Boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Menni Pakyao Filippinning o‘ng partiyasi “FDP — Laban” (Filippin demokratik partiyasi — xalq kuchi) tomonidan 2022-yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatildi.
42 yoshli Pakyao 2016-yildan buyon senatorlik lavozimida faoliyat yuritib keladi.
Avvalroq, bokschining sobiq promouteri Bob Arum Pakyao 2022-yilgi prezidentlik saylovida qatnashmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. 2016-yildan beri Rodrigo Duterte Filippin prezidenti hisoblanadi.
Filippinda 2022-yilning 9-mayida prezident va vitse-prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra Duterte prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi. 8-sentabr kuni Rodrigo Duterte vitse-prezidentlik uchun nomzodini qo‘ymoqchi ekanligini aytib o‘tdi.
Menni oxirgi jangini 22-avgust kuni kubalik Yordenis Ugasga qarshi o‘tkazdi va hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.
Pakyao professional ringda 70 ta jang o‘tkazib, 62 marta g‘alaba qozongan (39 nokaut), 8 marta mag‘lubiyatga uchragan va ikki bor durang qayd etgan.
Izoh (0)