• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kanada, Italiya, Avstraliya va boshqalar. Qaysi mamlakatlar Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilmoqda? Fotoreportaj

    Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelgach, turli davlatlar o‘z fuqarolarini va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni evakuatsiya qila boshladi. Kobul aeroporti — mamlakatdan ketishning yagona yo‘li, hozir u yerda minglab odamlar bor, 31-avgustdan esa “Tolibon” evakuatsiyani taqiqlamoqchi. Qaysi davlatlar Afg‘onistondan odamlarni olib chiqayotgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.

    Rim xalqaro aeroporti — Fyumichino

    Rim xalqaro aeroporti — Fyumichino
    Foto: Reuters

    Italiya o‘z fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarni birinchilardan bo‘lib evakuatsiya qilishni boshladi. 16-avgust, dushanba kuni 50 nafar italiyalik diplomat va 20 nafar afg‘on mamlakatdan olib chiqildi. Bir necha kundan so‘ng yana bir reys Italiyaga qo‘ndi, unda 86 kishi — bir nechta italiyalik, ular bilan birga ishlagan afg‘onlar va ularning oilalari, shuningdek, Yevropa ittifoqi va NATO delegatsiyasi a’zolari bor edi. Shu bilan birga, 26-avgust kuni Italiya harbiy havo kuchlarining Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilayotgan samolyotlaridan biri havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib o‘qqa tutildi. Samolyot bortida 98 nafar afg‘onistonlik bor edi, uchuvchi samolyotni o‘t chizig‘idan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    24-avgustga qadar Afg‘onistondan 1000 dan ortiq odam Ispaniyaga evakuatsiya qilindi. Ispaniya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, ularning yarmidan ko‘pi (537 kishi) Ispaniya hukumati bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar va ularning oilalari. Ulardan tashqari, Yevropa ittifoqi uchun ishlagan 36 kishi, AQSh bilan hamkorlik qilgan yana 127 kishi Ispaniyaga evakuatsiya qilindi.

    Ispaniya Mudofaa vazirligi rahbari Margarita Roblesning bayonotiga ko‘ra, Afg‘onistondan olib chiqishning imkoni bo‘lgan hamma odamlarni evakuatsiya qilishga harakat qilinmoqda, shu bilan birga “Ispaniya hukumati nazorati ostida bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ketolmaydiganlar ham bo‘ladi”.

    AQShning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasi

    AQShning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasi
    Foto: AP Photo

    The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston “Tolibon” qo‘liga o‘tgandan beri AQSh mamlakatdan 82 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, hozir Afg‘onistonda 1,5 mingga yaqin Amerika fuqarolari bor, ulardan 500 nafari yaqin kunlarda mamlakatni tark etishga umid qilmoqda.

    Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 20-avgustdan beri AQShning Yevropa qo‘mondonligi taxminan 10 ming afg‘on va boshqa evakuatsiya qilinganlarga yordam berdi. Ta’kidlash kerakki, Kobuldan reyslar to‘g‘ridan to‘g‘ri AQShga uchmaydi. Ular AQShning butun dunyo bo‘ylab joylashgan harbiy bazalari va markazlariga qo‘nadi, bu yerda xavfsizlik xizmatlari evakuatsiya qilinganlarni tekshiradi, jumladan ularda AQSh fuqaroligi bor yoki yo‘qlig aniqlanadi.

    Foto: Reuters

    24-avgustdan AQSh evakuatsiyani tashkil etayotgan harbiylarni Afg‘onistondan olib chiqa boshladi. Dastlab, AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika qo‘shinlarini 11-sentabrga qadar mamlakatdan olib chiqishni yakunlashga umid bildirgandi. 2001-yil aynan shu sanada  Nyu-York va Vashingtonda teraktlar sodir etilgan. “Tolibon” Afg‘onistondan evakuatsiya qilish 31-avgustga qadar yakunlanishi kerak, deb shart qo‘ydi, shundan keyin jarayon taqiqlanadi. Bundan tashqari, ular Afg‘onistonda tartibsizlik va vahima hukm surayotgani sababli Kobuldagi aeroportga afg‘onistonliklarni kiritmay qo‘ydi.

    Parij xalqaro aeroporti — Sharl de-Goll

    Parij xalqaro aeroporti — Sharl de-Goll
    Foto: AP Photo

    O‘tgan bir necha kun ichida Fransiya Abu-Dabidagi harbiy bazasi orqali 1300 afg‘onni evakuatsiya qildi, deya xabar beradi RFI radiostansiyasi. Ular keyin yo‘lovchi samolyotida Parijga olib ketiladi. 23-avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Afg‘onistondagi vaziyatni Fransiya uchun jiddiy xavfsizlik muammosi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari “katta miqdordagi noqonuniy migratsiya oqimlariga qarshilik ko‘rsatishi va ulardan himoyalanishi kerak”. Makron ushbu bayonoti uchun tanqid qilindi, bunga javoban u ayrim so‘zlari noto‘g‘ri tushunilganini, Fransiya eng katta xavf ostida bo‘lganlarga yordam berishda davom etishini aytdi.

    Toronto xalqaro aeroporti

    Toronto xalqaro aeroporti
    Foto: Reuters

    Kanada Afg‘onistondan 3,7 mingdan ortiq kanadalikni, shuningdek, Kanada hukumatiga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qildi. “Tolibon” evakuatsiyani yakunlash uchun yangi muddat belgilagach, 24-avgust kuni Kanada harbiylari bitta reysda 530 dan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Kanada Mudofaa vaziri Xarjit Sajanning so‘zlariga ko‘ra, bu harbiylar tomonidan bir vaqtning o‘zida olib chiqilgan kanadaliklar va jiddiy xavf ostidagi afg‘onlarning eng ko‘p soni.

    Foto: AQSh harbiy transport samolyoti Kobuldan 640 qochqinni bitta reysda evakuatsiya qildi

    Foto: AP Photo

    25-avgust holatiga ko‘ra, Avstraliya Afg‘onistondan qariyb 2500 kishini evakuatsiya qildi, ulardan 750 tasi bir kunda olib ketilgan, deya xabar berdi ichki ishlar vaziri Karen Endryus. Associated Press xabariga ko‘ra, Avstraliya o‘z fuqarolarini, ularning oilalarini va ba’zi toifadagi afg‘onlarni olib chiqishni rejalashtirgan. Avstraliya bosh vazir Skott Morrisonning aytishicha, hukumatning vazifasi “iloji boricha ko‘proq odamlarni iloji boricha xavfsiz va tezroq olib chiqishdan iborat”.

    Kuvaytdagi Ali-al-Salim aviabazasi

    Kuvaytdagi Ali-al-Salim aviabazasi
    Foto: Reuters

    23-avgust kuni Kuvayt hukumati Afg‘onistondan AQShga va boshqa mamlakatlarga yuboriladigan 5 ming odamni mamlakatda to‘xtab o‘tishiga rozilik bildirdi. AQShning Kuvaytdagi elchisi Alina Romanovskiyning qayd etishicha, 16-avgustdan buyon 850 dan ortiq amerikaliklar, jumladan Kobuldagi diplomatlar, Afg‘onistondan AQShga Kuvayt orqali beshta boshqa-boshqa reys bilan jo‘nab ketgan.

    Qatar poytaxti Doha chetidagi Al-Sayliya harbiy bazasi

    Qatar poytaxti Doha chetidagi Al-Sayliya harbiy bazasi
    Foto: Getty Images

    Qatarning AQSh bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra, mamlakat Afg‘onistondan keladigan 8 ming qochqinni qabul qila oladi. Xususan, Qatar oilasi bilan AQShga immigratsion viza so‘rab murojaat qilganlarni qabul qiladi. Al Jazeera xabar berishicha, Al-Udeyd aviabazasida evakuatsiya qilingan odamlar ovqat va suv olish yoki hojatxonadan foydalanish uchun issiqda navbatda turishga majbur bo‘lmoqda. Dohadagi vaqtinchalik joylashish lageridagi qochqinlarning yashash sharoitlari “hayot uchun xavfli gumanitar falokat” deb ham ta’riflanmoqda. Pentagon matbuot kotibi Qatarga olib ketilgan qochqinlar qiyin ahvolda ekanini tan oldi, biroq hozir ularning holati yaxshilanayotganini qo‘shimcha qildi.

    Tojikistonning Hisor shahridagi aeroport

    Tojikistonning Hisor shahridagi aeroport
    Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

    25-avgustga qadar Rossiyaning to‘rtta harbiy samolyoti Afg‘onistondan 500 dan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Ular orasida rossiyaliklar, ukrainaliklar, O‘zbekiston va KXShT (Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston) fuqarolari bor. “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin mingga yaqin afg‘onistonlik Rossiyaga kirishga ruxsat oldi, dedi Rossiyadagi Afg‘oniston diasporasi markazi rahbari G‘ulom Muhammad Jalol.

    Foto: Reuters

    Ko‘plab odamlar Afg‘onistonni tark etishni xohlaydi. G‘ulom Muhammad Jalolning so‘zlariga ko‘ra, oila a’zolari bilan hisoblaganda bunday kishilar 100 minggacha yetishi mumkin. Mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlar orasida, “Tolibon”ga qarshi xalqaro koalitsiya bilan ishlagan texnik xodimlar ham bor. “Ularning Afg‘onistondan olib chiqilishi va’da qilingan”, — dedi diaspora vakili.

    Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya afg‘onlarning mamlakatdan evakuatsiya qilish haqidagi barcha so‘rovlarini e’tiborga oladi, biroq Rossiya Afg‘onistondan qancha qochqinlarni qabul qilishga tayyorligi hozircha noma’lum.

    Mavzuga doir: Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilish jarayoni — suratlarda

    27.08.2021, 19:45   Izoh (0)   49048
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Efiopiyada to‘qnashuvlar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi. BMT mamlakatdagi gumanitar falokat haqida e’lon qildi

    27.08.2021, 18:44

    “Tolibon” musiqani taqiqlamoqchi, G‘arb mamlakatlari Kobuldan evakuatsiyani yakunlamoqda. Afg‘oniston yangiliklari

    27.08.2021, 17:43

    Qozog‘istondagi portlash qurbonlari soni 9 kishiga yetdi. Nazarboyev mudofaa vaziri va Jambil hokimiga qo‘ng‘iroq qildi

    27.08.2021, 15:39

    Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqishga qaror qildi

    27.08.2021, 14:58

    Qozog‘istondagi harbiy qismda yuz bergan portlashda kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 90 kishi jarohatlandi (video)

    27.08.2021, 14:09

    Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash yuz berdi. 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi. IShID terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Jo Bayden terrorchilarga z...

    27.08.2021, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.