• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda talabaga tegajog‘lik qilishda gumonlanayotgan “zamdekan” qizning o‘zi unga shilqimlik qilganini aytdi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari o‘z xonasida talaba qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Talaba qizning UzReportTV telekanaliga ma’lum qilishicha, dekan o‘rinbosari bu ishda qizni ayblagan.

    “Tergovda u (dekan o‘rinbosari)ning aytishicha, mening qizim uning xonasiga kirib, kalit bilan xonani qulflab olgan emish. Qizimni yigiti kelib qolgani sabab qayerga berkinishini bilmay, derazadan o‘zini tashlab yuborgan emish.

    Qizim hali hayotga to‘ymagan quvnoq qiz. Qizim ijodkor qiz, u hali bunaqa narsalar haqida o‘ylamaydi. Chunki oilamiz o‘qimishli oila: hammamiz o‘qituvchimiz. Shuning uchun qizim uning xonasiga ishonib kirgan”, – deydi talaba qizning onasi.

    Ma’lumot uchun, 18-oktabr kuni 20 yoshli M.K. Zulfiya mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Y.ning xonasiga kirgan. 37 yoshli dekan o‘rinbosari B.Y. qizdan kutib turishini so‘ragan. Qizning aytishicha, xonadan hamma chiqib ketgach, dekan o‘rinbosari charchaganini aytib, undan qahva damlab berishni so‘ragan. Qiz qahva damlamoqchi bo‘lganida erkak eshikni ichkaridan qulflab, chiroqni o‘chirgan. M.K. nimanidir sezganday yaqin do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq yetib kelishni so‘ragan, xonadan chiqay desa, erkak uni ushlab olib, xonasidagi divanga yotqizmoqchi bo‘lgan.

    Qiz qarshilik ko‘rsatgan, eshikning u tarafida esa qizning do‘sti kelib, eshikni ochishni so‘ragan. M.K. amallab oyna oldiga kelib, yordamga chaqira boshlagan. Shunda qizning aytishicha, erkak uni derazadan itara boshlagan. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin kuchi yetmay, oynadan pastga tushib ketgan. Dekan o‘rinbosari esa derazani yopib, jalyuzini tushirgan va eshikni ochgan. Qizning do‘sti dekan o‘rinbosarini olib, pastga tushgan. Atrofda yig‘ilganlarga B.Y. qiz oynadan o‘zi sakragani va uni o‘zi shifoxonaga olib borishini aytgan.

    Shifokorlar qizga tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashxisini qo‘ygan. Qizning yaqinlarining aytishicha, dekan o‘rinbosari tomonidan kelgan odamlar ularga o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirishlari uchun pul taklif qilgan. B.Y. esa hammaga qiz o‘z joniga qasd qilgan demoqda. U o‘qigan fakultet talabalarini to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazilgan.

    IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, 19-oktabr kuni dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 118-moddalari (nomusga tegish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 23-oktabr kuni ekspertiza javobi chiqishi bilan dekan o‘rinbosari protsessual tartibda ushlangan.

    SSVning ma’lum qilishicha, bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.

    Voqea yuzasidan Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov munosabat bildirib o‘tdi. Saida Mirziyoyeva bunday holatlarni doimo jamoatchilikka ma’lum qilib turilishi uchun Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyiha zarurligini bildirib o‘tdi. Komil Allamjonov bu  fikrga qo‘shilishini ma'lum qildi.

    Mavzuga doir: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba qizga tegajog‘lik qilingani aytilgan universitet rahbariyatiga qat’iy chora ko‘radi

    28.10.2021, 18:24   Izoh (0)   74239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hashamat”. Salim Abduvaliyevning 7 gektar maydonda joylashgan dachasiga sayohat (video)

    28.10.2021, 17:54

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    28.10.2021, 17:22

    “Multfilm — bu jiddiy masala. U orqali har qanday g‘oyani singdirish mumkin”. O‘zbekistonda multiplikatsion soha rivojlanmasligiga ssenariy, mablag‘ va kadrlar mas...

    28.10.2021, 17:07

    Viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborilmasligi ma’lum qilindi

    28.10.2021, 16:21

    BMTning iqlim bo‘yicha yig‘ilishida O‘zbekistonning tashkilotdagi doimiy vakili Orol muammosi haqida gapirdi

    28.10.2021, 16:06

    Toshkent davlat texnika universiteti yonidagi oshxonada yong‘in yuz berdi (video)

    28.10.2021, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 29-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 13:10

    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

    Reklama | 28 iyul, 12:00

    Toshkent yerusti metrosining yana 6 ta bekati vaqtincha ishlamaydi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 12:56

    Qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning turmush o‘rtog‘i YTHga uchradi

    Sport | 28 iyul, 12:45

    iPhone 17 ni kutishga asosiy sabab: nima uchun iPhone 16 xarid qilishga shoshmaslik kerak?

    Gadjetlar | 28 iyul, 12:32

    Janubiy Koreyada xorijliklar soni rekord darajaga yetdi — ulardan har uchinchisi xitoylik

    Dunyo | 28 iyul, 12:22

    “Real” Rodrigoning narxini pasaytirdi

    Sport | 28 iyul, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.