Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda jahonga mashhur rejissor Lyuk Besson O‘zbekistonda yoshlarning kino iste’dodini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi bo‘yicha fikr bildirdi.
“O‘zbekiston yoshlari juda omadli, chunki ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh kinoijodkorlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda”, — dedi Lyuk Besson.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilayotgan “Kino 5 kunda” yoshlar dasturi ishtirokchilariga sovg‘a va diplomlar shaxsan afsonaviy Lyuk Besson tomonidan topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Kino 5 kunda” tanlov dasturi qisqa metrajli formatda suratga olingan milliy filmlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirdir. Tanlov ishtirokchilariga qisqa muddat berilgan, shu vaqt ichida ular O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida o‘zbek urf -odatlari, madaniyati va tarixi bilan bog‘liq filmlarni suratga olishlari kerak.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmati
Izoh (0)