• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘t arava to‘g‘risida

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    O‘t arava to‘g‘risida

    O‘t arava demakdan maqsadim avto‘mo‘bil ekanligini bilsangiz kerak. Xalqimiz “avto‘mo‘bil”ni o‘t arava deydur. Men bu maqolamda o‘t aravaning fazilatlaridan gapirmakchi emasman. Yiroq yo‘lni yaqin, qiyin ishni oson qilish uchun o‘t arava juda kerak narsa, foydalik muyum. Lekin bu maqolamda boshqa narsa to‘g‘risida gapirmakchiman.

    Hozirgi vaqtda gazetalarimizni o‘qung. Eng ko‘b yozilg‘an narsa Girmoniya masalasi. Har kun, har sonda desak mumkin: Shtrezeman, Ebert, Alber, Sekt, Karvakitlerdek jonli nomlar; Saksoniya, Turingiya, Bavariya, Rur, Rayn kabi jonsiz ismlar; bular ham hammasi xabar, darakdan iborat. Masalan: men borsam-da, Shtrezeman kim, Ebert qandoq kishi, Gilferding o‘zining sarvatga doir mashhur asarida qandoq asoslarni oldinga suradur deb katta savollarni bersam va shunga keng-kovur javob olmoqchi bo‘lsam… qayerg‘a bosh uraman? Musulmonchani, turkchani yaxshig‘ina bilsam ham o‘ruschani bilmayman, uni darrov bir-ikki oyning ichida o‘rganib olish qiyin, musulmoncha siyosat kitoblari bo‘lsa yo‘q.

    Toshkentda yo Maskovda bo‘lsam birorta qulubga borar edim. U yerlarda nima ko‘b? Qulub bilan leksiya! Men turg‘an yerda mendan boshqa ham bir necha million menga o‘xshag‘an baxti yo‘q “ahli viloyat” (provinsial) turaturg‘an joylarda qulubning mazasi yo‘q. Qulub bor yerda leksiyaning burdi yo‘q. So‘zning qisqasi: yo‘q, yo‘q, yo‘q.

    Men yo‘l usti to‘g‘ri kelganda gazetachilar bilan ham so‘zlashdim.

    “Nimaga bir masalaning asl-asosidan tuzuk-quruq ma’lumot bermaysiz? Bu kundalik xabaringiz bilan ishning tagiga yetib bo‘lmaydur”, — dedim. Gazetachilar sira hovliqmasdan shu javobni berdilar:

    — Har narsaning o‘z joyi, o‘z asbobi bor. Gazetlarimizning vazifasi — kundalik voqealar to‘g‘risida — gazetaning o‘z miqyosidan oshib ketmaslik sharti bilan — tafsilot bosib tarqatmoqdur.

    Siz aytgan chuqur taglik masalalarni quloch-quloch qilib yozmoq uchun majmua, ya’ni jurnal degan narsa bo‘ladir!

    So‘ngra jurnal qidirishga tushdim: “Bilim o‘chog‘i”1 degan bir narsa bor ekan, vafot qilibdur. “Inqilob”2 degan bittasi O‘rta Osiyo sho‘ro jumhuriyatlarining hammasiga barobar “o‘g‘ul” bo‘lub, hammasining dastmoyasi bilan dunyoga chiqmoqchi bo‘lg‘an ekan. Uni ham Buxorodan nari daraksiz ketdi deydilar.

    Har holda, bilinib qoldi. Ayniqsa, bizning Turkiston ­jumhuriyatining — markazlik bo‘lish sharafidan mahrum qolg‘an — viloyat fuqarolari munga ko‘b tashna bo‘ldilar. Bir majmuaning chiqmog‘i juda zarur, juda lozim. Shu zarurat nimaga o‘talmaydur deb ko‘b joyga murojaat qildim, javob berdilarki:

    — Pul yo‘q!

    — Pul yo‘q!

    “Bilim o‘chog‘i” bilan “Inqilob” majmualari ham shuning uchun to‘xtab qolg‘an ekanlar.

    Lokin men munga ishonib yetolmayman. Tatariston sho‘rolar jumhuriyatida bir-ikita majmua to‘xtovsiz chiqib turar ekan. Aqlim olmaydur: Tatariston sho‘rolar jumhuriyati bizning Turkiston sho‘rolar jumhuriyatidan boymi ekan? U jumhuriyatning paxtasi yo‘q edi-ku. Bizda axir paxta bor, radiy javhari bor, darmona (santonin) koni bor, toshko‘mir, qora yog‘, yana nima balolar bor. Shularning hammasi ijtimoiy asosdagi maslahatlik jumhuriyatimizning boyligi-ku!

    Yo shundoq emasmi?

    Qani, gapiring-chi!

    Farq bo‘lsa-bo‘lmasa shundadurkim, Tatariston sho‘ro jumhuriyatining oqsoqollari haligi shiddatlik ehtiyoj va zaruratni sezganlar, bilganlar. Bizning oqsoqollarimiz bo‘lsa “Прожектор”, “Красная Нива”, “Эxo”, “Oгонёк”, “Новый Восток”3 va boshqa ming xil ruscha majmualardan istaganlarini ola berib, o‘zlaridan boshqa o‘ruschaga olim bo‘lmag‘an biz viloyatlik bechoralarni unutub qo‘yg‘anlar!

    Farq yolg‘iz shunda.

    Yaqinda Toshkentda bo‘ldim. Ba’zi bir idoralarning chiroyliq, chaqqon, haybatlik o‘t aravalari yonimdan shamoldek shuvullab, o‘qdek g‘uvullab o‘tub ketdilar. Men bechora viloyatlik aql va hushimdan ajrab — tang qotib qarab qoldim.

    Yaqinda Xo‘qandga keldim. Eski shahardan kelayotub edim, bir muyulushdan ikki javobgar ishchi o‘rtoqlarim g‘alati izvoshda uchar otlarni tizg‘iratib chiqib qoldilar. Agarda darhol o‘zimni chekkaga olub, devorg‘a orqamchasig‘a yopishmasam izvoshning g‘ildiraklari tagida qolub ketar edim-da, siz ham bu kun bu maqolani o‘qushdan mahrum bo‘lub qolur edingiz…

    Bir oz surushturg‘animdan so‘ng ma’lum bo‘ldikim, o‘t aravaning o‘zi chiroyliq, chaqqan oyog‘i yengil narsa bo‘lsa ham, ashqol-dashqoli juda ko‘p, sarf-xarajati juda katta ekan. Unga ketaturg‘an benzin degan yog‘ning puli bizning qishloq mahkamalariga oshub-toshkunday bir ismeta bo‘lar emish… Ayniqsa, o‘t aravani haydayturg‘an “shuffer”i4 javobgar ishchilar oylig‘ig‘a zo‘rg‘a unar emish…

    Izvoshning xarajati ham oz emasdur. U – savlatlik, u – semiz, u – chopong‘ir otlar ozmuncha ovqat yemayturg‘andur. Kuchir ham axir noz-sitamdan xoli emasdur.

    Bitta mahkamaning o‘t aravasini sotsaq, ikkita mahkamaning ikkita izvoshini ham otlari bilan sotub yuborsaq, shularga ketaturg‘an bir yillik xarajatni ham Chirvonboyning qursi bilan hisoblab shunga yarasha mablag‘ni ajratub qo‘ysaq: shu mablag‘larning hammasini shotirag‘an chirvon qilib “Turkiston” gazetimi, “Farg‘ona”mi, “Zarafshon”mi – uchalasidan bittasining boshqarmasig‘a topshirsaq, bitta majmua chiqarub berishga unarlarmi ekan?

    Men o‘ylaymankim: jon derlar, jon derlar…

    Cho‘lpon

    “Farg‘ona” gazetasining 1923-yil 7-dekabr sonida “Mirzo Qalandar” imzosi bilan bosilgan. So‘ngra “Adabiyot nadir?” maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan.

    “Farg‘ona” gazetasi asosida nashrga tayyorlandi. Cho‘lpon “Asarlar”i 4-tomida nashr etilgan.


    Izohlar

    1 “Bilim o‘chog‘i” – Turkiston Maorif xalq komissarligining oylik ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiyaviy va adabiy jurnali. 1922-yili birinchi soni chiqqan. 1923-yili jurnalning 2–3-qo‘shma soni chiqqach, nashr etilishdan to‘xtagan.

    2 “Inqilob” – 1922-yildan chiqib, 1924-yil oktabrida to‘xtagan jurnal. Adabiy, siyosiy-ommaviy oylik jurnal bo‘lmish “Inqilob” Turkiston KP MQ organi edi.

    3 “Прожектор”, “Красная Нива”, “Эxo”, “Oгонёк”, “Новый Восток” – XX asrning 20 – 30-yillarida (ba’zilari keyin ham) nashr qilingan jurnallar.

    4 Shuffer (shopyor) – mashina haydovchi.

     

    Mavzuga doir:

    • Abdulla Qodiriy: Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?
    • Cho‘lpon: Istiqbol uchun kurash
    • Fitrat: Musulmonlar, g‘ofil qolmang!
    • Abdulla Qodiriy: Maslaku maqsaddan shammai izhor
    • Cho‘lpon: Ruhimiz o‘lmasun
    • Fitrat: Johilona taassubg‘a misol
    • Abdulla Qodiriy: Dumbasi tushib qolgan emish

    08.10.2021, 23:58   Izoh (0)   31976
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Juma namozidagi portlash, Kolizeyda qilingan tinchlik uchun ibodat, Isroil kuchlari bilan to‘qnashgan falastinlik. 8-oktabr suratlari

    08.10.2021, 23:54

    Zarafshon daryosining “Navoiyazot” yaqinidagi hududida ommaviy zaharlanish yuzaga kelib, baliqlar nobud bo‘ldi

    08.10.2021, 23:45

    Til ravnaqi

    08.10.2021, 23:29

    Toshkentda YPX xodimlari ko‘z o‘ngida sodir etilgan qo‘pol qoidabuzarliklarning ishtirokchilari oradan salkam uch oy o‘tib topildi. Ular 17 yoshli yigitlar bo‘lib

    08.10.2021, 23:29

    Foto: Yangihayot tumanida qurilgan ko‘tarma piyodalar o‘tish joylari

    08.10.2021, 23:13

    O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon qariyb 78 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangan — Energetika vazirligi

    08.10.2021, 22:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.