• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh GTL zavodida bo‘ldi

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari investitsion loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining yakuniy bosqichi holatini o‘rganish hamda kelgusi vazifalarni muhokama etish maqsadida Uzbekneftegaz GTL zavodida bo‘ldi.

    Boshqaruv raisi bunyodkorlik, qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishib, qurilish ishlarining sifatini yanada oshirish, yaxshi natijalarga erishib, samaradorlikni yuqori darajaga ko‘tarish, texnologik hududlarda ishga tushirish oldi ishlari bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalarni berdi.

    Shuningdek, mas’uliyatsizlik bilan nuqsonli materiallardan va konstruksiyalardan foydalanishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, ishchi xodimlarning hayoti, sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish borasida topshiriqlar berildi.

    Bundan tashqari, qurilish maydonining o‘zi va unga bevosita yondosh bo‘lgan joyda qurilish-montaj ishlarini joyida o‘rganish maqsadida, boshqaruv raisi dastavval zavodning ma’muriy binosida bo‘ldi hamda bu yerda olib borilayotgan so‘nggi pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirib, mavjud muammolar yuzasidan e’tirozlarini bildirib o‘tdi.

    Aniq misollar bilan ko‘rsatilgan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish hamda qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, loyiha talablariga amal qilinishi, belgilangan ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha muntazam nazorat ishlari olib borilishi kerakligi belgilab berildi.

    Eslatib o‘tamiz, loyihaning bosh pudratchilari Koreyaning Hyundai Engineering, Hyundai Engineering&Construction hamda Enter Engineering (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur’atlarda olib borilmoqda.

    Ishga tushirish, sozlash oldi va sozlash ishlarini bajarishda hozirgi kunda 500 donadan ziyod texnika jalb etilgan bo‘lib, qurilish maydonida 9 mingdan ortiq kishi mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

    Uzbekneftegaz GTL zavodi ishga tushgach, yiliga 3,6 milliard kub metr tozalangan tabiiy gaz (metan) qayta ishlanadi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 307 ming tonnadan ortiq aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna neft, kimyo sohasi uchun xomashyo bo‘lgan nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishiga erishiladi.

    Shu sababli, boshqaruv raisi Markaziy Osiyodagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lgan zavodda eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan qurilmalarni boshqarish ham kadrlardan katta malaka talab qilishini ta’kidlab, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish majmuasida o‘rnatilgan olovli pechlarni xavfsiz ishlatish bo‘yicha kompaniya muhandis va texnik mutaxassislari bilimlarini oshirish kerakligini ta’kidladi.

    Aytish joizki, texnologik jarayonlar bilan bir qatorda zavodning kadrlar zaxirasini istiqbolli yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish maqsadida mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJning GTL zavodi uchun kadrlarni tayyorlash dasturi doirasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Uzbekneftegaz GTL zavodi o‘rtasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

    2017—2021-yillar davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish sexlari va obyektlarida jami 160 nafar saralab olingan yosh mutaxassis, shu jumladan, respublikaning neft va gaz sohasidagi oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi bitiruvchilari amaliy-nazariy mashg‘ulotlarni o‘tashdi. Ularga GTL zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash, Uzbekneftegaz GTL kompaniyasida malaka oshirish hamda o‘qishining so‘nggida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha GTL zavodida ish bilan ta’minlash belgilandi.

    Imtihonlar natijasiga ko‘ra, bugungi kunga qadar barcha 160 nafar mutaxassis o‘z ish faoliyatini davom ettirish uchun Uzbekneftegaz GTL zavodida ish boshladi.

    Zavodda ish boshlagan mahalliy mutaxassislar malakasini yanada oshirish, xorijiy tajribani amalda qo‘llash uchun Kanada davlati fuqarosi bo‘lgan, tajribali mutaxassis Marsel Yurgen Krauze zavodning texnik direktori lavozimiga tayinlandi.

    Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan, Oryx GTL zavodida o‘n yil texnik menejer bo‘lib ishlagan, neft va gazni qayta ishlash, neft-kimyo sanoatida jami 33 yillik yuqori tajribaga ega bo‘lgan Marsel Krauze zavodni ishga tushirish, uni loyiha quvvati bilan ta’minlash, sozlash ishlarini muvofiqlashtirish borasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga o‘rgatib kelmoqda.

    Ishchi guruh tomonidan o‘z navbatida, yonilg‘i gazini qabul qilish, suvni sovutish qurilmasi (gradirnya), xom suvni qayta ishlash qurilmalari — mineralsiz suv ishlab chiqarish hamda yong‘in o‘chiruv suv tizimining ishlash faoliyati ham nazorat qilindi.

    Amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish davrida, ishga tushirilgan bosh podstansiya va zavod tashqi tizimdan elektr energiyaning qabul qilinishi, markaziy boshqaruv pulti, mash’ala tizimi hamda bug‘ ishlab chiqarish kotellari, nazorat o‘lchov, avtomatika tizimi borasida ham topshiriqlar berildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    15.08.2021, 11:30   Izoh (0)   38293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termiz—Hayraton ko‘prigi hududidagi vaziyat yumshadi. Afg‘onistonliklarning asosiy qismi ko‘prikni tark etgan

    15.08.2021, 11:06

    O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Afg‘onistondagi o‘zbek temiryo‘lchilari vatanga qaytarilgan

    15.08.2021, 10:22

    Qashqadaryolik hamshira fuqaroga 100 ming so‘m evaziga vaksina bilan emlanganini tasdiqlovchi hujjat berib, ma’lumotni bazaga kiritayotganda fosh bo‘ldi

    15.08.2021, 10:04

    O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchisini qabul qildi. Ular orasida yaradorlar bor

    15.08.2021, 09:32

    Surxondaryo hokimining Toshkentdan 900 ming dollarga uy xarid qilgani rostmi? To‘ra Bobolovning matbuot kotibi aniqlik kiritdi

    15.08.2021, 09:11

    Andijon markazida yangi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi (foto)

    15.08.2021, 08:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azoda internetda uzilish kuzatildi

    Dunyo | 21 iyun, 21:15

    Farg‘onada tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori o‘stirayotgan shaxs aniqlandi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:45

    Sebalyos Xabi Alonso bilan kelishmovchilik tufayli “Real”dan ketishi mumkin

    Sport | 21 iyun, 20:26

    Buyuk Britaniyada o‘limga yordamlashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

    Dunyo | 21 iyun, 20:20

    O‘zbekistonda may oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi — tahlil

    O‘zbekiston | 21 iyun, 20:00

    Turkiyada BMT falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligining ofisi ochiladi

    Dunyo | 21 iyun, 19:25

    Sirdaryoda qalbaki 1 600 dollarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 18:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.