• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonda benzin narxi bozor iqtisodiyoti tamoyillari hamda jahon kotirovkalariga bog‘langan” — Energetika vazirligi

    Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1 litr Ai-91 benzini narxi 8100 so‘mga chiqqani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, Prezident va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan O‘zbekistonda avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan va ushbu mahsulotlarni neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan:

    • 2017-yil 15-noyabrdan boshlab Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali;
    • 2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 markali;
    • 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali.
    Mazkur avtobenzin narxlarini hukumat qarorlari bilan belgilash amaliyotidan voz kechilgan. Natijada sog‘lom raqobat muhiti shakllangan va iste’molchilarga maqbul narxlarda sifatli mahsulotlar yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

    Respublikada Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan tashqari birja savdolarida 10 dan ortiq sotuvchilar avtobenzin mahsulotini taklif etmoqda. Hozirda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import qilinayotgan avtobenzinlarning ichki bozorda realizatsiyasi tobora ortib bormoqda.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzinning asosiy qismi, ya’ni 78 foizidan ortig‘i Ai-80 markali avtobenzini hisoblanadi.

    “Aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish maqsadida, jahonda neftning kotirovkasi 15-20 foizga oshishiga qaramasdan ‘O‘zbekneftgaz’ AJ Ai-80 avtobenzinning narxini mahsulotni ichki bozorga katta hajmda realizatsiya (intervensiya) qilish hisobiga bir maromda ushlab turilmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Tahlilarga ko‘ra, bugungi kunda Brent markali neftning jahon birjalaridagi kotirovka narxlari oshib, 1 barreli uchun 80-81 AQSh dollarni tashkil etgan bir vaqtda, AYoQSh larda 1 litr asosiy ishlab chiqariladigan Ai-80 avtobenzini 5 800–6 100 so‘m chakana narxlarda sotilmoqda.

    Ma’lumot uchun, 1 barrel 80 AQSh dollar bo‘lganda, 1 litr yuqori oktanli (91-95) avtobenzini o‘rtacha 8 900 so‘mni tashkil qiladi.

    “Shuni alohida qayd etish lozimki, bozor tamoyillariga o‘tish yuzasidan qabul qilingan qator qarorlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda hamda respublikada avtobenzin taqchilligi muammosi hal etilishiga va ichki bozorni tayyor neft mahsulotlari bilan ta’minlashga erishilmoqda”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    Shu bilan birga, Ai-91, Ai-92, Ai-95 markali avtobenzinlarning asosiy hajmi import xomashyosidan ishlab chiqariladi yoki tayyor holda bozor konyunkturasidan kelib chiqib jahon kotirovkalariga bog‘langan holda import qilinadi. Shuning hisobiga ushbu markali avtobenzinlarning narxi bozor iqtisodiyoti tamoyillari hamda jahon kotirovkalariga bog‘langan holda erkin shakllantiriladi.

    Skrinshot: Energetika vazirligi

    Skrinshot: Energetika vazirligi

    Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, O‘zbekistonda benzin narxi oshishda davom etadi. “Chunki bunga sabablar juda ko‘p. Gap faqat neft narxining oshib borayotganidagina emas”, — deydi u va buning sabablarini keltirib o‘tgan.

    Birinchi sabab — importga, demakki kurs o‘zgarishlariga ham bog‘liq. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2021-yilning 8 oyi davomida 281,6 million litr benzin import qilingan. Mamlakatda esa 729,4 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan, litrga o‘tkazilgan bu 984,7 million litr atrofida bo‘ladi. Boshqacha aytganda, iste’moldagi benzinning 22 foizdan ziyodi import. Yuqori oktanli benzin (92 va undan yuqori) importi ulushi bundan ham yuqori. Ayni vaqtda O‘zbekistondagi benzinning ham asosiy qismi import neft hisobiga ishlab chiqariladi (8 oyda 612,8 million dollarlik neft mahsulotlari import qilingan, tarkibi ochiqlanmagan).

    Ikkinchi va eng asosiy sabab — raqobat muhitining yo‘qligi. Benzinning eng asosiy importchisi ham, yagona ishlab chiqaruvchisi ham, ulgurji va chakana sotuvchisi ham monopolist “O‘zbekneftegaz” hisoblanadi. Ya’ni barcha zanjirlarda kompaniyaning monopol mavqei saqlanib qolgan. Ochiq benzin bozori va “O‘zbekneftegaz”dan bo‘lak boshqa jiddiy mustaqil o‘yinchi haligacha paydo bo‘lgani yo‘q. Shuning uchun jahon bozorida neft narxi oshsa, “O‘zbekneftegaz” bundan ortiq darajada narx oshirish bilan javob beradi, agar neft narxi tushsa, yo narx kamroq pasayadi yoki umuman pasaymaydi.

    Uchinchi sabab — bu soliqchilik. Benzin iste’molchilarga yetib borguncha turli ko‘rinishlarda eng ko‘p soliq qo‘shiladigan tovar. Chunki qoida tariqasida benzin narxi elastikligi uncha yuqori emas. Benzin narxi oshishi proporsional tarzda iste’molni kamaytirmaydi.

    Telegram’dagi “Kurbanoff.net” kanali muallifi esa modomiki benzin narxi oshishi neft narxi oshishi bilan bog‘liq ekan, unda neft narxi tushishini kutishdan boshqa umid yo‘qligiga ishora qilgan.

    Avvalroq O‘zbekistonda benzin import qilish 3,2 barobarga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatga 2021-yilning yanvar—avgust oylarida qiymati 100 millon dollarga teng bo‘lgan 281,6 million litr avtomobil benzini import qilingan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda birinchi marta Ai-98 markali benzin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
    • O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi

    06.10.2021, 12:47   Izoh (0)   21499
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qiziqchi Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi “Barkamol avlod” bolalar maktabiga direktor etib tayinlandi

    06.10.2021, 12:09

    Shahrisabzdagi maktab o‘quvchilariga jismoniy tarbiya darsi poli chirib ketgan sportzalda o‘tildi

    06.10.2021, 11:28

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 7-oktabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    06.10.2021, 10:59

    O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvni imzoladi

    06.10.2021, 10:33

    Namanganda Damas piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

    06.10.2021, 08:39

    Sirdaryoda haydovchisi uxlab qolgan Matiz temir to‘siqqa urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi

    06.10.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.