Italiyalik taniqli fashist diktator Benito Mussolinining nabirasi Rim shahar kengashi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda eng ko‘p ovoz to‘pladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
8,2 ming saylovchining ishonchini qozongan 47 yoshli Rakele Mussolini endi “Italiya birodarlari” o‘ng partiyasidan shahar deputati bo‘ladi. Shahar kengashi uchun 2016-yilda o‘tkazilgan so‘nggi saylovlarda ham u g‘alaba qozongandi, o‘shanda Mussolini 657 ta ovoz to‘plagan. 2021-yilda u Rimdagi eng muvaffaqiyatli va mashhur nomzodga aylandi.
“Familiya qanchalik og‘ir bo‘lmasin, inson undan muhimroqdir”, — dedi Mussolining nabirasi. U o‘zining tanilishiga 20-asrdagi eng yirik diktatorlardan biri bilan qarindoshligi sabab bo‘lmaganini aytdi.
2020-yil dekabr oyida fashistlar yetakchisining yana bir nabirasi, 49 yoshli Alessandra Mussolini siyosatdan ketgandi. U, shuningdek, o‘ng qanotli siyosatchi, Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining “Olg‘a Italiya!” partiyasi, shuningdek, milliy va Yevropa parlamentlari a’zosi edi.
Izoh (0)