Surxondaryo viloyatida “ZIL” piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda IIV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 11-oktabr kuni soat 17:10 larda Sho‘rchi tumani “Elbayon” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1513-kilometrida 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi “GAZ-53” rusumli yuk mashinasi bilan Sho‘rchi–Qumqo‘rg‘on yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi.
Oqibatda 1963-yilda tug‘ilgan ayol Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etdi.
YTH sodir bo‘lishiga yuk mashinasi haydovchisi yuqori tezlikda harakatlangani va piyodaning yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan.
Bundan avval Qamchiq dovonida Isuzu va Kia yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘lgani, Namanganda “Jiguli” ariqqa tushib ketishi oqibatida haydovchi vafot etgani hamda Namanganda Nexia yo‘l chetida turgan piyodani urib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)