• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Ustyurt regionida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari holatini o‘rgandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 18-noyabrdagi № 4522-sonli qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish, bu orqali tabiiy gaz zaxiralarini ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan Ustyurt regionida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari o‘rganildi.

    Boshqaruv raisi tomonidan dastlab Ustyurt regionida olib borilayotgan ishlarning bugungi holati joyida ko‘rib chiqildi, ushbu jarayonlarda ishtirok etayotgan mutaxassislar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama ham o‘tkazildi.

    Ustyurt regionida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari doirasida 2021-yil boshidan buyon bitta yangi maydon izlov-qidiruv ishlariga jalb etildi. Natijada esa 25 ming metr burg‘ilash ishlari bajarildi.

    Bundan tashqari, 3 ta quduq qurilish bilan tugatilib, sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimlari olina boshlandi hamda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish ishlari boshlandi.

    Boshqaruv raisiga ushbu regionda joriy yil boshidan buyon geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha tadbirlarni bajarish evaziga 4,9 million tonna shartli yoqilg‘i miqdoridagi uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirishga erishilgani, belgilangan tadbirlar 120 foizga bajarilgani, shuningdek, ularning samaradorligi 7 barobardan oshayotgani borasida hisobot berildi.

    Geologiya-qidiruv ishlarining joriy holatini tahlil qilish jarayonida boshqaruv raisi tomonidan “Quyi Surgil” va “G‘arbiy Quyi Surgil” konlarida bajarilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish, “Quyi Sharqiy Berdaq” maydonidagi 2, 3-sonli quduqlardagi burg‘ilash ishlarini joriy yilning sentabr oyida, shuningdek, “Shagirlik” maydonidagi 1-sonli izlov-qidiruv quduqlarida burg‘ilash ishlarini samarali yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bu borada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida tegishli departament boshliqlari va mutuxassislarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

    Ustyurt regionida joriy yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlarining barcha tadbirlarini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish, ularni maqsadli qayta rejalashtirish hamda ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

    Geologiya-qidiruv ishlarina amalga oshirish doirasida Ustyurt regionidagi maydonlar va obeklarning yangi istiqbollarini aniqlash, ularning hududidagi chuqur qatlamlarni o‘rganish, barcha ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish bo‘yicha tahlillarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    O‘rganish ishlari davomida 2021-yil yakuniga qadar yana 1 ta yangi maydonni izlov-burg‘ilash ishlariga kiritish, yakunda ushbu regionda 43 ming metr burg‘ilash ishlarini bajarish, yana kamida 3 ta quduqda burg‘ilash va mahsuldor qatlamlarni sinash ishlarini yakunlash belgilandi.

    Shuningdek, uglevodorod xomashyosi zaxiralarini 13,0 million tonna shartli yoqilg‘i miqdoriga ko‘paytirishni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berilib, joriy yil yakuniga qadar Ustyurt regioni bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarining barcha ko‘rsatkichlarini 100 foizdan ortig‘i bilan bajarish vazifasi topshirildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Ustyurtdagi ishlar holatini o‘rganish jarayonida ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitga alohida e’tibor qaratdi.

    Jumladan, ishchi xodimlarning maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanganligi, ovqatlanish hamda yashash sharoitlari o‘rganildi. Boshqaruv raisi tomonidan ishchi xodimlarning yotoq joylarida ular uchun ajratilgan jihozlar, muzlatkich va kunlik ovqatlanishi, zarur mahsulotlarning saqlanishi hamda sifatiga e’tibor qaratildi.

    Bunda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bundanda yaxshiroq bo‘lishi, yozning jazirama va qishning ayozli kunlarida aynan mana shu ishchilarning mehnati evaziga tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi oshirilayotgani aytildi va ular yaxshiroq sharoitga munosib ekanligi ta’kidlandi.

    Eslatib o‘tamiz, boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Ustyurtda tabiiy gaz qazib chiqarish borasida o‘rganish ishlarini davom ettiradi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    21.08.2021, 10:30   Izoh (0)   10504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryolik ayol tungi klublarda o‘ynashga rozilik bermagach, eri uning sochini qirib tashlagani haqida videomurojaat qildi. So‘ng xato qilganini aytib, uzr so‘...

    21.08.2021, 09:33

    Rossiyadagi OTMlarda o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni an’anaviy tarzda boshlashlari mumkin

    21.08.2021, 08:32

    Foto: Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ilk bor o‘tkazilgan ochiq muloqoti

    21.08.2021, 08:00

    Angela Merkelni guldasta bilan kutib olgan Putin, Germaniyaga yetib borgan afg‘on qochqinlari, dalalarda ochilgan paxta. 20-avgust suratlari

    20.08.2021, 23:55

    Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Uendi Sherman bilan Afg‘onistondagi voqealar yuzasidan suhbatlashdi

    20.08.2021, 23:26

    O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni o‘tkaziladi

    20.08.2021, 23:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.