• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Erdo‘g‘on persona non grata deb e’lon qilishni buyurgan 10 ta davlat elchilari yangi bayonot sabab Turkiyadan chiqarib yuborilmaydigan bo‘ldi

    Turkiyadagi 10 ta davlat elchilari yangi bayonot bilan chiqib, Vena konvensiyasining mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini yuklagan moddasiga amal qilishlarini bildirdi, deb xabar beradi “RBK”. Shundan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on diplomatlar shu orqali “orqada qadam tashladi” va bundan keyin bayonot berishda ehtiyot bo‘ladi deb hisoblagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Avvalroq 10 ta mamlakat elchilari Rajab Toyyib Erdo‘g‘ondan turkiyalik huquq himoyachisi va jamoat arbobi Usmon Kavalani qamoqdan ozod etishga chaqirgan, bu esa diplomatik mojaroni yuzaga keltirgan edi. Turkiya prezidenti 10 ta yetakchi mamlakatlar elchilarini persona non grata deb e’lon qilishni buyurgan.

    Turkiyadagi 10 ta diplomatik missiya rahbarlarining yangi bayonoti Twitter’ga joylashtirilgan. Bayonotda elchilar Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 41-moddasiga ko‘ra harakat qilishgani keltirilgan. Unda aytilishicha, diplomatik ishchilar “o‘zlari bo‘lgan davlatning qonunlari va qarorlarini hurmat qilishga majbur”.

    “Shuningdek, ular ushbu mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini olgan”, — deyiladi konvensiyada.

    18-oktabr kuni AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Finlyandiya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya elchixonalari Turkiyada to‘rt yil avval hibsga olingan Usmon Kavalaning ozod etilishini talab qilib murojaat qilgandi. Ular Turkiya hukumatini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi talabini bajarishga va Kavalani qo‘yib yuborishga chaqirgan.

    Murojaat chop etilgach, elchilar Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va u yerda mamlakat ichki ishlariga aralashishga urinishda ayblangan. Erdo‘g‘on elchilarni Turkiyadan chiqarib yuborishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

    Elchilarning yangi bayonotidan so‘ng Erdo‘g‘on ularga bu “dars bo‘lganini” ma’lum qildi. “Vena konvensiyasining 41-moddasiga ko‘ra, o‘z majburiyatlarini bajargan ushbu elchilar bundan keyin bayonotlariga ehtiyot bo‘ladi deb o‘ylaymiz”, — deydi Turkiya prezidenti.

    Uning fikricha, bu diplomatik missiyalar rahbarlarining “mamlakatga nisbatan qilingan tuhmatdan bir qadam ortga chekingan”. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya “mustaqilligini hurmat qilmagan” har qanday kishi mamlakatda qola olmaydi.

    “Turkiya sud tizimi hech kimdan buyruq olmaydi. Davlat rahbari sifatida mening vazifam bizning sudyalarimizga nisbatan amalga oshirilgan ushbu hurmatsizlikka javob qaytarish etdi”, — deydi Erdo‘g‘on.

    Asli Parijda tug‘ilgan filantrop va jamiyat faoli, 64 yoshli Usmon Kavala 2017-yil noyabr oyida hibsga olingan. U Istanbuldagi Gezi bog‘i atrofidagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etganlikda va 2016-yilda davlat to‘ntarishiga uringanlikda ayblangan. Kavalaga qo‘yilgan ayblovlar bir necha bor ko‘rib chiqilgan, biroq u hanuz hibsda qolmoqda.

    Yevropa sudi 2019-yilda Turkiya huquq-tartibot idoralarida Kavalani hibsda ushlab turish uchun salmoqli dalillar yo‘qligi haqida qaror chiqargan. Turkiya hukumati sudning qarorini bajarmadi.

    Usmon Kavala fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etgan. Xususan, u Turkiyada Soros “Ochiq jamiyat” fondining faoliyatini tashkil qilgan.

    Mavzuga doir: 

    • Erdo‘g‘on AQShni Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi
    • Erdo‘g‘on BMTda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini bildirdi

    26.10.2021, 09:07   Izoh (0)   12844
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentlik eng xavfli kasb. O‘lim yoki qamoq — Janubiy Koreya prezidentlari taqdiri

    26.10.2021, 08:14

    Astronomlar quyosh sistemasidan tashqarida joylashgan eng yosh sayyoralardan birini to‘g‘ridan to‘g‘ri suratga olishga muvaffaq bo‘ldi (foto)

    25.10.2021, 23:45

    Sudanda favqulodda holat e’lon qilindi. AQSh bu mamlakatni yordamdan mahrum qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    25.10.2021, 23:29

    Tatariston parlamenti respublika prezidenti lavozimini qayta nomlash to‘g‘risidagi federal qonun loyihasiga qarshi chiqdi

    25.10.2021, 21:43

    Belarusdan noqonuniy muhojirlar Polshaga bostirib kirishga urindi, ikki askar yaralandi (foto)

    25.10.2021, 21:11

    Rossiya prezidenti koronavirus tufayli restoranlarning tunda ishlashini taqiqladi. 60 yoshdan katta emlanmagan aholiga o‘zini yakkalash buyurildi

    25.10.2021, 20:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.