Toshkent yo‘llarda iyul oyida YPX xodimlari ko‘z o‘ngida ularga qarama-qarshi harakatlanib, qo‘pol qoidabuzarlik sodir qilgan avtomobillar aks etgan videolar tarqalgandi. YHXBB xabar berishicha, ushbu qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslar oradan 3 oy o‘tib topilgan.
Qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etib, uni ijtimoiy tarmoqqa joylaganlar 6 nafar 17—18 yoshli shaxslar ekani aniqlangan. Ularning aksariyati ota-onasining avtomobilini boshqarib, yo‘llarda harakatlangan.
“Xato bizdan — ota-onalardan o‘tgan. O‘sha hodisadan keyin mashina jarima maydonchasiga olib ketildi. Hozir endi ‘pravaga’ o‘qiyapti”, — deydi qoidabuzarlardan birining onasi.
Yana bir holatda boshqa bir haydovchi YPX xodimlari turgan yo‘lda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, ushbu jarayonni videoga olib, TikTok’ka joylagan. Haydovchining ta’kidlashicha, bu harakatlarni Instagram’da ko‘rib o‘rgangan.
Shuningdek, ayni shu haydovchi boshqa kuni mashina tezligini 200 kilometr/soatdan oshirib haydagan. U radar va YPX xodimlarini chalg‘itish uchun avtomobil raqamini mato bilan berkitib olgan.
Aniqlanishicha, ushbu qoidabuzarliklarni 17 yoshli shaxs sodir etgani aniqlangan. Bu voyaga yetmagan shaxs ham boshqalari kabi ota-onasining avtomobilini haydagan.
Qoidabuzarlar Toshkent shahar IIBBga olib kelingan. Yuqoridagi holatlarda ishtirok etgan barcha avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Qoida buzgan haydovchilar va jarayonlarni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga doir:
- “Otasining orqasida yurgan bolalar”. Toshkentda Lacetti’larni orqamacha haydaganlarning xulqi ular yashaydigan mahallada muhokama qilindi
- Farg‘onada YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti’ni 14 yoshli o‘smir boshqargani aniqlandi
- Surxondaryoda YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Damas’ni 9-sinf o‘quvchisi boshqargani aniqlandi
Izoh (0)