• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Terrorchilikda ayblanib, 84 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan 8 karra Paralimpiya chempioni Sebastyan Rodriges haqida

    Ispaniyalik Sebastyan Rodriges Velozu terrorchilik va qotillikda ayblanib, 84 yilga ozodlikdan mahrum qilinganida 28 yoshda edi. Hozir u 64 yoshda va 2021-yilning 26-avgustida Tokio—2020 Paralimpiadasida 4x50 metrga suzish bo‘yicha musobaqada qatnashdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Men xatolar ham maqsadga olib kelishi mumkinligi va boshqalarga xato qilmaslikka yordam berishning misoliman. O‘zimni namunali qilib ko‘rsatishga da’vo qilmayman, ammo o‘tmishdan saboq chiqaraman, bugungi kun bilan yashayman va kelajak uchun mehnat qilaman”, – deydi Rodriges.

    Sebastyan Rodriges o‘tmishi haqida gapirishni xush ko‘rmaydi. U Ispaniyaning janubi-g‘arbidagi Kadis shahrida tug‘ilgan. 1980-yillarda Ispaniyaning antifashistik so‘l-radikal inqilobiy tashkilotining a’zosi bo‘lgan. Tashkilot 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘n yildan ziyod vaqt mobaynida guruh a’zolari Ispaniyada otishmalar, portlashlar va boshqa turdagi hujumlarni uyushtirib kelgan. Ushbu hujumlar natijasida kamida 80 kishi halok bo‘lani aytiladi. Yevropa Ittifoqi ushbu tashkilotni terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.

    Sebastyan Rodriges portlashlar seriyasini uyushtirishda, shuningdek, 1984-yilda kitob do‘konida sodir bo‘lgan sevilyalik biznesmen Rafael Paduranining o‘ldirilishida ishtirok etgan. Faqatgina oradan bir yil o‘tib, 1985-yilda politsiya uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ladi.

    1990-yilda Rodriges qamoqdaligida terroristik tashkilotdagi sheriklarining ham jazoni u bilan bir xil, axloq tuzatish muassasasida o‘tashini talab qilib, ochlik e’lon qiladi. Ochlik 432 kun davom etadi. Natijada unda paraplegiya (ba’zida harakatlanishning yo‘qolishiga olib keladigan nevrologik kasallik) rivojlanib, yurish qobiliyatini yo‘qotadi va nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur bo‘ladi.

    To‘rt yil o‘tib, 1994-yilda u Ispaniya qonunlarida og‘ir kasallikka chalingan mahbuslarni shartli ravishda ozod qilish nazarda tutilgani uchun qamoqdan chiqariladi. Ozodlikka chiqqach, Rodriges nogironlar aravachasida basketbol o‘ynashga va suzish sport turiga qiziqib qoladi. Rodrigesning aytishicha, u suzishni bolaligida, uch yoshida o‘rgangan. Sebastyan 2000-yilda Sidneydagi Paralimpiya o‘yinlarida suzuvchi sifatida ishtirok etib, birdaniga to‘rtta paralimpiya rekordini o‘rnatadi va naq beshta oltin medalni qo‘lga kiritadi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Rodrigesning Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi ham ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi, chunki u Ispaniya rasmiylariga avtohalokat natijasida imkoniyatim cheklangan deb yolg‘on gapirgandi. Shundan so‘ng uni hatto medallardan mahrum qilish taklif qilinadi, lekin Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi boshqacha qaror qabul qiladi. “Ispaniya hukumati unga pasport berdi, chunki ular uning jinoyat sodir etganidan va qamoqda vaqt o‘tkazganidan xavotir olmagan. Avstraliya hukumati esa unga viza berdi. Ularning ham undan xavotir olmagani shubhasiz”, – deya izoh bergandi o‘sha paytda qo‘mita vakili.

    “Barcha menga istaganicha hukm chiqarishi mumkin. O‘tmish ortda qoldi va uni o‘chirib bo‘lmaydi”, – degan Sebastyan Afina Paralimpiadasida. O‘shanda u yana uchta oltin medalni qo‘lga kiritadi va Ispaniyaning ilk sakkiz karra Paralimpiya chempioni bo‘ladi. 2015-yilda esa Ispaniya hukumati uni rasman afv etadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sebastyan Rodriges uchun Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlari unchalik muvaffaqiyatli o‘tmadi. 200 metrga suzishning final bahslarida u sakkizinchi bo‘ldi, 4×50 metrga aralash estafetasida esa beshinchi. Ammo Rodriges bundan tushkunlikka tushgani yo‘q, Tokiodagi o‘yinlarga kelish uning orzusi bo‘lgan. “Yosh – muammo emas. Xuddi eng yaxshi paytlarimdagidek suzyapman. Ammo yangi avlod (sportchilar) mendan kuchliroq va ular yaxshiroq tayyorlanmoqda, shuning uchun ular tezroq suzyapti”, – degandi Rodriges bundan bir necha yil oldin.

    05.09.2021, 16:16   Izoh (0)   31395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JCh—2022 yo‘lida. Fransiya safarda Ukrainani yengolmadi, Niderlandiya va Turkiya yirik hisobda g‘alaba qozondi

    05.09.2021, 02:08

    Tokioda ishtirokini yakunlagan o‘zbekistonlik paralimpiyachilar, Manchesterga yetib kelgan Ronaldu, mundialda qatnashadigan futzalchilar. Eng so‘nggi sport yangili...

    04.09.2021, 22:35

    Sun’iy intellektning insoniyat ustidan qozongan ilk g‘alabasi. Grossmeyster Garri Kasparovning superkompyuterga qarshi jangi haqida

    04.09.2021, 19:41

    Eldor Shomurodov Katanes qo‘l ostidagi dastlabki mashg‘ulot, “Roma”ga o‘tishi va Abraham bilan raqobat haqida

    04.09.2021, 18:02

    Guljanoy Naimova Tokio—2020 Paralimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi

    04.09.2021, 17:34

    O‘zbekiston MDH o‘yinlarining ilk kunida 4 ta medal qo‘lga kiritdi

    04.09.2021, 11:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.