• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Istiqbol uchun kurash

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Istiqbol uchun kurash

    Toshkent 1924-yil. Eski shahardagi bozor. 8-mart bayrami nishonlanayotgan kun.

    Toshkent 1924-yil. Eski shahardagi bozor. 8-mart bayrami nishonlanayotgan kun.
    Foto: Georgiy Zelma

    Bizning keng va ulug‘ tariximiz shu qadar oz va kam tekshirilgan, kovlangankim, shu kunda bo‘lub turg‘an juda ko‘p voqea­larning o‘xshashini o‘tkan zamonlardan kechkan hayotimizdan top­moqchi bo‘lsak, shoshib qolasan.

    Bir voqeaning o‘tkan zamonda o‘xshashi bo‘lub-bo‘lmaslig‘i ul voqeaning ahamiyatini o‘lchashda ko‘b katta vazifa yuklar.“Qizil bayroq”ning so‘ng sonlaridan birida Ovrupog‘a o‘qumoq maqsadida bir o‘zbek qizining ketmakka hozirlanganlig‘i yozilg‘andir.

    O‘zbek qizi hanuz yangi usul maktablarga hali yolchib kira olg‘ani yo‘q. Hatto o‘zbekning o‘zida pardasi, xohishi-da kishani bo‘lmag‘an erkak bolalari ham yuqori maktablarining muhtasham sahnalarida ko‘plashib yura olg‘ani yo‘q. Hali o‘zbek qizi ota-onaning tilsiz qo‘g‘urchog‘i bo‘lishdan qutula olg‘ani yo‘q.

    Biz so‘ng vaqtlarda o‘zbek yoshlarining uzoq ellarga, yot yurtlarga ketib bilim ortdirmoq uchun juda qizib borg‘anliqlarini ko‘rub sevinmakdamiz. Har biri o‘z boshicha tirishmasdan bosh­larini bir borag‘a to‘plab, “ko‘mak”lashish yo‘li bilan ishlab turg‘anliklarini bilib turamiz.

    Lokin bu hol o‘tkandagi voqealarning takror etilmagidan iboratdir. Yiroq zamonlardan boshlab to yaqin kunlarga qadar o‘zbek yigitlari (mullabachchalar) Buxorog‘a, Hindis­tong‘a, Misr, Arabistonlarg‘a qadar borib o‘qug‘anlar edi. Buxoro mad­rasalari o‘zbek – turkistonlik yosh mullabachchalar bilan to‘lar edi. Turkistonning Sirdaryosi va Farg‘onasi uchun ul vaqtlarda Buxoro ham hozirg‘i Yaponiya va Amriqo qadar uzoq edi.

    Hozir Amriqo bilan Yaponiyag‘a qadar yotib, o‘lturub eson-omon ketmak mumkin. Ilgari vaqtlarda Samarqand bilan Buxoro orasi ham hozirg‘i davri olam qilishdan og‘ir edi. Shunday bo‘lsa-da, Buxoro, Turkiston mullabachchalarini sonlari juda ko‘b bo‘lg‘an madrasalariga sig‘dira olmasdan, masjidlarigacha tarqatmoqqa majbur bo‘lur edi. Arabistonning do‘zax havosida bedovlari kabi yolg‘iz hurmayib yotqan o‘zbek Turkiston yigitlari xiyla ko‘b yo‘liqar edi.

    Kechirgan kunlarimizdagi ul harakatlarimizning natijasi to‘g‘risida gapirmak istamayman. Tarixdagi bir voqea va shu kunda qaytadan takror etilmakda bo‘lg‘an bir voqea bo‘lg‘anlig‘i uchun eska olibg‘ina o‘tmakchi bo‘laman.

    Bu harakat hozir takror etilmakdadir. Kechikib, keyin qo­lib bo‘lsa-da kuchlik suratda boshlanib kelmakdadir. Bu harakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralasha olmag‘anlarning vazifasi vosita bilan bo‘lsa-da ko‘mak bermoqdir.

    Bu hol bizning kelgusimiz uchun katta umidlar berganligini unutmaylik.

    Chor hukumati vaqtida Ichki Rusiya musulmonlarini cho‘qintirmoq ishida Rustami zol (Rustam zol) bo‘lg‘an, bizning ma’lum Ostroumo‘f1 to‘ramizning ustodi sanalg‘an mashhur Ilmins­kiy2 cho‘qintirish siyosatining biri bo‘lg‘an mashhur Pobedonosufga3 yozg‘an xatida yerlik xalq orasidan bizning uchun foydalik va hech bo‘lmag‘anda zararsiz kishilar o‘ruscha tilni tutulib, uyalib gapiraturg‘an, o‘ruscha yozg‘anda birmuncha xato bilan yozaturg‘an, bizning gubernato‘rimizdan emas, hatto ustol boshlig‘i (mirzo)mizdan ham qo‘rqaturg‘an kishilardir degan edi.

    Munga qarshi biz rus tili bilan emas, hatto Ovrupo madaniy millatlarining tili va bilimi bilan javob bersak odam qatori yashamoqqa albatta haq qozonadirmiz.

    Endi bu ezgu harakatga tariximizda ko‘ra olmag‘animiz – bu narsa qo‘shulsa, ya’ni o‘zbekning erkin yigitlari emas, tutqun qizlari ham Ilminskiy vasiyatiga qarshi isyon boshlasa, o‘zi uchun eng oliy bo‘lg‘an elidan, ota-onasidan kechib necha ming chaqirim yerga ketsalar, odam qatori yashash haqqini turtki yemasdan, urulmasdan, so‘kilmasdan ko‘b ko‘rush huquqini ortig‘i bilan qozona olamiz.

    Eski turmush o‘lim to‘shagida. Yigitlarimizning chin bilimga qarab bu intilishlari eski turmushni bir oz avval yerga ko‘mgusidir.O‘zbek xotun-qizlari huquq va erk uchun kurash boshlamoqda. O‘zbek qizining G‘arbga, G‘arbning chin bilish, chin madaniyatiga qarab yurushi uning haq-huquqini butun elning haq-huquqi bilan birga tez va tez fursatda qo‘lg‘a keltirgusidir.

    Ushbu maqola “Qizil bayroq” gazetasining 1922-yil 2-sentabr sonida Abulhamid Sulaymon imzosi bilan nashr qilingan. Birinchi marta Cho‘lpon “Asarlar”i 4-jildida qayta chop etilgan. Maqolada o‘qish uchun Yevropaga otlangan o‘zbek yigit-qizlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.


    Izohlar

     

    1 Ostroumov Nikolay Petrovich (1846–1930) — Turkistonda faoliyat ko‘rsatgan rus missioneri, sharqshunos, etnograf. Qozon diniy akademiya­sida o‘qigan (1866–1870). 1877-yildan Toshkentda yashagan. “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri (1883–1917).

    2 Ilminskiy Nikolay Ivanovich (1822–1891) — rus missioneri, sharqshunos, pedagog, bibliyashunos, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi.

    3 Pobedonossev Konstantin Petrovich (1827–1907) — rus missioneri, davlat arbobi, huquqshunos, yozuvchi, cherkov tarixchisi.

     

    02.10.2021, 20:25   Izoh (0)   46326
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Elimiz dard-u quvonchi — tilimiz

    02.10.2021, 19:51

    “Xudo bizni shunday yaratgan. Taqdirimizdagilarni boricha qabul qilishga kuchimiz yetadi”. Eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan, o‘z biznesiga ega er-xotin —...

    02.10.2021, 18:21

    UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarish hajmini oshirdi

    02.10.2021, 18:16

    Toshkentdagi do‘konlarda o‘g‘rilik sodir etish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi. Jinoyatlarga voyaga yetmagan qiz ham jalb etilgan

    02.10.2021, 17:15

    Qarshida uch egizak dunyoga keldi. Ularga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi

    02.10.2021, 16:14

    Jerar Depardye: O‘zbekistonning milliy kinematografiyani rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari tahsinga loyiq

    02.10.2021, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.