Baydenni eshitishni xohlamagan isroilliklar, hashamatli yaxtalar ko‘rgazmasi, qizlar maktabiga qilingan hujum. 22-sentabr suratlari
Dunyo bo‘ylab 22-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.
Qohira yaqinidagi sholi maydonida turgan sariq quyruqlar.Foto: Reuters
Vatikanda Rim Papasi Fransiskni quchoqlab olgan qizcha.Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida Isroil va falastinliklar haqida gapirayotgan vaqtda bo‘sh turgan Isroil delegatsiyasi uchun ajratilgan o‘rindiqlar.Foto: Reuters
Indoneziyada yovvoyi tabiat qo‘riqchilari qishloq yaqinida ushlangan, uzunligi 9 metr bo‘lgan piton bilan suratga tushdi. Keyinchalik ilon qo‘shni Palavan o‘rmoniga qo‘yib yuborildi.Foto: AFP
Kaliningradda Noyob qahrabo toshlari kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tdi. Auksionga dastlabki qiymati 10 million rubl bo‘lgan 54 ta noyob qahrabo namunalari qo‘yilgan.Foto: “TASS”
Idlibdagi lagerda chodirlarda yashovchi bolalar 75 metrlik qog‘ozga chizilgan urush va uyga qaytish umidi aks etgan rasmlarni namoyish etdi.Foto: Getty Images
Kaliforniya Sekvoyya milliy o‘rmonida yonib ketgan sekvoyya daraxtiga suv sepayotgan o‘t o‘chiruvchilar.Foto: Reuters
Pokistonda hudkushlar qizlar maktabini portlatmoqchi bo‘ldi.Foto: EPA
Iqlim o‘zgarishi tufayli qurg‘oqchilik ta’sirida qurigan Turkiyadagi Devegechidi to‘g‘on ko‘lining yuqoridan ko‘rinishi.Foto: Getty Images
Hindistonning Assam shtatining Guvaxati shahrida noqonuniy ravishda olingan karkidon shoxlari yoqib yuboriladi.Foto: “TASS”
Extinction Rebellion ekofaollari yana bir bor hammani global isish oqibatlari haqida ogohlantirishga qaror qildi. Ular Vashingtondagi Tidal havzasiga suv bosgan binoga o‘xshagan installyatsiyani joyladi. Keyinroq aksiya tashkilotchilari politsiya tomonidan ushlandi.Foto: EPA
Izoh (0)