• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Navoiyazot” korxonasiga tashrif buyurdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu yerda biryo‘la ikkita zavod — azot kislotasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonalarining ochilish marosimi bo‘ldi.

    Kimyo sanoati mamlakat iqtisodiyotida asosiy drayverlardan biriga aylanmoqda. Ilgari bu tarmoq, asosan, qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarib, bunday mahsulotlarning ulushi sohada qariyb 80 foizni tashkil etar edi. Bugungi kunda zamonaviy polimerlar ishlab chiqarilayotgani hisobidan mineral o‘g‘itlar ulushi 10 foizga qisqardi, boshqa sohalar uchun tayyorlanayotgan mahsulotlar hajmi esa 6-marta oshdi.

    Keyingi besh yilda “O‘zkimyosanoat” tizimida tovar mahsulotlari hajmi 4-marta oshdi, kimyoviy mahsulotlar eksporti 250 million dollarga yetmoqda.

    Bunda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining o‘rni juda katta. Bu yerda mamlakat kimyo sanoati mahsulotlarining qariyb yarmi ishlab chiqariladi, 9 mingga yaqin muhandis, texnolog va mohir ishchilar mehnat qiladi.

    Yangi ishga tushirilgan azot kislotasi hamda ammiak va karbamid korxonalari soha rivojiga qo‘shimcha sur’at beradi. Umumiy qiymati 1,5 milliard dollar bo‘lgan ushbu loyihalar “Navoiyazot”da mahsulot ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirib, bu ko‘rsatkichni yillik 150 million dollardan 410 million dollargacha olib chiqadi.

    O‘zbekistonga birinchi marta olib kelingan, eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy majmualar 60 yil avvalgi eski quvvatlar o‘rnini to‘liq egallaydi.

    Xususan, birinchi korxonada yiliga 660 ming tonna ammiak va 578 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. Bunda, bir tonna ammiak ishlab chiqarish uchun energiya sarfi 2,5 marta kamayadi.

    Ikkinchi korxonada esa yiliga 500 ming tonna azot kislotasi ishlab chiqarilib, elektr energiyasi sarfi 18-marta qisqaradi.

    Faqatgina ana shu ikkita loyiha evaziga ishlab chiqarilayotgan azotli o‘g‘itning tannarxi 30 foizga pasayadi.

    “Bu raqamlarning ortida korxonaning minglab mehnatsevar, fidoyi ishchilari, yuqori malakali mutaxassislarning mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli mehnati mujassam”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Va ularga minnatdorlik bildirdi.

    Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, azot kislotasi hamda ammiak va karbamid korxonalarini ishga tushirdi.

    2019-yil 28-dekabr kuni Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilgan edi.

    Bugun polivinilxlorid korxonasining ikkinchi bosqichi qurilishi boshlandi. 400 million dollar qiymatga ega bo‘lgan ushbu loyiha polivinilxlorid ishlab chiqarish quvvatini yiliga 100 ming tonnadan 220 ming tonnaga, kaustik sodani esa 75 ming tonnadan 165 ming tonnaga yetkazish imkonini beradi. Shu tariqa elektrotexnika, mebelsozlik, qurilish materiallari sanoati, maishiy kimyo va boshqa sohalarda yiliga talab yuqori bo‘lgan 210 million dollarlik mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Uni 2023-yilda ishga tushirish mo‘ljallangan.

    Muhim tomoni — bu korxona orqali “Navoiyazot” va “Elektr kimyo zavodi” negizida yirik, o‘zaro integratsiya qilingan kimyo klasterini tashkil etish rejalashtirilgan.

    Davlat rahbari ushbu klaster salohiyati, istiqbolini alohida ta’kidlab o‘tdi.

    “Bu klasterda yaqin yillarda umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 23 ta loyiha amalga oshiriladi. Klaster doirasida 33 turdagi yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xususan, yil yakuniga qadar klaster doirasida kimyo, charm, mebelsozlik va qurilish materiallari sanoati uchun mahsulot ishlab chiqaradigan 2 ta loyiha ishga tushiriladi. Eng muhimi, shu asosda ‘Navoiyazot’da qo‘shimcha 3 mingtadan ziyod yangi ish o‘rinlari ochiladi”, — dedi Prezident.

    Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi iqtisodiy loyihalar o‘zaro oqilona bog‘langan va bir birini to‘ldiradi. Masalan, 2030-yilgacha 8 ming megavatt quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yiliga 5 milliard kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkonini beradi. Bu gaz esa qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlanadi.

    “Biz ilgari, asosan, paxta bilan gaz sotardik. Hozir chetga sotmayapmiz, o‘zimizda qayta ishlayapmiz. Kerak bo‘lsa, gaz sotib olyapmiz. Nimaga? Korxonalar ko‘payyapti, mahsulot ko‘payyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Shu maqsadda kelgusi yillarda 6 ta kimyoviy texnologik klaster tashkil etish rejalashtirilgan. Ulardan birinchisi mazkur “Navoiyazot”dagisi.

    Ikkinchi klaster Buxoro viloyatida joylashtiriladi va u yerda tabiiy gazdan polietilentereftalat (PET), polivinilatsetat (PVA), polipropilen hamda boshqa polimerlar ishlab chiqariladi. Ular asosida tayyor mahsulot va buyumlar chiqaradigan o‘nlab zamonaviy korxonalar tashkil topadi.

    Uchinchi klaster Qashqadaryo viloyatida Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi va Dehqonobod kaliy zavodi negizida bo‘ladi. Unda yuvish va maishiy kimyo vositalarining asosiy komponentlari, bimodal polietilen va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

    “Farg‘onaazot” negizida bo‘ladigan to‘rtinchi klasterda lok-bo‘yoqlar, mebel uchun melamin, to‘qimachilik sanoati uchun sun’iy tolalar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

    Beshinchi klaster Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Ustyurt hududida joylashtiriladi. Unda kalsiylangan soda, polivinilxlorid, polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.

    Oltinchi klaster Toshkent viloyatida tashkil etiladi. Unda monoammoniyfosfat, oltingugurtli karbamid, boshqa fosforli va azotli mineral o‘g‘itlar, protein, yuvish vositalari tayyorlanadi.

    Bu loyihalar natijasida 2026-yilga borib, kimyoviy tovar mahsulotlari hajmi joriy yilga nisbatan 3-marta ortadi va 2030-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 7 foizini tashkil etadi.

    Davlat rahbari bu sohadagi ulkan loyihalar uchun malakali mutaxassislar tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

    Shu maqsadda Toshkentdagi Ulug‘bek shaharchasida kimyo sohasida ilmiy va ta’lim klasteri tashkil etiladi. Bu klaster 4 ta oliy ta’lim muassasasi va kimyo bo‘yicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazini qamrab oladi.

    Prezident polivinilxlorid ishlab chiqarish loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: “Besh yil ichida YaIMni kamida 100 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda”
    • Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston tomonga birorta o‘q otilmasligi uchun har qanday muloqotga tayyorman”

    27.08.2021, 20:28   Izoh (0)   28598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Jambil viloyatida yuz bergan portlash munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    27.08.2021, 20:13

    Farg‘onada erkak tug‘ruqxona shifokoriga kuch ishlatib, sochidan sudradi

    27.08.2021, 19:29

    Xorazmda fotihasi buzilgani uchun o‘zini kanalga tashlagan qizning jasadi topildi

    27.08.2021, 19:14

    Jizzaxdagi bog‘chada 6 yoshli qiz vafot etdi

    27.08.2021, 18:28

    “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonida aktyorlar ishtirokida mushtlashuv ro‘y berdi

    27.08.2021, 18:13

    Namanganda mashina gaz balloni portlagan uyda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    27.08.2021, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    To‘rt oyda O‘zbekistonga qancha xorij fuqarolari kelgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 17:30

    Jahon banki O‘zbekistonda kichik gidroenergetikani rivojlantirishga 150 mln dollar ajratadi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 17:20

    Rossiya harbiy kemasi La-Mansh bo‘g‘ozidan yashirin tarzda o‘tdi (foto)

    Dunyo | 25 iyun, 17:12

    Qimmat brendlardan qolishmaydigan hamyonbop kosmetik vositalar

    Go‘zallik | 25 iyun, 17:06

    G‘azoda isroillik harbiylar bo‘lgan mashina portlatildi

    Dunyo | 25 iyun, 16:50

    Chempionlik yo‘laklari tarixi: “Inter” “Milan”ga shu orqali hurmat ko‘rsatgan, “Barselona” esa ushbu an’ana sabab “Real” bilan ziddiyatga borgan

    Futbol | 25 iyun, 16:46

    Keti Perri va Orlando Blum 8 yillik munosabatdan so‘ng ajrashdi

    Kino | 25 iyun, 16:45

    Vyetnamda 8 ta jinoyat uchun o‘lim jazosi bekor qilinadi

    Dunyo | 25 iyun, 16:40

    Ozarbayjon klubi Bobir Abdiholiqov va Jasur Jaloliddinov bilan xayrlashdi

    Sport | 25 iyun, 16:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.