“Smoking”, “Garfild” singari filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan amerikalik aktrisa Jennifer Lav Xyuitt uchinchi marta onalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Ushbu xushxabarni Jenniferning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Aktrisa shifoxonadagi surati bilan bo‘lishgan. Uning aytishicha, aktrisani tug‘ruqxonaga bolalari kuzatgan. “Aydan Jeymsni qabul qilish men uchun katta sharaf. Endi esa dam olish vaqti”, — deb yozib qoldirgan Jennifer.
https://www.instagram.com/p/CH0TRpuApJ_/
Ma’lumot uchun, Jennifer Lav Xyuitt amerikalik aktyor Brayan Hellisga turmushga chiqqan. Juftlikning ikki nafar: 7 yashar Otem Jeyms hamda 6 yoshli Attikus Jeyms ismli farzandlari bor.
Izoh (0)