• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda uy-joy narxlari 2,3 foizga oshdi

    Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning uchinchi choragida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoridagi narxlar o‘tgan chorakka nisbatan 2,3 foizga oshdi. Bu haqda “Spot” xabar qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum bo‘lishicha, uy-joy bozoridagi bu kabi qiziqish iqtisodiy tiklanishning davom etayotgani, daromadning o‘sishi, shuningdek, fuqarolarning ko‘chmas mulk ko‘rinishidagi jamg‘armalarini tejashga intilishi bilan bog‘liq.

    Shu bilan birga, o‘sish sur’ati biroz sekinlashgan. Uchinchi chorakdagi narxlarning o‘rtacha o‘sishi (2,3 foiz) ikkinchi chorakka (5,7 foiz) nisbatan pastroq bo‘lgan.

    Bundan tashqari, O‘zbekistonning 14 ta hududidan 6 tasida narxlarning pasayishi kuzatilgan. Eng katta sho‘ng‘ish Xorazm viloyatida (-9,8 foiz) qayd etilgan.

    Qayd etilishicha, bu tendensiya ba’zi hududlarda birlamchi bozorlarda uy-joy sotib olishning keng tarqalgani bilan bog‘liq.

    Talab va ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishiga aholining jamg‘arma faolligi ta‘sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning sentabr oyidagi inflyatsion kutilmalar bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovida respondentlarning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i o‘z mablag‘ini ko‘chmas mulk ko‘rinishida saqlashni rejalashtirayotganini bildirgan.

    Ta’kidlanishicha, uchinchi chorakda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni 2020-yilning shu davriga nisbatan 17,3 foizga o‘sgan. Biroq sentabr oyida pasayish kuzatilib, avgust oyiga nisbatan 10 foizga kamroq shartnomalar tuzilgan. “Bu ko‘chmas mulk bozorida narxlarni yanada barqarorlashtirishning birinchi sharti bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Markaziy bank hisobotida.

    Qurilish bozoridagi o‘sish sur’ati uy-joy narxiga ta’sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, o‘sish 4,5 foizni tashkil etgan. Bu 2020-yil (8,6 foiz) va 2019-yil (24,2 foiz) ko‘rsatkichlaridan past.

    Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda qurilish faolligining kuchayishi, yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar va yuqori transport xarajatlari tufayli qurilish materiallari narxi keskin ko‘tarilgan. O‘zbekistonda yanvar—sentabr oylari davomida qurilish sohasidagi narx o‘rtacha 4,65 foizga oshgan.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar sharhi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, poytaxtda avgust oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narx har kvadrat metrga 7,5 million so‘mni, birlamchi bozorda taklif qilinayotgan narxlar esa har kvadrat metrga 8,4 million so‘mni tashkil etgan.

    Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—sentabr oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 2020-yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshgani ma’lum qilingan. Unda aytilishicha, Toshkent shahrida turar joy narxlari iyun oyidan beri 5—7 foizga o‘sgan.

    O‘zbekistonda 2021-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha ikkilamchi bozordagi narxlarning dastlabki natijalari aniqlangan. Unga kora, narxlar respublika bo‘yicha birinchi chorakka nisbatan o‘rtacha 5,72 foizga o‘sgan.

    28.10.2021, 10:54   Izoh (0)   22484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunaqa odamlar Yer yuzidan qirilib ketsin” — Komil Allamjonov “peduniversitet”da talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida

    28.10.2021, 10:38

    O‘zbekistonda hokim va ularning o‘rinbosarlari faoliyati reytingi e’lon qilindi

    28.10.2021, 10:23

    O‘zbekistonda masofadan turib boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi (video)

    28.10.2021, 09:53

    O‘zbekistonda mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar davlat budjetidan qo‘shimcha 1,4 trillion so‘m oladi

    28.10.2021, 09:29

    Termiz shahrida “Yapon bog‘i” va arxeolog Kyudzo Kato memorial muzeyi quriladi

    28.10.2021, 09:05

    Rossiyada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik aka-uka 6 yilga qamaldi

    28.10.2021, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.