• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saylovoldi tashviqoti jarayoni: yutuq va kamchiliklar

    O‘zbekistonda prezidenti saylovidagi hal qiluvchi jarayonlardan bo‘lgan saylovoldi tashviqoti bosqichi yakuniy pallaga kirib bormoqda. Bir oydan ko‘proq davom etadigan bu bosqich saylov qonunchiligi va amaliyotidagi ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirib, saylovlarda o‘zaro raqobat va demokratik tamoyillarning kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

    Anvar Eminov.

    Anvar Eminov.
    Foto: Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

    Shu bilan birga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi dasturlari tahlili, nomzodlar va ularning ishonchli vakillari ishtirokidagi tadbirlarda bildirilgan turli mulohazalar ushbu saylovoldi tashviqoti jarayoning ijobiy jihatlari va yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar haqida fikr bildirish imkonini beradi.

    Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, siyosiy partiyalar va nomzodlar o‘z saylovoldi dasturlarida aholining turli qatlamlari manfaatlarini imkon darajasida to‘la aks ettirishga harakat qilganlari ko‘rinadi. Bu albatta to‘g‘ri harakat, lekin uning qay shaklda ifodalangani ham muhimdir. Aynan shu muhim jihatni yetarli darajada e’tiborga olinmagani ayrim nomzodlarning dasturlarida bir-biriga o‘zaro o‘xshash va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan umumiy vazifalar juda ko‘p uchrashiga olib kelgan.

    Bu esa ularning boshqa nomzodlardan farqini ko‘rsatib turadigan jihatlar hamda ustuvor maqsadlarini ta’kidlab ko‘rsatishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Ayrim saylovoldi dasturlarida o‘ziga xos jihatlar va g‘oyalarning kamligi oxir-oqibatda nomzodlarga o‘z tarafdorlarini ko‘paytirishga, saylovchilarga esa kim uchun ovoz berish ma’qul ekanini aniqlashga xalaqit bermoqda.

    O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Oblomurodovning dasturida “yashil iqtisod”ga o‘tish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiyalarga ustuvor e’tibor qaratish, “yashil” ish o‘rinlarini yaratish singari yaxshi takliflar ko‘p uchraydi. Lekin bu tashabbuslarning ko‘p hollarda umumiy gaplardan iborat ekani tegishli ekspertlar va saylovchilarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Chunki bugungi kunda muqobil energiyaga o‘tish ko‘plab rivojlangan davlatlarda yetakchi harakatga aylanib ulgurgan, uni barcha uchun kerakli ekanini qayta-qayta uqtirishga hojat yo‘q. Qolaversa, keyingi yillarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida bu sohada, xususan, quyosh enegriyasini o‘zlashtirish yo‘nalishida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilayotgni ko‘pchilikka ma’lum. Shu sababli ham bu sohada aniq tashabbuslar va ularni joriy qilish yo‘llariga yetarli e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

    Masalan, Markaziy Farg‘ona cho‘li hududida quyosh energiyasini o‘zlashtirishga qaratilgan manbalarni qurish va ishga tushirish borasidagi amaliy takliflar aholi zich yashaydigan mazkur hududlardagi ko‘p sonli saylovchilarning o‘ziga jalb etishi mumkin edi. Yoki yilning ko‘p qismi shamolli bo‘lgan hududlarda shamol energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalasida ham shunday deb aytish mumkin. Albatta, bu ikki fikr oddiy saylovchining mulohazasi sifatida misol keltirmoqda va ularning qanchalik ilmiy asosga ega ekanligiga aniqlik kiritish va puxta ishlangan rejalarni o‘z saylovoldi dasturida ilgari surish Ekologik partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodning tarafdorlari ko‘payishiga xizmat qilgan bo‘lardi.

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodi Bahrom Abduhalimovning dasturida, jumladan, fuqarolarning osoyishtaligi va jamiyat xavfsizligini ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida ichki ishlar tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish va uni “Xalq politsiyasi” deb nomlash, ichki ishlar vazirligi, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tarkibini maqbullashtirish, quyi prokuratura organlariga “Xalq prokuraturasi” maqomini berish takliflari ilgari surilgan. Aslida, bu takliflar fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasiga bevosita bog‘liq, shuning uchun bu yo‘nalishdagi takliflar aniq va har tomonloma asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan tizimlarning nomini o‘zgartirish bilan nima o‘zgaradi, ularning faoliyatida qanday ijobiy natijalarga olib keladi va ularga qaysi usullar erishish rejalashtirilgan? Bu islohatlar huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan qanchalik asoslantirilgan? Afsuski, dasturda bu savollarga javob keltirilmagan.

    O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z dasturiga kiritilganini Xalq demokratik partiyasi nomzodi saylovoldi targ‘iboti jarayonida ham ko‘rish mumkin. Masalan, ushbu partiya vakilining saylovoldi dasturida qonun hujjatlarining loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish tartibini qonunda mustahkamlab qo‘yish g‘oyasi ilgari surilgan. Vaholanki, bir necha yildan beri normativ-huquqiy hujjatlarni manfaatdor idoralar bilan kelishish va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishning majburiy tartiblari o‘rnatilgan bo‘lib, shu maqsadda hamda aholining qonunchilik tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan “project.gov.uz”, “regulation.gov.uz”, “meningfikrim.uz” singari bir qator onlayn platformalar faoliyat yuritib kelmoqda.

    “Milliy tiklanish” partiyasi nomzodi Alisher Qodirov tomonidan ilgari surilgan vakillik organlariga saylovlarning majoritar va proporsional tizimini uyg‘unlashtirish haqidagi taklif O‘zbekiston sharoitiga umuman to‘g‘ri kelmasligi haqida asosli fikrlar bildirilmoqda. Proporsional tizimga mos o‘tkaziladigan saylovlarda saylovchi aniq bir nomzod emas, balki partiya uchun ovoz beradi, saylovchilar juda ko‘p hollarda o‘z nomzodini bilmaydi, nomzod ham o‘z saylovchilarining qiziqish va manfaatlarini hisobga olishdan deyarli foyda yoki ziyon ko‘rmaydi.

    Bu saylov tizimida siyosiy texnologlar “paravoz” deb ataladigan usuldan keng foydalanishi mumkin bo‘lib, unda partiyaning saylov ro‘yxatiga dastlab xalq orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan taniqli insonlar kiritiladi. Saylovdan keyin ular turli sabablarga ko‘ra o‘z deputatlik mandatlaridan “voz kechishi” tashkillashtiriladi. Natijada, saylov ro‘yxati oxirida keltirilgan va saylovchilar e’tiboridan chetda bo‘lgan hamda hech kim tanimaydigan, siyosiy texnologiyada “vagon” deb ataladigan shaxslar parlament a’zosiga aylanishi mumkin.

    “Ta’lim inspeksiyasi” faoliyatini Oliy Majlis huzurida qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklif yuzasidan ham bir qator savollar paydo bo‘lmoqda. Chunki mazkur inspeksiya Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritib, ijro hokimiyati vazifalarini bajaradi. Uni parlament tarkibiga o‘tazilishi umume’tirof etilgan hokimiyatlar bo‘linishi tamoyiliga ziddir.

    Alisher Qodirovning “milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarga hurmatsizlik uchun javobgarlik” masalasini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish to‘g‘risidagi fikrlari ham saylovchilarda ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

    O‘z o‘rnida, xotin-qizlar uchun ish vaqtini qisqartirish, o‘zbek tilini biluvchi o‘zga millat vakillarining ish haqiga qo‘shimchalar to‘lash haqidagi takliflar ham ijobiy oqibatlarga olib kelmasligi aniq. Masalan, bunday sharoitlarda ish beruvchilar xotin-qizlarni umuman ishga olmaslikka harakat qilishi mumkin. Davlat tilini bilgan boshqa millat vakillari ish haqiga qo‘shimcha haq to‘lanishi bunday to‘lov olmaydigan toifadagi xodimlarning noroziligini keltirib chiqarishi, mehnat jamoalarida ishchanlik muhitini buzilishiga olib kelishi mumkin. Qolaversa, bu harajatlar qaysi mablag‘lar hisobidan qoplanishi ham noaniq, chunki bu tashabbus davlat korxonalarini qo‘yib turaylik, xususiy yoki qo‘shma korxonalarda qanday amalga oshirilishiga tushuntirish berilmagan.

    Bir so‘z bilan aytganda, o‘zini mamlakatdagi yetakchi ikki siyosiy kuchlardan biri deb ko‘rsatayotgan “Milliy tiklanish” partiyasining dasturi har tomonlama puxta asoslanmagani ko‘rinib turibdi.

    Saylovchilarni qanday usullar bilan o‘z tomoniga jalb etish har bir nomzod va uning jamoasi tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarining qanchalik puxta rejalashtirilganiga bog‘liq. “Yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas”, degan maqol bejiz aytilmagan. Xorijiy tajribani o‘rganish ham ushbu hikmatning to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Chet mamlakatlarda saylov kampaniyasining muvaffaqqiyati ko‘p jihatdan saylov shtabi, partiya tahlilchilari ishni qanday tashkil etganiga bog‘liq bo‘ladi. Xorijiy davlatlardagi barcha siyosiy partiyalar saylovchilarning maqsad va intilishlarini kuzatib boruvchi o‘z tahliliy markazlari hamda ijtimoiy tadqiqotlar guruhlariga ega. Afsuski, bizdagi ayrim partiyalar tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar hozircha yetarli yo‘lga qo‘yilmagani kuzatilmoqda.

    Anvar Eminov, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimi

    18.10.2021, 11:11   Izoh (0)   9793
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 19-oktabr kuni harorat 27 darajagacha iliq bo‘ladi

    18.10.2021, 11:08

    Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqariladi

    18.10.2021, 10:57

    O‘zlik qo‘rg‘oni

    17.10.2021, 23:59

    Surxondaryoda 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxs 32,5 mln so‘m jarimaga tortildi

    17.10.2021, 23:51

    Kogon shahrining sobiq hokimi Hakim Hoshimov 58 yoshida vafot etdi

    17.10.2021, 23:24

    Tilimizning ishlanishi

    17.10.2021, 23:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.