• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy Majlis Senati adliya vaziri bilan debatga sabab bo‘lgan qonunning rad etilishiga rasmiy munosabat bildirdi

    Oliy Majlis Senati yigirmanchi yalpi majlisida muhokama qilingan “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonun va uning senatorlar tomonidan rad etilishi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlarni keltirib chiqarayotgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Senatning yigirmanchi yalpi majlisida senatorlar “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning ba’zi normalarini qayta ko‘rib chiqish kerak deb hisoblab, uni qaytargan edi. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov senatorlarning qonunni qabul qilishga qarshi bildirgan har bir argumentini rad etib, ayrim siyosatchilar “xalqdan kelib chiqayotgan yangi g‘oyalarni tushunmasligini” ta’kidlagandi. Oqibatda Senat raisi uzoq davom etgan debatga aralashishga va tomonlarni tinchlantirishga majbur bo‘lgandi.

    Munosabatda qayd etilishicha, senatorlar muhokamaga qo‘yilgan barcha qonunlarni shunchaki ko‘r-ko‘rona ma’qullab yuboravermaydi, har bir hujjat yalpi majlisgacha juda ko‘p chig‘iriqlardan o‘tadi. Ekspertlar kengashi jalb qilinib, dastlabki tarzda qo‘mitalarda ko‘rib chiqiladi. Qonun tashabbuskorlari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etadi. Qolaversa, xalq vakillari joyiga chiqqan holda mavjud holatni o‘rganadi. Ana shulardan keyingina rad etishga to‘la ishonch hosil qilinsa, qonun qaytariladi.

    “Lekin qonun qaytarildi degani — bu u batamom bekor qilindi degani emas. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Gap bu yerda qonunni puxta ishlash haqida ketyapti. Chunki Senatda muhokamaga qo‘yilgan hujjatga to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzatish kiritish vakolati yo‘q. Qonun yo ma’qullanadi yoki rad etiladi. Rad etilsa, u keyinchalik parlament vakillari, ekspertlar, qonun tashabbuskorlari bilan birgalikda yanada pishiq-puxta ishlanib, keyingi yalpi majlislarda qaytadan muhokamaga qo‘yiladi. Umumiy jarayon shunday”, — deyiladi munosabatda.

    Ta’kidlanishicha, ba’zi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mana shu holatlarni atroflicha hisobga olmagan holda, bir yoqlama qarash orqali senatorlarni ijtimoiy tadbirkorlik nimaligini tushunmaslikda ayblashi, “shekilli”, “shunaqaga o‘xshaydi” degan taxminiy xulosalar bilan ular faoliyatiga baho berishi — bu professionallarga xos bo‘lmagan yondashuv hisoblanadi. “Chunki parlament yuqori palatasi a’zolari turli sohalarni, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni yaxshi biladigan yetuk, malakali mutaxassislardir. Shu bois tashqaridan turib, qonunning mazmun-mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lmagan holda baho berish, shaxsiyatga yo‘naltirilgan fikrlarni aytish axloqiy va huquqiy jihatdan ham to‘g‘ri emas”, — deya qayd etiladi xabarda.

    O‘z navbatida, Oliy Majlis Senati ijtimoiy himoyaga qarshi degan fikrga borilmaslik so‘ralgan:

    “Mutlaqo unday emas. Aksincha, senatorlar xalq vakillari bo‘lganligi tufayli aniq va manzilli ijtimoiy himoya tarafdori hisoblanadi. Ya’ni ijtimoiy siyosat parlament oldida turgan eng ustuvor vazifadir. Takror bo‘lsa ham aytish kerakki, qo‘yilgan masala qonunni yanada pishiq-puxta ishlash, maromiga keltirish bilan bog‘liq. Chunki qonun, eng avvalo, xalq manfaati uchun ishlashi kerak. Boshqa hech qanday sabab yo‘q”.

    Ma’lum qilinishicha, tez orada Tadbirkorlik kodeksi qabul qilinadi, barcha tadbirkorlar bitta, yagona qonun asosida ish olib boradi — ana shunda ko‘pgina masalalar yana o‘z yechimini topadi.

    “Umuman aytganda, rad etilgan qonun yana ko‘rib chiqiladi. Maromiga yetgach, Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinadi. U qo‘llab-quvvatlansa, ma’qullanadi. Shu bois jurnalist va blogerlardan ortiqcha his-hayajonga berilmay, vaziyatni to‘g‘ri baholab, xolis munosabat bildirishlarini so‘rab qolamiz. Agar ular ‘Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida’gi qonunni qayta ishlash jarayonida bevosita qatnashishni istasalar, marhamat, Senat bu borada ham ularga imkoniyat yaratib berishga tayyor”, — deyiladi munosabatda.

    Avvalroq O‘zbekiston Nogironlar jamiyati raisi, Karlar jamiyati raisi va Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi senatorlar tomonidan “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning qaytarilishi yuzasidan murojaat bilan chiqqandi. Murojaatda ta’kidlanishicha, senatorlar qonunni rad etgani “boshqalar bilan erkin raqobatlasha olmaydigan imkoniyati tabiatan cheklangan shaxslar uchun juda kutilmagan holat bo‘lgan”.

    Mavzuga doir: Senat O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilishni ma’qulladi

    22.10.2021, 16:12   Izoh (0)   21925
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yashasun ko‘nchilar tashkiloti

    22.10.2021, 15:15

    O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash tartibi tasdiqlandi

    22.10.2021, 15:10

    “Qonun qabul qilinishini bir necha yillardan beri kutayotgandik”. Nogironlar, Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyatlari Senatga murojaat qildi

    22.10.2021, 14:56

    “O‘zbekistonda 2021-yil oxiriga qadar koronavirusga qarshi vaksina oluvchilarning 80 foizi emlanadi” — Behzod Musayev

    22.10.2021, 14:26

    Qamchiq dovonida Isuzu va Kia yuk mashinalari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

    22.10.2021, 14:11

    O‘zbekistonda sun’iy mo‘yna, gazlama va boshqa qator mahsulotlar import bojidan ozod etildi

    22.10.2021, 13:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.