besh satrda o‘n bitta “bir” so‘zini ishlatganiga ko‘zim tushib qoldi. Qahhor bu maqolani kechagi kun zug‘umi bilan, savodi, tafakkurini ishlatmay, ruhsiz holatda yozgan.

    Hali yosh paytim, hikoya yozgan edim, o‘qish uchun ustoz Mirzakalon Ismoiliyga berdim. Mirza aka hikoyani toza “bo‘yab” tashlabdi. Avvalida xafa bo‘lib, yozganimni bir yoqqa tashlab qo‘yib, uzoq muddat qo‘limga qalam olmay yurdim. Keyin qarasam, yozgan har bir so‘zim o‘zicha to‘g‘ri, lekin menda katta ma’nodagi savod, tafakkur, ayniqsa, odamlarga muhim bir so‘zni aytadigan ruh yetishmagan ekan.

    Tilni o‘rganish nuqtayi nazaridan, yetuk savodga ega kishilar uchraydi. Ammo ular yozuvchi emas.

    Qisqasi, umumiy savod, kitobxonlik o‘sganda, yozuvchi tafakkur va ruh egasi darajasiga yetganda, bizning katta adabiyotimiz bu kungidan ham ko‘ra katta, olamshumul adabiyotga aylanadi.

    Omon Muxtor,“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2009-yil 4-sonidan olindi.

     

    29.10.2021, 08:30   Izoh (0)   13127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda ham ichki ishlar xodimlari elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi

    29.10.2021, 08:24

    Toshkentdagi “Farovon” restorani qarzdorlik sabab kimoshdi savdosiga qo‘yildi

    29.10.2021, 07:49

    O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas

    29.10.2021, 07:32

    Yomg‘ir ostidagi Toshkent, bo‘yalgan jo‘jalar, Xellouinga tayyorgarlik. 28-oktabr suratlari

    28.10.2021, 23:55

    O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasidan 2,1 trln so‘m qarzdorligi ma’lum qilindi

    28.10.2021, 23:45

    O‘zbekistonning barcha hududida 28-oktabr kuni “Milliy suvenirlar” festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

    28.10.2021, 23:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.