• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Istalgan odam diktator bo‘la oladi, demoqchi Netflix’ning yangi seriali. Aslida esa hammasi ular aytganichalik sodda emas

    Netflix’da “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?” (“How to Become a Tyrant”) nomli hujjatli serial chiqdi. Ushbu chiroyli shou mualliflari hokimiyat tepasiga kelish va uni qo‘lda saqlab turish uslublari haqida tomoshabinga go‘yoki bu qandaydir “shaxsiy samaradorlik” to‘g‘risidagi qo‘llanmada yozilganidek hikoya qiladi. Ssenariy mualliflari serialni ko‘rib bo‘lgan tomoshabin dahshatga tushishiga va oxir-oqibat zulm tomon ko‘rsatilgan oddiy ishoradan ham nafratlanadigan darajaga yetishiga umid qilgandek. Ammo serialni tomosha qilgan Meduza nashri muharriri Maksim Trudolyubov ushbu kinoasar rossiyalik (katta ehtimol bilan, MDHning boshqa mamlakatlaridagi — shu izoh “Daryo”niki) tomoshabinni dahshatga solishi ehtimoli kam, degan xulosaga keldi. Bunga sabab, uning fikricha, “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?”ning mualliflari haqiqiy diktatura nima ekanini rossiyaliklardan ko‘ra yaxshiroq bilmaydi.

    Foto: Netflix

    Foto: Netflix

    Diktatorlar G‘arb adabiyoti, san’ati va kinosida xuddiki mutlaq “zulm”ning elchilari sifatida muntazam namoyon bo‘ladi. Ular diktatordan dahshatga tushadi, uni ag‘daradi, uning ustidan kuladi. Biroq “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?” hujjatli serialidagi kabi o‘tkir publitsistik pafosni, har holda, har doim ham ko‘ravermaysan. Tuzilishi jihatidan bu serial tez-tez almashadigan arxiv kadrlari, animatsiya va ekspertlarning qisqa intervyularidan iborat jo‘shqin “rolik”lar to‘plami. Har bir qismi bitta diktator va bitta mavzuga bag‘ishlangan: “Hokimiyatni egallang” (Gitler), “Raqiblarni yo‘q qiling” (Saddam Husayn), “Qo‘rquv yordamida hukmronlik qiling” (Idi Amin), “Haqiqatni nazorat qiling” (Stalin), “Yangi jamiyat yarating” (Muammar Kaddafi), “Umrbod hukmronlik qiling” (Shimoliy Koreyadagi Kimlar sulolasi).

    Odamlar qanday qilib diktatorga aylanadi? Netflix talqini

    Film shunday tayyorlanganki, go‘yo tomoshabinga diktatorlik hokimiyatining butun sir-asrorini o‘rgatadigandek. Xuddiki mamlakatlar va xalqlarni o‘z izmiga bo‘ysundirgan barcha zolimlar foydalanadigan bir “qo‘llanma” yo “yo‘riqnoma” bor, boshlovchi esa (kadr ortidagi ovoz “Taxtlar o‘yini” seriali orqali tanilgan aktyor Piter Dinkleyjga tegishli) doimiy ravishda shu “qo‘llanma”ga tayanib tomoshabinga murojaat qiladi. Istalgan odam diktator bo‘lishi mumkin — buning uchun mana shu ko‘hna va qalin kitobda yozilgan qoidalarga rioya qilinsa bas, deyiladi filmda. Yagona muammo shundaki, bo‘lajak tiran favqulodda og‘ir qarorlar qabul qilishi va ma’naviy-axloqiy cheklovlardan butunlay voz kechishi lozim.

    Filmda, masalan, Saddam Husayn Iroqdagi hokimiyat tepasiga kelganining oltinchi kuni hukmron “Baas” partiyasining qurultoyini qanday o‘tkazgani haqida hikoya qilinadi. Husayn uning rahbarligi kimlargadir yoqmayotgani haqida xabar topganini aytib, partiyaning yuqori martabali vakillaridan birini minbarga taklif qiladi. U esa prezidentga nisbatan fitna tashkillashtirmoqchi bo‘lganini tan oladi va boshqa “fitnachi”larning ismlarini oshkor qiladi. Ularning bari majlislar zalining o‘zidayoq qo‘lga olinadi. Fitna haqidagi iqrorlar qiynoqlar orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, eng asosiysi, Iroq elitasi unga aytilmoqchi bo‘lgan gapni yaxshi tushunib oladi: yangi yetakchiga qarshi chiqish haqida hatto o‘ylamagan ham ma’qul.

    Diktatorlik yo‘lining boshida turgan yosh rahbar aholining noroziligidan o‘z foydasi yo‘lida foydalanishni bilishi, hokimiyatni egallab olish fursatini to‘g‘ri chamalay olishi, sadoqatli yaqinlar davrasini shakllantira olishi, hayotning barcha jabhalariga kirib bora oladigan maxfiy politsiyani ta’sis etishi, muxolifatdan qutulishi (“o‘ldir yoki o‘zing o‘likka aylanasan”), yaqinlarini o‘ziga qarata olishi va bir vaqtning o‘zida ularni qo‘rquvda ushlab turishi (ba’zida ularning ayrimlaridan ochiq-oshkora voz kechishi), siyosiy muammolar yuzaga kelganida “aybsiz aybdor”larni to‘g‘ri tanlay bilishi lozim.

    Bu namunaviy qoidalarni boshlovchi “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?” nomli kitobdan o‘qib beradi, aslida esa bunday kitob mavjud emas.

    Odam qanday qilib diktatorga aylanadi? G‘arb siyosatshunosligi talqini

    Ammo mavzusi shunga yaqin kitob bor, yo‘q emas. U “Diktatorning qo‘llanma kitobi. Nima uchun yomon xulq-atvor — deyarli har doim yaxshi siyosiy yechim?” deb nomlanadi. Uni 10 yil avval Nyu-York universiteti siyosatshunoslari Bryus Bueno de Meskita va Alister Smit chop etgan. Mualliflar g‘oyaviy murakkabliklardan voz kechib, siyosatga amaliy o‘yin sifatida nazar solishni taklif qiladi.

    Ushbu mualliflar taklif etayotgan konsepsiya asosi shundan iboratki, siyosatchining muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi u uchta asosiy ta’sir guruhi bilan munosabatlarni qanday qurganiga bog‘liq. Bu uchta guruh quyidagilardir: nominal selektorat (oddiy saylovchilar, ovoz berish huquqiga ega odamlar; ahamiyati nisbatan pastroq bo‘lgan guruh), haqiqiy selektorat (yetakchi kim bo‘lishini tanlaydiganlar, masalan, g‘olib partiya rahbariyati; bu ahamiyati nisbatan yuqoriroq bo‘lgan guruh), muzaffar koalitsiya (eng yaqinlar davrasi, hal qiluvchi guruh).

    Muzaffar koalitsiya — bu hukmdor haqiqatan ham ularga bog‘lanib qolgan odamlar guruhidir. Agar hokimiyat tepasida qolishni istasa, hukmdor aynan shu guruhdagilarga eng ko‘p marhamat ko‘rsatmog‘i lozim. Barqaror diktatura sirlaridan biri shuki, dohiyning eng yaqin odamlari guruhi uncha katta bo‘lmasligi va bir-biriga mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Yaqinlar davrasi qanchalik kichik bo‘lsa, diktaktorlik “o‘yini”da qatnashayotganlarga tegadigan davlat pirogi bo‘lagi ham shuncha katta bo‘ladi, boz ustiga bunday davrani nazorat qilish ham nisbatan yengil. Yetakchining atrofidagilar unga xiyonat qilish o‘zlari uchun befoyda ekaniga — rahbardan yuz o‘girgandan ko‘ra, unga sadoqat ko‘rsatish orqali ko‘proq narsaga ega bo‘lishlariga har vaqt ishonchlari komil bo‘lishi kerak.

    Dohiy o‘z yaqinlariga bog‘lanib qolgan, ammo ular ham dohiysiz yashay olmasliklari kerak. Avtoritar tizim barqaror bo‘lishi uchun dohiy va uning yaqinlari davrasi o‘rtasidagi munosabatlar simbiozga o‘xshashi kerak (aynan shu sababli ham Rossiya siyosiy menejmenti tillarda doston bo‘lgan “elita ichidagi bo‘linish” hodisasi yuz berishidan juda xavotirlanadi).

    Bueno de Meskita o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy prognozlashtirish metodologiyasi bilan tanilgan. Unga ko‘ra, siyosatchilarni ikki narsa qiziqtiradi: natijaga erishish va nufuzining tan olinishi. Ma’lum bir masala bo‘yicha prognozni tayyorlash uchun siyosatshunos ushbu masalani hal qilishda eng nufuzli shaxs kimligini, mazkur jarayonda qaror qabul qiladiganlar qanday maqsadlarni ilgari surayotganini, qaror qabul qiladiganlar masalaga qanchalik diqqat-e’tibor bilan qarayotganini va jarayonning barcha ishtirokchilarida qanday imkoniyatlar borligini aniqlab oladi. Bu axborotni to‘plab, Bueno de Meskita ma’lumotlarni o‘z modeliga kiritadi va ta’kidlashicha, 90 foizga aniq chiqadigan javobni qo‘lga kiritadi (siyosiy prognozlashtirish — Meskita uchun biznes, shu bois uning kitoblarini ayni shu jihatni e’tiborga olgan holda o‘qish kerak).

    Odamlar qanday qilib diktatorga aylanadi? Ichkaridan nazar

    “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?” filmi mualliflari, aftidan, yuqorida sanab o‘tilgan g‘oyalardan yaxshi xabardor: Bueno de Meskita — filmdagi sharhlovchilardan biri. Biroq ular serialni faqat diktatorlarga bag‘ishlagan, vaholanki nyu-yorklik ekspertning konsepsiyasi siyosatchilar har vaqt va har joyda faqat va faqat bir narsani — g‘alaba va tan olinishni istashini bayon qiladi.

    Bueno de Meskita turli siyosatchilarning (ular har doim diktator bo‘lishi shart emas) xulq-atvorini tahlil qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy tizimlar demokratlashuvning darajasi bilan emas, balki selektoratlar va qo‘llov koalitsiyasining tuzilmasi bilan farq qiladi. Demokratik jamiyatlarda ushbu guruhlar ko‘proq va nisbatan murakkabroq tuzilishga ega (hal qiluvchi saylovchilar, partiya rahbariyati va hokazo), avtoritar jamiyatlarda esa aksincha — guruhlar kamroq va shaffofligi ham nisbatan past (oligarxlar, hukmdor huzuridagi “politbyuro”). Biroq de Meskitaning ta’kidlashicha, unisida ham, bunisida ham istiqbolni hisoblab chiqarish mumkin.

    Tizimlar o‘rtasidagi yagona farq shundaki, ba’zilarida bu (hokimiyatni egallash va uni qo‘lda saqlab qolish) maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun to‘siqlar ko‘proq, boshqalarida esa — kamroq. Ayrim mamlakatlarda ishlab turgan jarayonlar va masalan, prezidentlik muddatlariga qo‘yilgan cheklovlar bor, boshqa mamlakatlarda esa — yo‘q. Yoki bo‘lmasa, bu cheklovlarni chetlab o‘tish, ularni yo‘qqa chiqarish mumkin — xuddi yaqinda Rossiyada Vladimir Putin uchun yo‘qqa chiqarilgani kabi.

    Serialda haqiqatan ham — juda soddalashtirilgan holda bo‘lsa-da — hokimiyatni egallab olish va uni qo‘lda saqlab qolishning tipik uslublari ko‘rsatilgan. Ammo “Qanday qilib zolimga aylanish mumkin?” seriali urg‘uni yetakchining shaxsiyatiga beradi: xuddiki o‘zingda ulug‘lik vasvasasini rivojlantirsang, serialda ko‘rsatilgan “diktatorlik jodusi” haqidagi kitobni topolsang bas — yakkahukmron bo‘lishing kafolatlanadi. Bu xuddi “Rossiya muxolifati rangli inqiloblar bo‘yicha chet el ‘qo‘llanmasi’dan foydalanadi” degan tasavvurga hammani (ehtimol, o‘zini ham) ishontirishga urinadigan rossiyalik amaldorlar, polittexnologlar va propagandachilarni yodga soladi.

    Vaholanki, aslida ko‘plab diktaturalar belgilangan qoidalar to‘plamiga rioya qilinishi natijasida emas, balki amaldagi qoidalarni qayta yozish yoki bekor qilish orqali o‘rnatilgan. Saylov natijalarini soxtalashtirish, prezidentlik muddatiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish va mustaqil matbuotni yo‘q qilish uchun na katta aql, na qandaydir “qo‘llanma”ni yodlash kerak. Umuman, diktatorning “aqli” haqida gapiradigan bo‘lsak, u, ehtimol, zulmni qo‘llashda me’yorni bila olish bilan ifodalansa kerak — uni shunday qo‘llash kerakki, hokimiyatni saqlab qolish uchun yetarli bo‘lsa, ayni vaqtda dushmanlarni ham ko‘paytirib yubormasin.

    Va nihoyat, serialning yana bir muammosi — birinchi mavsum uchun tanlab olingan diktatorlarning bari AQShning dushmanlari va G‘arb olami bilan kelisholmagan mamlakatlarda hukmronlik qilgan. Kamiga Saddam Husayn tuzumi 2003-yili Iroqqa qarshi harbiy operatsiya oqibatida AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan ag‘darib tashlangan. To‘g‘ri, serialda tilga olingan diktatorlarning bari dahshatli darajada yomon, ammo bunday tanlov film orqali yetkazilmoqchi bo‘lgan fikrga nisbatan ishonchni so‘ndiradi. G‘arb olamidan bo‘lmagan tomoshabin shunday savol qo‘yishi mumkin: “AQShning ittifoqchisi bo‘lga Somosa, Markos, Pinochet kabi boshqa diktatorlar qani?”.

    G‘arb ommasining qattol tuzumlarga nisbatan qiziqishi sirk tomoshalaridagi eng nozik fokuslar sirini fosh qilishni yoqtiradigan tashrifchilarning qiziquvchanligini yodga soladi. Diktaturalarda yashayotganlar esa bu aslida tomosha emas, balki kundalik, anchagina zerikarli hayot ekanini yaxshi biladi.

    Bu haqda yana nimalarni o‘qisa arziydi?

    Gabriel Garsia Markes. “Buzrukning kuzi”

    Diktaturalar, avtokratlar va mutlaq hokimiyat haqida kitoblar ko‘p, biroq ularning aksariyati hech qachon diktaturada yashamagan G‘arb siyosatshunoslari, romannavislari va jurnalistlari tomonidan yozilgan. Agar bugun kimnidir qayta o‘qish kerak bo‘lsa, bu borada Markesdan munosibrog‘i yo‘q. Uning asarlarida G‘arb antiutopiyalaridagi kabi qattol totalitarizm anqimaydi, aksincha, haqiqiy va jonli “umidsizlik va qayg‘u saltanati” qarshi oladi. Hokimiyat qo‘llaydigan texnologiyalar haqida Markes siyosatshunoslardan yaxshiroq bilsa biladiki, aslo yomon emas — asarda prezidentning o‘xshashi (nusxa)ni ham, yaqinlar davrasini boshqarish san’atini ham, boshqaruvning bosh tamoyili o‘laroq qonun-qoidalardan voz kechishni ham uchratasan.

    Mario Vargas Lyosa. “Ibodatxonadagi muloqot”

    O‘zi Lotin Amerikasi adabiyotida butun boshli “diktaktorlik” janri (la novela de dictador) bor. Shu janrga taalluqli “Ibodatxonadagi muloqot” romani ham diktaturalardagi siyosiy hayot antiutopiyalarning mualliflari tasavvurida va diktatorlar qo‘l ostida o‘sib-ulg‘ayganlar tasvirida qanchalik farq qilishini ko‘rsatib beradi. Diktatura tasavvurni egallab oladi, iqtidorli insonlarni unga qarshi kurashish haqida o‘ylashga majbur qiladi, oxir-oqibat odamlarni kuch sarflash imkoniyatlaridan mahrum qiladi hamda chekkaga uloqtirib tashlaydi.

    Migel Anhel Asturias. “Senyor prezident”

    “Diktatorlik” janridagi dastlabki romanlardan va ayni vaqtda “sehrli realizm”ning ilk namunalaridan biri — qaltis sarguzashtlarga to‘la va juda qiziqarli, nafaqat avtoritarizm tabiatiga qiziqqanlarga, balki boshqalar uchun ham haqiqiy maroqli mutolaa manbasi.

    03.09.2021, 08:04   Izoh (0)   62530
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” ayollarga hukumatdagi lavozimlar berilmasligini ma’lum qildi

    02.09.2021, 23:17

    Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi

    02.09.2021, 20:35

    Jo Bayden va Vladimir Zelenskiy Oq uyda uchrashdi va qo‘shma bayonot qabul qildi

    02.09.2021, 19:34

    Panjsherdagi janglarda “Tolibon”ning 300 dan ortiq jangarisi halok bo‘ldi

    02.09.2021, 18:12

    Yaponiyada Moderna vaksinasidan topilgan yot moddalar zanglamaydigan po‘lat bo‘lib chiqdi

    02.09.2021, 13:07

    Turkiya yarim oy hamda yulduz shaklidagi Mudofaa vazirligi majmuasini quradi. Loyiha Pentagonga qiyoslanmoqda

    02.09.2021, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.