Mazali shirinlik bilan dasturxoningizni bezang.
Kerakli mahsulotlar:
- sariyog‘ — 50 g;
- shakar — 55 g;
- olma — 2 dona;
- maydalangan dolchin — 1 choy qoshiq;
- tuxum — 1 dona;
- suv — 2 osh qoshiq;
- oshirilmagan xamir — 250 g;
- shakar kukuni.
- Keks pishirishga mo‘ljallangan qolipga sariyog‘ surtib, ikki qoshiq shakar soling.
- Olmani yupqa bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
- Tarelkaga solib 30-45 daqiqa mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
- Olma solingan tarelka ustini qandolat plyonkasi bilan yoping.
- 50 gramm shakarga maydalangan dolchin qo‘shing.
- Sariyog‘ni eriting.
- Tuxumni sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring.
- Qat-qat xamirni 7-10 santimetr tasma shaklida kesib chiqing.
- Xamirning bittasini gorizontal qo‘yib, sariyog‘ surting, shakarli dolchin seping.
- Xamirni pichoq bilan tilib chiqing va ichiga yarim dumaloq shaklidagi olmalarni qo‘yib. Tasmani rulet shaklida o‘rang
- Ustidan tuxum surting, shakar va dolchin seping.
- Shu tariqa davom eting.
- 200 daraja qizigan pechga 30-45 daqiqaga qo‘ying.
- Ustini shakar kukuni bilan bezang.
Izoh (0)