O‘zbekistonda 2021-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra 670 700 ta tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 9 oyidagi tug‘ilishlar soni 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,1 foizga oshgan. 30 yilda tug‘ilishlar soni 16,4 foizga oshgan.
O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar kuni 1708 nafar, 2020-yilning shu kuni esa 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi. 2021-yilning 1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1086 nafar chaqaloq tug‘ilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistondagi mavjud 227 ta tug‘ruq muassasasida 5300 ta akusher-ginekolog shtati mavjud bo‘lib, u yerda tajribali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ushbu yo‘nalishda mamlakatda 11,5 mingdan ziyod shifo-o‘rinlari mavjud.
Izoh (0)