• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tahdidlar, dahshatli charchoq, 2 mln so‘mlik maosh. Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmati xodimi Zlata G‘afurova — kasbining mashaqqatlari haqida

    23 yoshli Zlata G‘afurova — poytaxt tez tibbiy yordami feldsheri kun davomida qanday mashmashalarga duch kelmaydi deysiz! U hozir koronavirusga qarshi jangning oldingi safida, kasallanganlarni qutqarmoqda. Uning jamoasi kuniga 20—30 chaqiruvga xizmat ko‘rsatadi. Tibbiyot muassasalari bemorlar bilan to‘la, lekin u kasalxonaga yotqizilishi zarur har bir bemorga joy topishda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda u haqida yozib, minnatdorlik bildirishadi, uni “oltin yurakli shifokor qiz” deb ta’riflashadi.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Pandemiya avj nuqtasiga yetganda tez tibbiy yordam xizmatida ishlash va 3–4 soat kechikkaning uchun haqorat qilayotganlarga xolis munosabatda bo‘lish qanday hislarni uyg‘otadi? Tez tibbiy yordam xodimlari asabni yeb bitiruvchi shunday sharoitda olg‘a siljishga qayerdan kuch topadi? Nega ular bor-yo‘g‘i 2 million so‘m maosh to‘lanadigan bu ishni tashlab ketmaydi? “Podrobno.uz” shu kabi savollarga javob topish maqsadida Zlata bilan suhbatlashdi.

    Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari — kim o‘zi ular?

    “Bu ish adrenalinga muhtoj ekstremallarga xos deb o‘ylayman. Bizda adrenalin ko‘p, har safar kimningdir hayotini saqlab qolganingda, u seni jo‘shtirib yuboradi. Ukol qilganingdan keyin bemor sog‘ayayotganini ko‘rganingda, uning yonida o‘tirib tinchlantirganingda va ruhan dalda berganingda nega shu yumush bilan shug‘ullanayotganingni tushunasan”, — deydi qiz.

    Zlataning aytishicha, tez tibbiy yordamda ishlash — bu sermashaqqat va qadrsiz mehnat. Ammo seni chaqirayotganlarga yordam berayotganing, ularga foydang tegayotganini his etish jamiki dilxiraliklarni yengishga kuch beradi. Ko‘ngilsizliklar esa benihoya ko‘p.

    Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini kaltaklashadi (bu haqda OAV necha bor yozdi), tahdid qilishadi, haqoratlashadi. Bir gal Zlatani tig‘ (piska, “lezviya”) tutgan yigit quvganda arang qutilib qolgan, boshqa safar esa bir xonadonga ikki soat qamab qo‘yishgan. Tez tibbiy yordam ishchilarining deyarli bari shunga o‘xshash voqealarga duch keladi.

    “Har ikkinchi murojaatda — hurmatsizlik. Holdan toyib, bemorni ko‘rgani kelasan, u esa senga: ‘Endi uyg‘ondingmi?’, — deydi. Guruh bu bemorni ko‘rish uchun beshinchi qavatga chiqib borgani birovning parvoyiga ham kelmaydi. Eshikni uzoq vaqt ochishmaydi, sensirab gapirishadi, stul so‘rasang, yuzingga baqrayib: ‘Stulni nima qilasan? Kasal karavotda yotibdi, yerga o‘tir, deyishadi’, — deya kundalik yumushidan so‘z ochadi u.
    Zlata tez tibbiy yordamda bir stavka feldsherlik ishi uchun 2 million so‘m maosh oladi. Bundan tashqari, har bir chaqiruv uchun eng kam ish haqining 6 foizi miqdorida ustamasi ham bor.

    “Pandemiyagacha 1,5 million olardik. O‘tgan yili milliarder Alisher Usmonov nomidan xayriya sifatida 4 milliondan yordam puli ajratildi. Hozir bunday mukofot pullari yo‘q. Va’da berishgan, lekin hozircha jimjitlik”, — deydi qiz.

    Ko‘p bemorlar tez tibbiy yordam xizmati xodimlari 25 million so‘mdan maosh olyapti, deb o‘ylaydi. Shifokorlarga nisbatan “qorni to‘yib, bosar-tusarini bilmay qolgan bular” qabilidagi gaplar bilan orsizlarcha munosabatda bo‘lish ham shundan. Vrachlar quturib ketayotgani haqida Zlataning yuziga bir necha marta qichqirib aytishgan.

    “Tez yordamda ishlash tushlik va kechki ovqatni vaqtida yeyishdan voz kechish degani. Albatta, tushlik va kechki ovqat bo‘ladi, faqat uni bo‘sh vaqtga qarab rejalashtiramiz. Ko‘pincha mashinada ul-bul, masalan, xot-dog bilan nomiga tamaddi qilamiz-qo‘yamiz. Tushlik, odatda, kechki soat beshlarga, kechki ovqat esa oddiy odam nonushta qilishi kerak bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi”, — deydi Zlata.

    U yana shunday qo‘shimcha qiladi: “Biz yaxshi ma’nodagi telbalarmiz, shu sababli hali ham shu yerdamiz!”.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Hammasiga ulgurgimiz keladi

    Tez tibbiy yordamning bir jamoasiga kuniga o‘rtacha 20—30 chaqiruv tushadi. Bir bemorni ko‘rishga 40 daqiqa ajratiladi, kasalxonaga olib borish bilan hisoblasak — 50 daqiqa. Shu vaqt ichida kasalning yoniga yetib borish, yordam ko‘rsatish, natijasini kutish va navbatdagi chaqiruvga javob berish kerak. Bu normal, sokin hayotdagi odatiy ish tarzi. Ammo pandemiya hammasini o‘zgartirib yubordi.

    “Biz doim kechikamiz. Kechikishlarimiz bir soatdan to‘rt soatgacha cho‘zilgan. Avvallari 10—15 daqiqada yetib borganimiz va bu hol bemorlarning noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, endi uch soatga kechikib, ularni hayron qoldiryapmiz. Bemorni Zangiotadagi kasalxonaga olib borish kerakligini ham xomcho‘tlasak, unda ancha ko‘p vaqtimiz ketadi. Ba’zan ikki soat ham kamlik qiladi hatto”, — deydi Zlata.

    Tez yordam mashinasidagilar gohida to‘xtab, suv ham sotib ololmaydi. Olgan taqdirda ham, ichish muammo – kutilmaganda hojatxonaga borging keladi, hojatxona esa yo‘q. Kech qolishmasin, deb ularga ortga – podstansiyaga qaytishga ham ruxsat berilmaydi.

    “Zimmamizdagi yuk haddan tashqari og‘irlashib ketdi. Lekin hammasidan ham alamlisi, odamlar doim bizga tashlanadi, bemor koronavirusga chalingani va yana kimgadir yuqtirgani uchun o‘zini aybdor sanamaydi. To‘yga borgani, bozorda doim niqobsiz yurgani va boshqa ayblari keyin yuzaga chiqadi”, — deya afsuslanadi Zlata.
    Hozir Toshkentda bemorni shifoxonaga darhol yotqizishning deyarli imkoni yo‘q. Shifoxonada yetarli joy bo‘lmaydi, yo ma’lum bir tibbiy muassasa uchun bemor ahvoli yetarlicha og‘ir emas, yoki haddan tashqari og‘irlik qiladi va uni boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga olib borishga to‘g‘ri keladi. Tez yordam mashinalari ikki, hatto, uchta shifoxonaga kirib o‘tishi mumkin va bu ovoragarchilik ham vaqtni oladi. Shunday qilib, kimdir uyida najotkorlarini kutayotgan mahal ular bemorni shifokor nazoratiga topshirish uchun butun poytaxtni kezib yurgan bo‘ladi.

    “Talashib-tortishaman, talab qilaman, ba’zan kasalxonalarni bizni shunchaki qaytarib yuboradi. Bo‘sh kelmayman, ulardan joy topishni so‘rayman va oxir-oqibat bitta bo‘lsa ham joy topiladi. Shu zayl bemorni kasalxonaga yotqizamiz”, — deydi u.

    Tez yordam chaqirgan har bir kishi uchun tegishli qog‘ozni to‘ldirish kerak. Bu majburiyatdan ularni hech kim qutqarmaydi va qog‘ozbozlik o‘zi shundoq ham tig‘iz bo‘lgan vaqtni battar tig‘izlashtiradi.

    40 daraja issiqda himoya kiyimi

    Shifokorlarning himoya kiyimida harakatlanishi qanchalik mushkulligi haqida kamdan-kam o‘ylaymiz. Axir, 40 daraja jaziramada skafandrda yurishning o‘zi bo‘ladimi!

    “Tasavvur qiling, siz shunday issiqda ko‘chada futbolka va kalta shimda ketyapsiz, qizib ketdingiz, yuzingiz va belingiz terlayapti. Endi shim va ko‘ylakdan iborat tibbiy forma va uning ustidan na havo, na namlik o‘tkazadigan himoya kiyimini tasavvur qiling. Kamiga kapyushoni ham bor. Ustiga-ustak, yana ikki qavat niqob va ko‘zoynak, oyoqda etik yo baxila. Bunday kiyim nafasni siqadi, qattiq chanqatadi, lekin suv ichish mumkin emas”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Nega bu qadar berahmsiz, odamlar?

    Bemorlar oxirgi paytda vahshiylashib ketyapti, g‘azabini yashirmaydi, vrachlarga: “Bu sening burching!”, — deya o‘shqiradi.

    Tez yordam mashinalari, odatda, juda kechikkani uchun ularga eshikni ochmaslik hollari ham uchrab turadi. Odamlar shifoxonaga o‘zi bora boshladi. Shifokorlar ham oldindan qo‘ng‘iroq qilib, ularni kutishayotgani yo yo‘qligini aniqlab oladigan bo‘ldi. Yana ta’na-dashnomlar yog‘iladi, ammo vaziyatga moslashish va bemor ko‘nglini topishni kim ham ularchalik uddalay olardi? Ba’zida, alam, ochlik va tashnalik tufayli tomoqqa taxir tupuk qadaladi. Ammo o‘ylanib o‘tirishga vaqt yo‘q — jamoa allaqachon navbatdagi chaqiruv tomon yo‘lga tushgan bo‘ladi.

    “Bemorlarning ahvoli og‘irlashdi — hissiy jihatdan emas, balki kasallikning qanday o‘tishi tarafdan. Kasallikning o‘zi og‘ir o‘tadi, borgan sari murakkablashib bormoqda. Ko‘pincha kislorod yetishmasligi oqibatida zudlik bilan kasalxonaga yotqizib, maxsus apparatga ulashga to‘g‘ri keladi”, — deydi Zlata.

    Uning aytishicha, o‘tgan yili vaziyat boshqacha edi. Agar 2020-yili 30 yashar, mutlaqo sog‘lom, jismoniy holati yaxshi, qandaydir surunkali kasalliklarga chalinmagan yigit koronavirusni shamollashday o‘tkazgan bo‘lsa, hozir unda nafas siqishi kuzatilyapti.

    U “Odamlar koviddan qo‘rqadimi?” degan savolga shunday javob beradi:

    “O‘ylashimcha, odamlar koviddan emas, balki kovid ularni o‘ldirib qo‘yishidan qo‘rqadi. Nafasi qisila boshlagan paytda aybdorni qidirib qolishadi. Agar ular qo‘rqqanida edi, niqoblarda yurardi, emlanardi. O‘pishmasdi, quchoqlashmasdi, bozorlarga bormasdi. Ko‘chalarda hali ham ko‘plab niqobsiz odamlar yuribdi. Shunday tasavvur borki, agar niqobda bo‘lsang, demak, kasalsan. Garchi, bor-yo‘g‘i, qonunga itoatkor batartib inson bo‘lsang ham”.

    Kovid va Zlata

    O‘tgan yilning oktabrida Zlata kovidga chalindi va 10 kun mustaqil ravishda davolandi. Boshida ahvoli yaxshilanayotgandi, ammo keyin birdan yomonlashdi. U bo‘g‘ilar, nafasi qisar, qonidagi kislorod miqdori tushib ketgandi.

    “‘O‘zekspomarkaz’ga yotdim. U yerda davolangach, uyga ruxsat berib, bir muddat uyda bo‘lishimni tayinlashdi. Esimda, o‘shanda smenalarga chiqolmay, juda qiynalgandim, yana kimgadir yordam qo‘lini cho‘zish uchun yelib-yugurgim kelardi. Shu yil iyunda vaksinaning uchinchi dozasini qabul qildim va ancha xotirjam tortdim,” — deya boshidan o‘tganlarini so‘zladi.

    Zlataning eslashicha, O‘zbekistonda birinchi karantin e’lon qilinganidan keyin u qarindoshlari bilan to‘qqiz oycha ko‘rishmagan. Garchi ular bilan yaqin masofada yashasa ham, telefon yoki videoaloqa orqali muloqot qilgan.

    “O‘tgan yili ularga kovid yuqtirib qo‘yishdan qo‘rqardim, o‘zimni o‘sha virusni tarqatib yurganday his qilaverardim. Kasallanib, antitanalar paydo bo‘lgach, xotirjam tortdim va onam, opam, buvim va bobom, xolam bilan ko‘rishdim. Lekin hozir opam yoki xolamni, kichkintoy jiyanchamni ko‘rishga o‘zimda jur’at topa olmayman”, — deydi u.

    Qarindoshlari undan xavotir oladi, albatta. Ish hatto shungacha borib yetganki, yaqinlari unga ikkisidan birini tanlashni — yo ish, yo qarindoshlar bilan aloqa qilish shartini qo‘ygan. Undan yana oddiy kasalxonaga qaytishni iltimos qilishgan, ammo Zlata qat’iy rad javobini bergan.

    Zlataning yigiti Amal doimo uning yonida va uni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular chaqiruv qo‘ng‘iroqlari orasida yo‘l-yo‘lakay ko‘rishib oladi. U Zlata bilan doimiy aloqada, lekin u ham hozircha yaqinlaridan qochib yuribdi. Kech tushganda, har smenada qallig‘iga kechki ovqat, yegulik olib keladi.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Oiladagi barcha ayollar shifokor

    Zlata Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatida qariyb besh yildan beri ishlaydi. Yosh qiz uchun ish tajribasi muhim va bu yerdan ketish haqida u biror marta ham o‘ylab ko‘rmagan.

    “Men hech qachon boshqa ish bilan shug‘ullanmaganman, endi esa o‘zim buni xohlamayman. Ishim va hamkasblarimga o‘rganib qoldim. Onam ham feldsher, lekin unga tez yordam xizmati to‘g‘ri kelmadi. Bir smena ishlaboq, bu mehnat juda og‘irligini tushundi va o‘zi 20 yil ishlagan avvalgi shifoxonasiga kunduzgi hamshira sifatida qaytdi. Opam ham shu kasbni tanlagan, u veterinar vrach”, – deydi qiz.

    Zlata shifokor bo‘lishni hech qachon orzu qilmagan, u tibbiyotga onasining qistovi bilan kirgan, onasi shunday degandi: “Bu yaxshi va yoqimli kasb. Odamlarga yordam berasan”. Shu bilan birga, qiz bir paytlar o‘t o‘chiruvchi bo‘lishni orzu qilganini ham yashirmaydi.

    “Har holda, men o‘shanda ham kimnidir qutqarish haqida o‘ylardim”, — deydi u.

    Zlata tibbiyot kollejidagi amaliyotlar davrida ilk bor tez tibbiy xizmat bilan tanishdi. U Borovskiyda o‘qigan. Bu ish unga birdan yoqdi va amaliyotda yurgan payti bir umr o‘sha yerda ishlashga va, umuman, shu kasbni hayot tarziga aylantirishga qaror qildi.

    Zlata o‘shanda ishni boshqacha tasavvur qilganini tan oladi. Jiddiy va shoshilinch qo‘ng‘iroqlar ko‘proq bo‘ladi, deb o‘ylagan. Aslida esa odamlar tana harorati 38 darajaga ko‘tarilsa ham, boshi og‘rib qolsa ham chaqirar ekan, surunkali kasalliklar bilan og‘riydiganlar esa shunchaki ukol qildirib olish uchun qo‘ng‘iroq qilarkan.

    “Haqiqiy shoshilinch qo‘ng‘iroqlar ham, albatta, bo‘lib turadi — bu jami chaqiruvlarning taxminan 30 foizini tashkil etadi, qolgan 70 foizi surunkali kasali borlar va vahimachilar. Bunday bemorlar ko‘pincha: ‘Menga manavini qilib qo‘y, keyin ketaver’, deydi”, — deya tushuntiradi Zlata.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Hissiy charchoq

    Deyarli har bir smenadan keyin vrachlarda charchoq kuzatiladi. Zlataning aytishicha, smenadan so‘ng ovqatlanish, cho‘milish, umuman, biror ish qilishga mador qolmaydi. Ba’zan boshini shundoq stolga qo‘yib uxlab qoladi, onasi asta uyg‘otib, nimadir yeb olishi, odamday yotoqda uxlashini so‘raydi.

    “Uyda badjahl bo‘lib qolganimni, yaqinlarimning diliga ozor berayotganimni sezib qoldim. Bu noto‘g‘riligini juda yaxshi bilaman, ammo ruhan juda toliqqan va bir kun avval oddiy odam bardosh berolmaydigan voqealarni ko‘rgan bo‘lsang, hissiyotlaringni jilovlash qiyin. Uyga kelgach, har bir bemorni ko‘z oldingdan o‘tkazasan: kimdir og‘ir ahvolda, kimdir yaxshi, kimnidir olib ketding, kimdir uyida qoldi... Shu kabi o‘ylar tinchlik bermaydi. Istaysanmi-yo‘qmi, shu haqda o‘ylaysan. Yana ko‘rganlaringning bari tushingga ham kiradi”, — deya davom etadi Zlata.

    Smena tugagach butun badaning qaqshab og‘riydi, lekin ertasiga qayerdandir, qandaydir paydo bo‘lgan yangi kuch bilan ko‘z ochasan.

    “Men kuchni ishim, yaqinlarim va uydagi jonivorlarimdan olaman, ularning barini birga ko‘rganimda bor charchog‘im yoziladi-ketadi. Biz doim o‘zimizni qayta kuch yig‘ishga majbur qilamiz”, – deydi u.

    Zlata bu kasbni tanlaganidan afsusdami? Yo‘q, zig‘ircha ham. “Kuchim va sog‘lig‘im joyida ekan, demak, Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmatida ishlashni davom ettiraman, yana boshqa qayerdadir ishlashni tasavvur ham qila olmayman”, — deya takrorladi u.

    13.08.2021, 19:00   Izoh (0)   61834
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Navoiydagi gaz-zapravkaning portlashdan keyingi holati

    13.08.2021, 18:23

    Oqqo‘rg‘ondagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlangani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    13.08.2021, 18:08

    Tokio Olimpiadasi sovrindorlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

    13.08.2021, 17:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    13.08.2021, 17:26

    Shanxay jamg‘armasi Toshkent yog‘-moy kombinatining bir qismiga da’vogarlik qilmoqda

    13.08.2021, 16:25

    Shavkat Mirziyoyev: “Xorijdan legioner sportchilarni olib kelish tajribasi unchalik ham o‘zini oqlamadi”

    13.08.2021, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.