• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizning ishlanishi

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Tilimizning ishlanishi

    “Buxoro axbori”1 yo‘ldoshimizning shakli: bosilishi hozir xiyla tekislashdi. So‘ng vaqtlarda bu gazetaning o‘z vaqtida muntazam chiqib turg‘ani ko‘ruladir.

    Qog‘ozlarining yaxshilig‘i, harflarining ochig‘lig‘i, rasmlik chiqib turishi jihatidan bu gazetalarimiz orasida birinchi o‘runni tutadir. Xalqimiz nodon, kitob mutolaaga rag‘batsiz. Uni shunga o‘rgatmak va qiziqtirmoq uchun matbuotning ochiq, aniq, chiroyliq bosdirilishi juda ahamiyatlikdir. Turkiston, Buxoro va Xiva gazetalari bunga ayrim diqqat qilish­lari kerak.

    “Buxoro axbori” yo‘ldoshimizning bu to‘g‘ridag‘i g‘ayratini olqishlaymiz. Lokin yo‘ldoshimizning doim ko‘zga qadalaturg‘an bitta zo‘r xatosi bordirkim, uni xayrixohliq bilan aytib o‘tmasak bo‘lmaydir. Bizning ko‘rsatmak istaganimiz kamchilik til, sheva kamchiligi, to‘g‘risi, tilga ahamiyat bermaslik xatosidir. Bosh sarlavhasi yonida “adabiy jaridai turkiya” deb yozilg‘an bu gazeta, ma’lumdirkim, o‘zbek shevasida chiqadir. Buxoro hukumiyatining rasmiy tili ham o‘zbekchadir. Buxorodek fors-eron ta’siriga ortiq yutulub ketib, o‘z tilidan ajralib qolg‘an bir o‘lka uchun, u yerdagi ko‘pchilik avom uchun tilning ahamiyati juda zo‘rdir. Holbuki, “Axbor” yo‘ldoshimizda bu jihatga sira diqqat etilmaydir yoki etila olmaydir. Uning yarim tatar va chala-bula o‘zbek shevasida bosilaturg‘an maqola va xabarlaridan bir necha misol ko‘rsatay.

    “Axbor” yo‘ldoshimizda “shunliqdan”, “tishdan”, “o‘zdirmoq”, “tuli”, “nichka”, “topqir”, “kabik”, “ortidan”, “soqchilari”, “yundi”, “qotnashdir”, “bik”, “ko‘b”, “tevish”, “olu”, “yasov”, “yasalaj(ch)aq”, “olinajaq”, “qoldirilajaq”, “kelachak”, “siza” kabi shevamizga yot bo‘lgan so‘zlar juda ko‘b ishlatiladir. Faqat so‘zlargina emas, (aynan) “Butun saroydag‘i g‘o‘zani qalay maorifga berib qo‘yamiz?”; “Oilasi yonida tunlarda yo‘qlasa…” kabi juda yot, juda qo‘pol, o‘z emas jumlalar bor.

    “Axbor”ning 142-sonida “O‘rtoq” deb boshlanaturg‘an bir xitob bor, undan bir necha jumla ko‘rsatay (aynan): “San do‘konchi (?) bo‘lsang, tinch savdo (?) qilishqa tilasangdur (?), dehqon bo‘lsang, mehnat bilan yig‘nag‘an (?) g‘allang ham qo‘y, dava; ho‘giz (?) va boshqa xil mollaringning o‘g‘rilar tomonidan zo‘rliq bilan olinmoqini (?) ustamaysangdur” (?)

    “Axbor”ning bosh muharriri o‘rtog‘im Qori Yo‘ldoshning2 Maskov va Petrogradg‘a borib kelishi munosabati bilan yozib bosdirayotqan “Yo‘l xotiralari”da Petrograddag‘i “3-nchi Aleksandr mavzasi” to‘g‘risida (aynan): “3-nchi Aleksandr Rusiya hukumatining (xorijdan keyin o‘tirilgan) 2-nchi Niqolay oldida podsholiq qilg‘an va rus tarixida g‘oyat qora joy qutquchi bir zolimdur”, — deyilgan shu qo‘pol va anglashilishi qiyin jumladan boshqa mavza zalining ta’rifinda: “Qizig‘tim ranglikdagi miramirdan”, “birgina tosh­dan yasalg‘an katta va nafis isto‘lbalari bor” kabi ajib, atala ibora va jumlalar bor.

    Bu – tilning ishlanishi! Endi adabiyotning (til bilan birga) ishlanishiga kelaylik: so‘ng vaqtda “Moiqiy” degan bir “shoir”ning she’rlariga yo‘luqaturg‘an bo‘ldiq. “Axbor” shoiri birodarimiz o‘zining “Qizil militsiya uchun” sarlavhali bir “she’r”ida militsiya yigitini (aynan):

    San bu yurtning boqchisi (?), San inqilob soqchisi… Otang saning Arslon, San ham undan qolishmang… (?!) — degan buzuq so‘zlar bilan ta’rif qiladir.

    Moiqiy o‘rtoqning Buxoro dehqonlariga qilgan shu:

    Qani, dehqon qarindosh, Kuning qanday talang‘och… — xitobini o‘qush bilangina darrov onglab bo‘lmaydir.

    Bu yosh “o‘zbek” shoirining milliy bayramimiz — Navro‘zni qutlab yozgan bir she’ridan ko‘prak ko‘chirib ko‘rsatmakka majburman (aynan):

    Navro‘z qutlug‘ bo‘lsun yangi kelgan! Bu kundir birinchi kun Yangi yildan, Ortidan yana bir ko‘p yil yillar kelib – Kutaylik ko‘b xayriyat har birindan. Kechurgan necha qalay qayg‘u-hasrat – Mundan so‘ng unutulub bitsun bari. Odashqan, yo‘ldan yozg‘an xalqmiz ko‘b: Yurupdi yo‘l topa olmay ko‘zi ko‘rdan Aytsang-da, qichqirsang-da gap eshitmas Na ko‘zi, na qulog‘i, so‘zi birdan. Xo‘sh kelding, Navro‘z aka, bugun bizga, Ko‘pdan-ko‘p bag‘ishlayman salom sizga. Turkman, qoraqalpoq, qozoq, o‘zbek – Hammasi bosh egadi o‘zingizga…

    Bu yo‘l til va adabiyotimiz uchun juda zararlikdir. Boshqa to‘g‘rilarda yaxshi ishlab kelayotqan “Axbor” yo‘ldoshimiz bu to‘g‘rida ham durustrak bir qadam bosmog‘i lozim. Birovning rioya-xotiri uchun tilni buzushdan boshqag‘a yaramayturg‘an buzuq she’rlarni gazetaning chiroyliq yuzlariga chiqarish to‘g‘ri emas. Moiqiy o‘rtoqning o‘zi ham shu haqiqatni tushunmagi kerak.

    She’ringiz tilni buzar, Moiqiy aka, Bir qadar hurmat kerak gazetaga. Til uchun ishlashingiz “Axbor” bilan! Samimiy salomimiz ikkingizga!..

    Cho‘lpon

    Maqola “Turkiston” gazetasining 1923-yil 11-aprel sonida “Q” imzosi bilan bosilgan, keyin “Adabiyot nadir” maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan.

    Izohlar

    1 “Buxoro axbori” — 1920-yil sentabridan 1923-yil oktabrigacha Buxoroda o‘zbek tilida chiqqan gazeta (keyin “Ozod Buxoro”, “Buxoro haqiqati”), Cho‘lpon 1921-yil iyulidan 1922-yil fevraliga qadar shu gazetaga muharrirlik qilgan.

    2 Qori Yo‘ldosh Po‘latov (1890–1965) — davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakatining qatnashchilaridan biri. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1920–1922-yillarda maorif xalq komissari. 1937–1956-yillarda qatag‘on azobini chekkan.

    17.10.2021, 23:20   Izoh (0)   18190
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Qoraqalpog‘istonga uchib kelgan flamingolar

    17.10.2021, 22:55

    Qashqadaryoda katta tezlikda ketayotgan Lacetti zovurga quladi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi

    17.10.2021, 21:22

    Qashqadaryodagi 3 ta maktabning yuqori sinf qizlari o‘zaro janjallashdi (video)

    17.10.2021, 20:21

    Rasul Kusherbayev UzAuto Motors Cobalt’ni o‘rindiq isitish modulisiz taklif qilganini tanqid qildi. Kompaniya bunga javob qaytardi

    17.10.2021, 19:20

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

    17.10.2021, 17:24

    Namanganda eshak go‘shtini sotganlar ushlangani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    17.10.2021, 15:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.