Toshkent shahri Yangihayot tumanida ko‘tarma piyodalar o‘tish joylari qurildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chinor va Polvonyor ko‘chalari kesishmasida Yangihayot tuman hokimligi tashabbusi bilan qurilgan ushbu piyodalar o‘tish joyining afzalligi mashinalar tezligini sekinlatib, piyodalar xavfsizligi uchun imkon yaratadi.
Ma’lumot uchun, bu turdagi piyodalar o‘tish joyi O‘zbekistonda birinchisi emas. Bunda avval Olmaliq va Farg‘onada shu turdagi piyodalar o‘tish joylari qurilgan edi.
Izoh (0)