Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hokimiga tegishli mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 20-avgust kuni 27 yoshli haydovchi U.A. davlat raqami 10 020 DAV bo‘lgan Captiva avtomashinasida 2005-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Bosh prokuratura U.A. Yuqori Chirchiq tumani hokimining haydovchisi ekanini tasdiqlagan.
Mazkur holat bo‘yicha, Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning fevralida Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev yoki uning o‘g‘li boshqargani aytilgan Captiva 60 yoshli fuqaroni urib yuborgani, YTH oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)