• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgan Afg‘onistonning birinchi kuni qanday o‘tdi? Minglab odamlar qochishga urinmoqda, “Tolibon” fuqarolarga tinch-osoyishta hayot va’da qildi. Asosiy ma’lumotlar

    Minglab odamlar aeroportda mamlakatdan qochib ketishga urinmoqda. Afg‘onistondan qochib ketishning yagona yo‘li AQSh harbiylari tomonidan qo‘riqlanayotgan Kobul xalqaro aeroportidagi xorijlik diplomatlar va elchixonalar xodimlari uchun tashkillashtirilgan samolyot reyslariga ilinib olish. 15-avgustdan 16-avgustga o‘tar kechasi aeroport tijorat reyslarini qabul qilishni to‘xtatdi bu – omma orasida sarosima uyg‘otdi, olomon uchish-qo‘nish maydonchasiga yugurib chiqib, yerda turgan samolyot korpuslariga joylashib oldi. Amerikalik harbiylar samolyotlarning parvozni boshlashiga halal berayotgan odamlarni tarqatish uchun havoga o‘q uzishga ham majbur bo‘lgan. Tiqilinch va samolyotdan qulash oqibatida 7 nafar odam halok bo‘lgan, shuningdek, aeroport hududida ikki nafar qurollangan odamning AQSh harbiylariga o‘t ochgani haqida ham xabarlar tarqalgan. 16-avgustda kunduz kuni parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan. Meduza nashri 16-avgust oqshomi holatiga ko‘ra, harbiylarning odamlarni aerportdan chiqarib tashlashga, samolyotlarning uchishi va qo‘nishi uchun sharoitlar yaratishga urinayotganini ma’lum qilgan.

    Kobul aeroportidagi samolyotga chiqishga va mamlakatdan qochib ketishga urinayotgan afg‘onistonliklar

    Kobul aeroportidagi samolyotga chiqishga va mamlakatdan qochib ketishga urinayotgan afg‘onistonliklar
    Foto: AFP

    Afg‘onistonda mahalliy aholi va harbiylarning mamlakatdan chiqib ketish jarayoni davom etmoqda. 14–15-avgust kunlari bortlarida jami 585 nafar afg‘onistonlik bo‘lgan 22 ta samolyot hamda 24 ta vertolyotning O‘zbekiston havo hududini noqonuniy ravishda buzib kirgani haqida ham xabarlar tarqalgan. Embraer samolyoti O‘zbekiston harbiy havo kuchlarining MiG-29 samolyoti bilan to‘qnashgan, to‘qnashuv oqibatida bortdan katapult qurilmasi orqali tushib qolishga ulgurgan uchuvchilarga jarohat yetgan.

    AQSh Kobul aeroportida xavfsizlikni ta’minlash uchun 5 ming harbiyga yana ming nafar askar qo‘shimcha tarzda yuborilishini va’da qilgan. AQSh harbiy kuchlari qo‘mondoni “Tolibon”lar bilan uchrashib, tashkillashtirilayotgan reyslarda ketmoqchi bo‘layotganlarni evakuatsiya qilish masalasini muhokama qilib olmoqchi. Shuningdek, “AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi rahbari Kennet Makkenzi ham Dohada “Tolibon” vakillari bilan uchrashgan. 60 dan ziyod davlatlar “Tolibon”ning Afg‘onistondan ketmoqchi bo‘layotganlarga erkin chiqish imkonini yaratishni so‘ragan. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish butun dunyo mamlakatlaridan Afg‘onistondan kelayotgan qochqinlarga boshpana berish va ularni ortga qaytarmaslikni iltimos qilgan.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron amerikalik harbiylarning odamlarni Parijga evakuatsiya qilishni tashkillashtirishi uchun ikkita harbiy samolyot va maxsus kuchlar askarlarini yuborishini bildirgan. Buyuk Britaniya ham yordam tariqasida Kobulga 200 nafar harbiy yuboradi.

    Kobuldan uchayotgan reyslarning dispetcherlik nazorati ham harbiylar ixitiyoriga berilgan, Afg‘oniston fuqarolik aviatsiyasining rahbariyati tranzit reyslariga yetarli darajada xizmat ko‘rsata olmasligini bildirib, shu sababli mamlakat havo chegarasida uchayotgan aviakompaniyalardan o‘z yo‘nalishlarini o‘zgaritirishni so‘ragan. Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi hamda AirBridgeCargo yuk tashuvchi aviakompaniyasi ham Afg‘oniston fuqarolik aviatsiyasining tavsiyalariga amal qilgan va ikkita reys yo‘nalishini o‘zgartirgan.

    G‘arb mamlakatlari Afg‘onistondan minglab odamlarni evakuatsiya qilmoqda. Diplomatlar va g‘arb davlatlarining fuqarolaridan tashqari ayrim mamlakatlar o‘zlari bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklarni ham hududdan olib chiqib ketishni boshlagan. Ular orasida hayoti xavf ostida qolishi mumkin bo‘lganlar, jumladan huquq himoyachilari ko‘pchilikni tashkil qiladi.

    Germaniyaning o‘zi 10 ming nafar odamni evakuatsiya qilmoqchi, Reuters agentligi kansler Angela Merkelning yopiq majlisda u haqida gapirganini xabar qilgan. “Al-Jazira” esa Afg‘onistonda AQSh bilan hamkorlik qilgan va boshqa yerga evakuatsiya qilinishi zarur bo‘lgan mahalliy aholinig soni 44 ming nafar ekani haqida ma’lumot bergan. Hozircha mamlakatda xorijliklar bilan hamkorlik qilgan faqat bir nafar tarjimon hujumga uchragan, xabarlarga ko‘ra “Tolibon”lar Afg‘onistondagi Chexiya harbiylariga yordam bergan odamni o‘g‘irlab ketgan.

    “Tolibon” Afg‘onistondagi urush tugaganini e’lon qildi. Harakatning Qatardagi siyosiy ofisi raisi Muhammad Nayom “Tolibon”ning yaqin vaqt ichida mamlakatdagi boshqaruv shakli borasida yakuniy qaror chiqarilishi va “Tolibon”larning Afg‘onistonni dunyo hamjamiyatidan uzilib qolishini istamayotganiga urg‘u bergan. Reuters agentligining tashkilotdagi manbasi “Tolibon” jangarilariga afg‘onistonliklarning kundalik hayot tarziga umuman aralashmaslik bo‘yicha topshiriq berilganini aytgan.

    “Tolibon” rahbariyati davlat xizmatchilariga rasmiy murojaat qilib ulardan o‘z ish joylariga qaytishni, huquqlari cheklab qo‘yilishidan xavotir bo‘lmaslikni so‘ragan. Paranji yopingan ayollarning ham o‘z ishiga qaytishiga ruxsat berilgan. Tashkilotning rasmiy vakili “Tolibon” a’zolari Kobul ko‘chalarida xavfsizlikni ta’minlashi va sobiq amaldorlarga hujum qilmoqchi bo‘lganlarni hibsga olishini ma’lum qilgan. Shuningdek, “Tolibon” fuqarolardan qurollarni olishni boshlgan va ularga ko‘chalarda boshqa otishmalar bo‘lmasligi, odamlarning hayoti xavfsizligi kafolatlangani haqida gapirmoqda.

    “Al-Jazira” muxbiri Kobul ko‘chalaridagi vaziyat ancha sokinligini xabar qilgan. 16-avgust kuning ikkinchi yarmida shaharda do‘kon va restoranlar ochilgan, ko‘chalar yana odamlarga to‘la boshlagan, paranji yopinmagan, dunyoviy libosdagi ayollar ham ko‘rinish bergan. CNN muxbiri Klarissa Uord shahar ko‘chalaridan tayyorlagan reportajida ayollarning soni avvalgi hukumat rahbarligi davridagiga nisbatan keskin kamayganiga va ularning liboslari odatdagidan ancha yopiq ekaniga urg‘u bergan. Jurnalistning o‘zi ham reportajni paranji yopinib tayyorlagan.

    Rossiya va Xitoy Afg‘onistondagi yangi hukumat bilan ishchi munosabatlarini o‘rnatgan. Rossiya TIV bu haqda rasmiy bayonot bergan. Vazirlik barcha tomonlarni zo‘ravonlikdan tiyilishga chaqirgan, mamlakatdagi vaziyat barqarorlashayotgani, “Tolibon”ning mahalliy aholi hamda xorij diplomatik missiyalari vakillarining xavfsizligini kafolatlaganini qayd etgan.

    Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov sodir bo‘lgan o‘zgarishlarda Moskva hamda uning Markaziy Osiyo davlatlaridagi ittifoqchilariga nisbatan hech qanday tahdid yo‘qligi, “Tolibon” avvalgi qo‘g‘irchoq hukumatdan ko‘ra ishonchliroq ko‘rinayotganini ta’kidlagan. Kabulov Moskvaning yangi Afg‘oniston hukumati bilan muloqot uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rgani va hamkorlik Rossiya manfaatlariga xizmat qilishiga ishonishini aytgan. Katta mamlakatlar orasida Xitoy ham “Tolibon” bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatgan. BMT xavfsizlik kengashining yig‘ilishida hozircha Afg‘onistondagi hukumatni rasman tan olish masalasini kun tartibiga qo‘ymagan, kengash bayonotida muzokaralar yo‘li bilan yagona uyg‘unlashgan vakillik hukumatini shakllantirish zarurligiga urg‘u berilgan.

    Mavzuga doir: Toliblar Afg‘onistonni egalladi. Bu yangi IShIDmi? Nima uchun bu voqeaning oqibati butun dunyo uchun ayanchli bo‘lishi mumkin?

    17.08.2021, 09:10   Izoh (0)   77685
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya tashqi ishlar vaziri Qirg‘izistonni rus tilida so‘zlashuvchilarga qarshi millatchilikka chora ko‘rishga chaqirdi

    17.08.2021, 07:49

    Afg‘oniston sobiq ichki ishlar vaziri “Tolibon” tuzayotgan vaqtinchalik hukumat rahbarligiga tayinlanganini inkor etdi

    17.08.2021, 07:07

    WP: “Tolibon” afg‘onistonlik amaldorlarga qurol evaziga pora bergan

    17.08.2021, 06:16

    Rossiya prezidentining maxsus vakili: Afg‘onistondan qochib ketgan Ashraf G‘ani afg‘on xalqi tomonidan sud qilinishi kerak

    16.08.2021, 22:33

    “Tolibon” Kobulda jinoyatlarga aloqador kishilarni hibsga olishni boshladi

    16.08.2021, 21:12

    “Tolibon” Kobuldagi Rossiya elchixonasini qo‘riqlashni boshladi

    16.08.2021, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.