• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida g‘oyib bo‘lgan samolyot bo‘laklari qo‘riqxonadan topildi. Ekipaj a’zolarining hammasi halok bo‘lgan

    Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida 22-sentabr kuni g‘oyib bo‘lgan An-26 samolyotining bo‘laklari Korfovskiy qishlog‘i yaqinidagi tog‘ etagida joylashgan Bolshexexsirskiy qo‘riqxonasidan topildi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “2021-yil 23-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 12:00 da Bolshexexsirskiy davlat qo‘riqxonasi tizmasining tepasida qidiruv ishlari olib borilayotgan vaqtda, halokatga uchragani taxmin qilinayotgan An-26 samolyotining bo‘laklari topildi”,— deyiladi Rossiya Tergov qo‘mitasi veb-saytida.

    Halokat joyi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyoti yordamida olib borilayotgan qidiruvda aniqlangan. Samolyot noqulay joyga qulab tushgani sababli qutqaruvchilar u yerga qiyinchilik bilan yetib borgan.

    Halokat joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar ekipaj a’zolarining birortasini tirik holda topmadi — ularning hammasi halok bo‘lgan. Ushbu ma’lumotni qidiruv operatsiyasi joyida bo‘lgan “Interfaks” manbasi tasdiqladi.

    “Moskva vaqti bilan 10:55 da birinchi qidiruv guruhi An-26 halokatga uchragan joyga yetib bordi. Ekipajning barcha a’zolari halok bo‘lgan, ularning jasadi topildi”, — deya xabar qildi “RIA Novosti” suhbatdoshi.

    An-26 samolyoti 22-sentabr kuni kechqurun radarlardan g‘oyib bo‘ldi va Xabarovskdan 40 kilometr uzoqlikda u bilan aloqa uzildi. “Parvoz tekshiruvlari va tizimlari” kompaniyasiga tegishli samolyot Xabarovsk o‘lkasida aloqa vositalari va radiolokatsiya uskunalarini tekshirish bilan shug‘ullanayotgan edi. Samolyot bortida olti kishi bo‘lgan.

    Halokatning dastlabki sabablari yomon ob-havo sharoiti yoki uchuvchilarning xatosi deb baholanmoqda. Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi.

    12-sentabr kuni Rossiyaning Irkutsk viloyatida samolyot qulab tushib, 4 kishi halok bo‘lgandi. Undan bir oy avval, 12-avgust kuni esa Kamchatka o‘lkasida sayyohlarni olib ketayotgan Mi-8 vertolyoti ko‘lga qulab tushgan. Mi-8 bortida 16 kishi bo‘lgan, ulardan 8 nafari bedarak yo‘qolgan.

    Shuningdek, 6-iyul kuni Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan Palana posyolkasiga yo‘lovchi parvozini amalga oshirayotgan An-26 samolyoti dengizga qulagan edi. Samolyot bortida 28 kishi bo‘lgan. Halokatdan so‘ng Rossiyada uch kunlik motam e’lon qilingandi. Dastlab qutqaruvchilar samolyot qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan olti kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘lgan, ular suvdan chiqarib olingan. 9-iyul kuni An-26 samolyotidagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining jasadi topilgan.

    23.09.2021, 15:08   Izoh (0)   24110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2018-yilda Uxanda olimlar ko‘rshapalaklarga ataylab koronavirus yuqtirmoqchi bo‘lgan — Telegraph

    23.09.2021, 13:59

    Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar o‘z lavozimini vaqtincha tark etdi

    23.09.2021, 13:13

    Zelenskiy yordamchisiga suiqasd uyushtirilganidan xabar topgach, Nyu-Yorkdagi safarini yakunlab, ortga qaytishga qaror qildi

    22.09.2021, 22:43

    Jurnalistlar Bayden Putinni “qotil” deb ataganidan keyin ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatni e’lon qildi

    22.09.2021, 21:42

    Tramp jiyani va The New York Times gazetasini sudga berdi

    22.09.2021, 21:11

    Erdo‘g‘on BMTda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini bildirdi

    22.09.2021, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada Qozog‘istonning ikki fuqarosi o‘limga hukm qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyun, 10:35

    Qimirlamay o‘tirish va og‘riqqa chidash: oyoqlar salomatligiga putur yetkazadigan zararli odatlar

    Salomatlik | 26 iyun, 10:26

    Eldor Shomurodov A Seriyada qoladi — manba

    Sport | 26 iyun, 10:25

    Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimi ilmiy darajalaridan mahrum bo‘ladi

    Dunyo | 26 iyun, 10:09

    Qo‘rqinchli tushlar erta o‘lim xavfini oshiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 26 iyun, 09:59

    Isroilning G‘azoga hujumida 80 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 09:53

    Yuz terisining qarishiga olib keladigan tonggi odatlar

    Go‘zallik | 26 iyun, 09:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.