Ushbu quvonchli voqea haqida 32 yoshli aktrisa o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Men hech qachon sendan boshqaniki bo‘lishni xohlamaganman, endi esa rafiqangman. 2021-yil 4-sentabrda biz rasman va abadiy bir-birimizniki bo‘ldik. Senga bo‘lgan muhabbatim cheksiz”, — deb yozadi u.
“Ertak sifatida boshlangan munosabat endi mening abadiy haqiqatim. Dam olish kunlari qanday o‘tganini hech qachon ta’riflay olmasam kerak, lekin bu yangi hayot boshlash uchun juda yaxshi joy”, – deya qo‘shimcha qildi Kollinz.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning kuzida 38 yoshli rejissor Charli MakDauell Lilining qo‘lini so‘ragan edi. Juftlik 2019-yilda tanishgan.
Izoh (0)