Germaniyaning Lyudvigsburg bog‘ida Qovoq ko‘rgazmasi ochildi.Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya Afg‘onistondan 13 mingga yaqin odamni evakuatsiya qildi. Yuzlab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga o‘z uylaridan joy berishni taklif qildi.Foto: Getty Images
Kolumbiyaning Buenaventura porti yaqinida o‘rkachli kit ko‘rinish berdi. Kit portdagilarga o‘z “salomini yo‘llab”, yana dengizga qaytib ketdi.Foto: AFP
Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan VII xalqaro armiya o‘yinlarida qatnashayotgan jangovar tank.Foto: EPA
Yozda Shveysariyaning baland tog‘li o‘tloqlarida bo‘lgan sigir vertolyot yordamida tashib ketilyapti. Sigirning yozi juda maroqli o‘tganga o‘xshaydi.Foto: Reuters
Bosniya va Gersegovinada amerikalik Endi Jons sho‘ng‘ish bo‘yicha Red Bull jahon seriyasi paytida 21 metrlik “Eski ko‘prik”dan sakradi.Foto: Getty Images
Tibetda yig‘im-terim mavsumini nishonlash doirasidagi Shannan ot poygasida qatnashayotgan chavandoz.Foto: Shutterstock
Hindistonning Juhu sohilida shar sotib yurgan ayol.Foto: AP Photo
Kobuldagi portlash qurbonining shifoxonadagi jasadi yonida yig‘layotgan uning qarindoshi. Payshanba kuni Kobul xalqaro aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi, o‘nlab afg‘on fuqarolari halok bo‘ldi va 140 kishi yaralandi. Bundan tashqari portlash oqibatida AQSh Qurolli Kuchlarining 13 askari vafot etgan.Foto: EPA
Izoh (0)