• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xususiylashtirishdan maqsad — investorlarga davlat bozorni tark etayotganini ko‘rsatish” — Timur Ishmetov

    Moliya vaziri Timur Ishmetov jurnalist Rayan Chilkot (Ryan Chilcote) bilan intervyuda O‘zbekistonda xususiylashtirish dasturi va uning maqsadlari haqida gapirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi 3 mingga yaqin davlat aktivlarini sotish rejalashtirilmoqda.

    “Raqamlar katta, lekin ularning aksariyati kichik korxonalardir. Birinchi navbatda, juda tezkorlikda ularning to‘rtdan uch qismi sotiladi (75 foizi). Biz allaqachon davlat aktivlari ro‘yxatini tuzdik. Ba’zi sohalarda ular bizga kerak emas. Shuning uchun biz ularni auksionga qo‘yamiz va hozirgi narxi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, sotamiz”, — dedi vazir.

    Timur Ishmetov yirik davlat korxonalari haqida gapirar ekan, davlat ayrim tabiiy monopoliyalarni sota olmasligini ta’kidlagan. Misol uchun, “juda yaxshi bo‘lmasa-da” oxir-oqibat xususiy kompaniyaga aylanishi mumkin bo‘lgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi.

    Shuningdek, moliya vazirining aytishicha, O‘zbekiston energetika bozoriga elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning chiqishidan manfaatdor.

    “Ular allaqachon bu yerda biznesni yo‘lga qo‘yishni boshlashgan. Biz hatto mavjud kompaniyalarni (elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi davlat korxonalari — tahr.) sotish, elektr energiyasini tarqatishda (taqsimlashda — tahr.) xususiylashtirish yoki davlat-xususiy sheriklikka o‘tish haqida o‘ylayapmiz”, — deydi u.

    Moliya vaziri ushbu amaliyotni boshqa sohalarda ham qo‘llash rejalashtirilayotganini aytgan.

    “Ehtimol, foydali qazilmalarni qazib olishda ikkitadan ko‘p bo‘lmagan, bir nechta yirik va juda yaxshi kompaniyalarni sotishni rejalashtirmayapmiz, lekin qisman IPO’ga tayyormiz. Chunki bu samarali kompaniya yaratish, kompaniyani samarali boshqarishga ishonch hosil qilish uchun yuzlab va minglab qo‘shimcha ko‘zlarga ega bo‘lgan xususiy investorlarni jalb qilish vositasidir”, — deya ta’kidladi Timur Ishmetov.

    Timur Ishmetov O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish dasturining kech boshlaganini tan olgan.

    “Gap shundaki, hamma narsani nazorat ostida ushlab turish qandaydir xavfsizlik yoki ishonchlilik masalasi bilan bog‘liq emas. Gap samaradorlik va natijalar haqida ketyapti. Lekin biz buni (xususiylashtirish — tahr.) Prezidentimizning siyosiy irodasi bilan boshlaganimizdan xursandman”, — deydi moliya vaziri.

    Uning aytishicha, O‘zbekiston allaqachon bir qancha yaxshi kelishuvlarni amalga oshirgan, biroq bu faqat boshlanishi.

    “Investorlar tomonidan juda yaxshi qiziqish bildirilmoqda. Yaxshi tashkil etilgan, zamonaviy va oshkora (xususiylashtirish) jarayoni bu korxonalarga yaxshi sarmoyadorlar kelishi va vaziyatni yaxshilash mumkinligini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, bundan (davlat) yaxshiroq pul oladi”, — deydi vazir.

    Timur Ishmetov O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonida tavakkal qilishga tayyor investorlarning ishonchini eng asosiysi deb aytgan.

    “Samarasiz davlat korxonalaridan qanchalik tez qutulsak, biz uchun shunchalik yaxshi. Ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ham bozordagi samaradorlik yaxshiroq, xususan, budjet nuqtayi nazaridan ham shunday”, — deydi Moliya vazirligi rahbari.

    Moliya vaziri aholi soni ortib borayotganini hisobga olgan holda ish o‘rinlari yaratish masalasi O‘zbekiston uchun dolzarbligicha qolayotganini ta’kidlagan. Xususiy sektor odamlarni ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga egaligini aytib o‘tgan.

    “Gap bitta davlat kompaniyasini sotish haqida ketmayapti, balki investorlarga davlat bu bozorlarni tark etayotganini ko‘rsatish haqida ketmoqda. Endi ular bu biznesga kirishlari va raqobat qilishlari mumkin. Men buni tezda qilishimiz kerakligini aytishimning sababi biz pulga muhtoj yoki o‘sha kompaniyalarni texnik xizmat ko‘rsatish qimmatligi tufayli ularni yo‘q qilmoqchi emasmiz, balki investorlarga davlat tomonidan adolatsiz raqobat bo‘lishidan qo‘rqmasliklarini ko‘rsatmoqchimiz”, — deya tushuntiradi u.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabr oyida Prezidentning “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolangan bo‘lib, mazkur hujjat bilan 620 dan ortiq transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati hamda korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati tasdiqlangandi.

    Fevral oyida Prezident davlat aktivlarini xususiylashtirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Iyul oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov 2021-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston davlat aktivlarini xususiylashtirishdan 105 million dollar daromad olganini ma’lum qilgandi. 2021-yilda jami 900 ta obyekt sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, yil oxirigacha jami 600 million dollar daromad keltirishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Dunyoning eng mashhur investorlaridan biri bo‘lgan Jim Rojers O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda
    • Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 13 ta yirik ko‘chmas obyektni sotuvga chiqarish zarurligini ta’kidladi

    27.10.2021, 13:08   Izoh (0)   14594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiotadan Sergeli tumaniga o‘tkazilgan ijtimoiy obyektlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

    27.10.2021, 12:16

    Namanganda shifokorni ayovsiz kaltaklagan aka-ukalarga jazo tayinlandi

    27.10.2021, 12:01

    Janubiy Koreya yana bir O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

    27.10.2021, 11:23

    Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilib, uni oynadan itarib yuborishda gumonlangan dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi

    27.10.2021, 11:08

    Toshkentning qator tumanlarida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    27.10.2021, 10:15

    Mutaxassis: “Noyabr—dekabr oylari qon bosimi kasalligi bor bemorlar uchun xavfli”

    27.10.2021, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.