• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gvineyada isyonchilar butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qildi

    G‘arbiy Afrikada joylashgan Gvineya Respublikasida 5-sentabr kuni davlat to‘ntarishi uyushtirgan harbiy isyonchilar endilikda butun mamlakat bo‘ylab 20:00 dan keyin komendantlik soati joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqda France Press agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, isyonchilar ushbu chora “keyingi bildirishnomaga qadar” amalda bo‘lishini aytgan. Shuningdek, ular hududlardagi gubernatorlar va rahbarlar o‘z o‘rnini harbiylarga bo‘shatib berishini ma’lum qilgan.

    5-sentabr kuni kechqurun Gvineya milliy televideniyesida e’lon qilingan ikkinchi bayonotga ko‘ra, isyonchi harbiylar vazirlar va muassasalar rahbarlarini 6-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 16:00) poytaxt Konakrida bo‘ladigan yig‘ilishga chaqirgan.

    Shuningdek, ushbu bayonotda Gvineya harbiylari tomonidan tuzilgan Birlashish va taraqqiyot milliy qo‘mitasi tinch aholi va ularning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishga va’da berdi.

    “Fuqarolarning xavfsizligi, shuningdek, ularning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘riladi”, — deyiladi hujjatda. Qo‘mita rahbari, polkovnik Mamadi Dumbuya “yo‘l nazoratchilari va politsiya xodimlariga qoidalarga amal qilishni ta’minlashni” buyurdi.

    “Biz milliy va xalqaro hamjamiyatni ishontirib aytamizki, sobiq prezidentning (Alfa Konde) jismoniy va ruhiy salomatligiga ta’sir o‘tkazilmaydi. Biz uning tibbiy xizmatlardan foydalanishini va shifokorlari bilan aloqada bo‘lishini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rdik ”, — deya ta’kidlanadi qo‘mita bayonotida.

    Gvineyada 5-sentabr, yakshanba kuni ertalab prezident Alfa Konde qarorgohi yaqinida otishma yuz berdi.

    Jeune Afrique ma’lumotlariga ko‘ra, polkovnik Mamadi Dumbuya rahbarligidagi GPS maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilari o‘t ochgan. Reuters’ga xabar bergan guvohlar so‘zlariga ko‘ra, harbiylar mamlakat poytaxti Konakri ko‘chalarida patrullik qilmoqda. Shuningdek, agentlik manbasi ma’lum qilishicha, prezident qarorgohi va bir nechta vazirliklar binolari joylashgan tumanga olib boradigan yagona ko‘prik harbiylar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.

    Prezident Alfa Konde jabr ko‘rmagan, deya agentlikka yuqori mansabli amaldor ma’lum qilgan, ammo boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan. Keyinroq prezident Alfa Konde davlat to‘ntarishi uyushtirgan bir guruh harbiylar tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar berildi.

    Qo‘zg‘olonchilar yetakchisi polkovnik Mamadi Dumbuya mamlakatda konstitutsiya amal qilishdan to‘xtaganini va chegaralar yopilganini e’lon qildi.

    Mavzuga doir:

    • Malida harbiylar vaqtinchalik prezident va bosh vazirni hibsga oldi
    • OAV: Malida harbiy to‘ntarishdan keyin komendantlik soati o‘rnatilib, tashqi chegaralar yopildi

    06.09.2021, 12:27   Izoh (0)   11387
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Panjsher viloyatini bo‘ysundirganini ma’lum qildi

    06.09.2021, 11:10

    “Tolibon” Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirdi

    06.09.2021, 10:41

    “Tolibon” Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilish muddatini yana kechiktirdi

    05.09.2021, 22:36

    Gvineyada harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirib, prezidentni qo‘lga oldi

    05.09.2021, 19:19

    Global isish tufayli qadimiy viruslar “uyg‘onishi” mumkin — Nobel mukofoti sovrindori

    05.09.2021, 18:39

    AQSh generali “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olishi sababini ma’lum qildi

    05.09.2021, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.