Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 18—19-sentabr kunlari Sky Camp marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan Chorvoqqa olib boruvchi yo‘lning bir qismi transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
YHXBB xabariga ko‘ra, shu kunlarda soat 07:00 dan 11:00 ga qadar tuman hududidan o‘tgan 4R10 Chorvoq suv ombori halqa avtomobil yo‘lining 0-kilometridan 13-kilometrigacha bo‘lgan masofada harakatlanish cheklanadi.
Mazkur vaqtda haydovchilarga 4R6 Toshkent—Chirchiq—Chimyon avtomobil yo‘lining 54-kilometridan 96-kilometrigacha bo‘lgan yo‘l orqali, ya’ni Chimyon qishlog‘i orqali aylanib o‘tish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, velosport-shosse bo‘yicha o‘tkaziladigan Federatsiya kubogi musobaqasi munosabati bilan Chimyon hamda Chorvoqqa olib boruvchi ayrim yo‘llar 23, 24 va 25-iyun kunlari vaqtincha yopilgandi.
Izoh (0)